Toshpulatov Dilshodjon Abdurafikovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga tijorat leksikasini o‘rgatish texnologiyalarini monitoring qilish tizimini takomillashtirish (ingliz tili misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1. PhD/ Ped1296
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori, DSc, professor, Poᴢilov Abdushaxid Abdupattaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jiᴢᴢax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga tijorat leksikasini o‘rgatish texnologiyalarini va monitoring asoslarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ingliz tilini o‘qitishda nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarning tijorat leksemalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga tijorat leksikasini o‘rgatish texnologiyalarini monitoring qilish tizimini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari formativ baholash, interaktiv muloqotga kirishish, refleksiv tahlil kabi metapedagogik yondashuvlarning diagnostik, prognozlashtiruvchi, korreksion model shakllarini qo‘llab talabaning shaxsiy ta’lim traektoriyasi, kommunikativ leksik kompetensiyasi va o‘quv-kasbiy etukligini rivojlantirish asosida aniqlashtirildi;
nofilologik talabalarga tijorat leksikasini o‘rgatish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan monitoring tizimi modeli mazmunli bloki monitoring tizimining asosiy tamoyillariga ustivorlik berish asosida leksik-tarjima, demonstratsiya, izohlash, reproduktiv, muammoli o‘qitish, evristik suhbat usullarini kiritib talabalar faoliyatidagi motivatsion profillash, kognitiv faollik darajasi, metatanlov strategiyalari lingvopsixologik jihatdan takomillashtirildi;
nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga tijorat leksikasini o‘rgatish metodikasi o‘quv dasturlariga turli sohalarga xos bo‘lgan haqiqiy tijorat matnlari, shartnomalar, biznes-rejalar va hisobotlarni kiritish, darsliklarda iqtisodiy fanlarga oid kontentdan foydalanishga ustivorlik berib, talabalarga real biznes yozishmalarini tahlil qilish, kompaniyalar o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etish va turli biznes-keyslarni echish asosida takomillashtirildi;
nofilologik talabalarga tijorat leksikasini o‘rgatish metodikasining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan monitoring tizimi mezonlari va ularni baholash ko‘rsatkichlari talabalarda terminologik lug‘tning kengligi va aniqligi, yozma nutq savodxonligi va samaradorligiga ustivorlik berilib nazorat diagnostikasini ijtimoiy-psixologik, kasbiy-pedagogik tamoyillar asosida o‘tkazish va ularning kasbga yo‘naltirilganligi, kasbiy kompetentligi hamda kasbiy-psixologik sifatlari differensial yondashuv asosida aniqlashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarning tijorat leksemalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga tijorat leksikasini o‘rgatish texnologiyalarini monitoring qilish tizimini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari formativ baholash, interaktiv muloqotga kirishish, refleksiv tahlil kabi metapedagogik yondashuvlarning diagnostik, prognozlashtiruvchi, korreksion model shakllarini qo‘llab talabaning shaxsiy ta’lim traektoriyasi, kommunikativ leksik kompetensiyasi va o‘quv-kasbiy etukligini rivojlantirish asosida xulosalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti YoBV-Ftex-2018-138 raqamli bajarilishi 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan “Bulutli hisoblash texnologiyasi bazasida axborot tahlili tizimini loyihalashning nazariy asoslarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanildi (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialining, 2021-yil 3-apreldagi № 155/01-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining leksik kompetensiyasini rivojlantirish, ingliz tilida o‘qish, tinglab tushunish, yozuv va nutq ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish va kasbiy bilimini oshirishga erishildi;
nofilologik talabalarga tijorat leksikasini o‘rgatish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan monitoring tizimi modeli mazmunli bloki monitoring tizimining asosiy tamoyillariga ustivorlik berish asosida leksik-tarjima, demonstratsiya, izohlash, reproduktiv, muammoli o‘qitish, evristik suhbat usullarini kiritib talabalar faoliyatidagi motivatsion profillash, kognitiv faollik darajasi, metatanlov strategiyalari lingvopsixologik jihatdan takomillashtirish bo‘yicha takliflardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovasion loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 16-iyuldagi № 01/4-3147-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarida ingliz tilida tijorat atamalarini kommunikativ yondashuv asosida o‘qitish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga tijorat leksikasini o‘rgatish metodikasi o‘quv dasturlariga turli sohalarga xos bo‘lgan haqiqiy tijorat matnlari, shartnomalar, biznes-rejalar va hisobotlarni kiritish, darsliklarda iqtisodiy fanlarga oid kontentdan foydalanishga ustivorlik berib, talabalarga real biznes yozishmalarini tahlil qilish, kompaniyalar o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etish va turli biznes-keyslarni echish asosidagi takliflardan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2015-2017 yillarda amalga oshirilgan A-1-057 “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini modulli o‘qitishga pedagoglarni kompetentli tayyorlashning psixologik-pedagogik asoslari” mavzusidagi amaliy tadqiqotlar davlat grantlari loyihasi doirasida foydalanildi (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialining 2023-yil 10-maydagi № 107/01-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishtirokchilarida tijorat atamalarini ingliz tilida o‘rganish borasidagi bilim hamda ko‘nikmalarning o‘sishi, ularni o‘zaro kommunikativ munosabatlardagi ta’siri oshganligi aniqlangan;
nofilologik talabalarga tijorat leksikasini o‘rgatish metodikasining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan monitoring tizimi mezonlari va ularni baholash ko‘rsatkichlari talabalarda terminologik lug‘tning kengligi va aniqligi, yozma nutq savodxonligi va samaradorligiga ustivorlik berilib nazorat diagnostikasini ijtimoiy-psixologik, kasbiy-pedagogik tamoyillar asosida o‘tkazish va ularning kasbga yo‘naltirilganligi, kasbiy kompetentligi hamda kasbiy-psixologik sifatlari differensial yondashuv asoslanganligi bo‘yicha olingan takliflardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR3181 “Reinforcing English Language at Karshi State” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti 2025-yil 15-iyuldagi № 04/3242-sonli SUZ-800-21GR-3181 conli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning leksik kompetensiyasini joriy nazorat diagnostikasi orqali baholashda samaradorlik ta’siri oshganligi aniqlangan.