Tursunova Kamolaxon Ulug‘bek qizi
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda fonetik kompetent va imaginativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalari”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2025.2.PhD/Ped.10293
Ilmiy rahbar: Kazieva Turg‘unoy Tursunboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Usmonova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda fonetik kompetent va imaginativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim jarayonida talabalarning fonetik kompetensiyasi va imaginativ (tasavvuriy) ko‘nikmalarini xorijiy va milliy tajribalarni tahlil qilish hamda, fonetikaning o‘ziga xos uslubiy hamda talaffuz ko‘nikmalarini tizimli rivojlantish asosida nazariy-metodik jihatdan takomillashtirilgan;
fonetik kompetensiya, imaginativ ko‘nikmalarni shakllantirish omillari tizimlashtirildi hamda fonetik-uslubiy jihatlarni o‘rgatishning samarali metodik tamoyillari ishlab chiqilgan;
zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida fonetik kompetensiyani rivojlantirishning innovatsion modeli hamda interfaol ta’lim usullarini qo‘llash mexanizmi ishlab chiqilgan;
pedagogik tajriba-sinovlar asosida fonetik kompetensiya va imaginativ ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, ularning samaradorligi ilmiy-statistik tahlillar bilan isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. oliy ta’lim jarayonida talabalarning fonetik kompetensiyasi va imaginativ (tasavvuriy) ko‘nikmalarini xorijiy va milliy tajribalarni tahlil qilish hamda, fonetikaning o‘ziga xos uslubiy hamda talaffuz ko‘nikmalarini tizimli rivojlantish asosida nazariy-metodik jihatdan takomillashtirishga doir takliflaridan bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 60110200-maktabgacha ta’lim yo‘nalishi Malaka talabini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i asosidagi 429-330-son guvohnomasi). Natijada talabada nutq ifodasining aniqligi va ijodiy fikrlash darajasi sezilarli oshishiga erishildi;
fonetik kompetensiya, imaginativ ko‘nikmalarni shakllantirish omillari tizimlashtirildi hamda fonetik-uslubiy jihatlarni o‘rgatishning samarali metodik tamoyillari yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalaridan “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston fillialining AI-XI-0-92997 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalar nutqida kreativ ifoda va pragmatik tushunish ko‘nikmalari mustahkamlandi;
zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida fonetik kompetensiyani rivojlantirishning innovatsion modeli hamda interfaol ta’lim usullarini qo‘llash mexanizmi ishlab chiqishga oid takliflaridan “Fonetik uslubiyatni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i asosidagi 429-330-son guvohnomasi). Natijada talabalarda talaffuz aniqligi, urg‘u-intonasiyadagi noaniqliklar kamayib, nutqiy muloqotda ifoda erkinligi va kreativ nutqiy tafakkur sezilarli darajada oshishga erishildi;
pedagogik tajriba-sinovlar asosida fonetik kompetensiya va imaginativ ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, ularning samaradorligi ilmiy-statistik tahlillar bilan isbotlashga oid takliflarida “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston fillialining AI-XI-0-92997 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalar nutqdagi talaffuz xatolarini kamaytirib, urg‘u-intonasiya, ifoda erkinligi va kreativ nutqiy tafakkur darajasi sezilarli oshirildi.