Ruzimurotova Norbibi Chorixojaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Salim Ashur ijodida olamni badiiy idrok etish va poetik mahorat” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligidan. Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4353
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Murtazaev Bobonazar Xurramovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna filologiya fanlari doktori, professor; Sabirdinov Akbar Gofurovich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi istiqlol davri o‘zbek she’riyati kontekstida Salim Ashurning voqelikni badiiy idrok etishdagi poetik tafakkur olamining imkoniyatlari, lirikasidagi shakliy, uslubiy yangilanishlar, xususan, so‘z qo‘llash mahorati kabi masalalarni ochib berish va shu orqali uning o‘zbek milliy she’riyatida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
istiqlol davri o‘zbek she’riyatini o‘rganish orqali zamonaviy jarayonda ijod qilgan shoirlarning she’rlarini ifoda yo‘siniga ko‘ra uch: an’anaviy; modern; sinkretik (qorishiq) turda ijod qilishi va sermahsul ijodkor Salim Ashur she’riyati sinkretik turga mansubligi “Buyuk–75” kitobiga kiritilgan she’rlari misolida aniqlangan;
an’anaviy va zamonaviy uslubda birdek barakali ijod qilayotgan Salim Ashur urush mavzusini modern yo‘nalishiga olib kirgan shoir ekanligi hamda an’anaviy, modern shakldagi she’rlari raqamli she’riyatning yuksak namunasi ekanligi “Buyuk- 75”, “1941-yil balladasi”, “Otalar va bolalar: 1941-1945”, “1941-yil olmasi”, “2020 02 02”, “130 05 16” kabi she’rlari misolida dalillangan;
shoirning she’rlarda surxon ohanglari, xalq og‘zaki ijodiga xos tajassum, milliy qadriyat, lirik qahramonning ma’naviy qiyofasi, ruhiy olami, hayot falsafasi “Yashil giyoh”, “Sensiz”, “Atalgan kunlar”, “Darz”, “Atirgul”, “Issiq uy”, “Muhabbat kitobi”, “Mangu el” she’riy to‘plamlaridan o‘rin olgan she’rlari misolida ochib berilgan;
Salim Ashurning “Asta-asta qisqarar umr...”, “Ish tugaydi. Ishdan oldinroq...”, “Kunlar kelar, bu hasratlar bitgaydir” she’rlari va “Mangulik yalovi”, “A va Sh” marsiyalari misolida shakl va mazmun uyg‘unligi, obrazli fikrlash tadriji hamda falsafiy fikrlash uslubining o‘ziga xosligi, poetik mahorati asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy she’riyat taraqqiyotida Salim Ashur she’riyatining shakliy-mazmuniy, g‘oyaviy-badiiy tadriji, ijodiy konsepsiyasi, poetik tafakkur tarzini belgilash va lirik voqelikni badiiy idrok etishda shoir uslub individualligini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
istiqlol davri o‘zbek she’riyatini o‘rganish orqali zamonaviy jarayonda ijod qilgan shoirlarning she’rlarini ifoda yo‘siniga ko‘ra uch: an’anaviy; modern; sinkretik (qorishiq) turda ijod qilishi va sermahsul ijodkor Salim Ashur she’riyati sinkretik turga mansubligi “Buyuk–75” kitobiga kiritilgan she’rlari misolida aniqlangan ilmiy xulosalaridan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474-raqamli “bolalar adabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 18-maydagi № 04/1-1299-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlar to‘garagining mashg‘ulotlari she’rshunoslikka oid ilmiy-nazariy tushunchalar bilan boyitilgan;
an’anaviy va zamonaviy uslubda birdek barakali ijod qilayotgan Salim Ashur urush mavzusini modern yo‘nalishiga olib kirgan shoir ekanligi hamda an’anaviy, modern shakldagi she’rlari raqamli she’riyatning yuksak namunasi ekanligi “Buyuk- 75”, “1941-yil balladasi”, “Otalar va bolalar: 1941-1945”, “1941-yil olmasi”, “2020 02 02”, “130 05 16” kabi she’rlari misolida dalillangan ilmiy xulosalaridan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 31-maydagi №04/1-1412-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek she’riyatining yangilanish tamoyillarini tadqiq etishda va bu o‘lmas merosni ommalashtirishga erishilgan;
shoirning she’rlarda surxon ohanglari, xalq og‘zaki ijodiga xos tajassum, milliy qadriyat, lirik qahramonning ma’naviy qiyofasi, ruhiy olami, hayot falsafasi “Yashil giyoh”, “Sensiz”, “Atalgan kunlar”, “Darz”, “Atirgul”, “Issiq uy”, “Muhabbat kitobi”, “Mangu el” she’riy to‘plamlaridan o‘rin olgan she’rlari misolida ochib berilgan dalillardan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474-raqamli “bolalar adabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 18-maydagi № 04/1-1299-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlar to‘garagining mashg‘ulotlari she’rshunoslikda san’at darajasida tasvirlangan dalillarga oid ilmiy-nazariy tushunchalar bilan boyitilgan;
Salim Ashurning “Asta-asta qisqarar umr...”, “Ish tugaydi. Ishdan oldinroq...”, “Kunlar kelar, bu hasratlar bitgaydir” she’rlari va “Mangulik yalovi”, “A va Sh” marsiyalari misolida shakl va mazmun uyg‘unligi, obrazli fikrlash tadriji hamda falsafiy fikrlash uslubining o‘ziga xosligi, poetik mahorati asoslangan fikr-mulohazalaridan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 31-maydagi №04/1-1412-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek she’riyatining yangilanish tamoyillarini tadqiq etishda va bu o‘lmas merosni ommalashtirishga erishilgan.