Umarov Farxod Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoq venalari varikoz kengaishi kaytalanishini xirurgik davolashni optimallashtirish», (14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5662.
Ilmiy rahbarlar: Suyumov Azamat Sayfullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ma’mur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irnazarov Akmal` Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Ural davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: katta teri osti venasi cho‘ltog‘ining lazerli obliteratsiyasi va perforant venalarning elimli sianoakrilat obliteratsiyasi yordamida oyoq venalarining varikoz kengayishi qaytalanishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
endovenoz lazer obliteratsiyasidan keyingi uzoq muddatli kuzatuv davrida oyoq venalari varikoz kengayishining residivlari soni, manbalari, paydo bo‘lish muddatlari va birlamchi aralashuvdan keyin kasallikning qaytalanishining anatomik va gemodinamik xususiyatlari asoslangan;
klinik jihatdan ahamiyatli varikoz residivi bo‘lgan bemorlarda katta teri osti venasi patologik cho‘ltog‘ining butun uzunligi bo‘ylab ishonchli obliteratsiyani ta’minlaydigan va asoratlar xavfini minimallashtiruvchi venoz reflyuks-konduitni ajratish usuli ishlab chiqilgan va uning samaradorligi isbotlangan;
oyoq venalari varikoz kengayishining residivini oldini olish va davolash usuli takomillashtirilgan: ushbu usul sianoakrilat elim kompozisiyasini qo‘llashga asoslanib, patologik reflyuks manbasining ishonchli va kam travmatik obliteratsiyasini ta’minlashi isbotlangan;
safeno-femoral birikma sohasida katta teri osti venasi diametri bilan residivlar soni o‘rtasida bog‘liklik statistik jihatdan ahamiyatli va muhim prognostik mezon sifatida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoq venalarining varikoz kengayishi qaytalanishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: endovenoz lazer obliteratsiyasidan keyingi uzoq muddatli kuzatuv davrida oyoq venalari varikoz kengayishining residivlari soni, manbalari, paydo bo‘lish muddatlari va birlamchi aralashuvdan keyin kasallikning qaytalanishining anatomik va gemodinamik xususiyatlari asoslangan - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy klinik harbiy gospitali (10.12.2024 yildagi 211-sonli buyrug‘i), Parkent tumani tibbiyot birlashmasi (17.12.2024 yildagi 408-sonli buyrug‘i), «Najod Shifo» MChJ (17.12.2024 yildagi 31-sonli buyrug‘i), (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.07.2025 yildagi 21/75-sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: EVLOdan keyingi qaytalanish soni, manbalari va muddatlarini aniqlash, asosiy prediktor – KtTV quyilish oldi segmenti diametrini verifikatsiya qilish yuqori xavf guruhini ajratish va maqsadli kuzatuv va profilaktik aralashuvlarni asoslash imkonini berdi: quyilish diametri ≥12 mm bo‘lganda, cho‘ltoqdan qaytalanish soni 42,9% ni, <12 mm diametrda esa 26,0% ni tashkil etdi (χ²=9,55; p=0,002; kuzatuv davri 6 oy-5 yil; 304 oyoq; jami qaytalanish 34,5%), bu xavfning taxminan 1,65 baravar oshishiga mos keladi va yanada qat’iy dispanser nazorati uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Qaytalanishning asosiy manbai – KtTV cho‘ltog‘iga e’tibor qaratish va texnikani optimallashtirish eng yaxshi bevosita natijalar bilan birga keladi, bu esa takroriy aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni, asoratlar sonini va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarini kamaytiradi, mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarning hayot sifatini va sog‘liqni saqlash resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik: EVLOdan keyingi qaytalanishlar sonining KtTV quyilish oldi segmenti diametriga bog‘liqligi aniqlanganligi tufayli xavf guruhini ajratish va teflon qoplamali yorug‘lik o‘tkazgichdan foydalangan holda takomillashtirilgan usulni o‘z vaqtida qo‘llash imkonini berdi. KtTV cho‘ltog‘ining rekanalizatsiya darajasi standart usulda 12,5% dan takomillashtirilgan usulda 0% gacha kamaydi (p=0,039), bu takroriy aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Trofik yara bilan asoratlangan qaytalanishda qayta shifoxonaga yotqizish va operatsiya qilishning o‘rtacha narxi bir nafar bemor uchun 12000000 so‘mni tashkil etishini hisobga olsak, takomillashtirilgan usul bilan davolangan 64 nafar bemorning 8 nafarida (12,5%) qaytalanishning oldini olish byudjet mablag‘larini qariyb 96000000 so‘mga iqtisod qilishni ta’minladi. Bundan tashqari, takroriy kasalxonaga yotqizish muddatini qisqartirish (o‘rtacha 3 kunga) hisobiga yana 70200000 so‘m iqtisod qilindi (o‘rtacha yotoq kunining narxi 365000 so‘m). Xulosa: umumiy iqtisodiy samara 166200000 so‘mdan ortiq mablag‘larni tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: klinik jihatdan ahamiyatli varikoz residivi bo‘lgan bemorlarda katta teri osti venasi patologik cho‘ltog‘ining butun uzunligi bo‘ylab ishonchli obliteratsiyani ta’minlaydigan va asoratlar xavfini minimallashtiruvchi venoz reflyuks-konduitni ajratish usuli ishlab chiqilgan va uning samaradorligi isbotlangan (04.07.2024 yildagi IAP 7748-sonli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtiroga patenti) - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy klinik harbiy gospitalining (10.12.2024 yildagi 211-sonli buyrug‘i), Parkent tuman tibbiyot birlashmasining (17.12.2024 yildagi 408-sonli buyrug‘i), «Najod Shifo» MChJning (17.12.2024 yildagi 31-sonli buyrug‘i), (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.07.2025 yildagi 21/75-sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kasallik qaytalanishi bo‘lgan bemorlarda KtTV cho‘ltog‘ining lazer obliteratsiyasida teflon qoplamali yorug‘lik o‘tkazgichni qo‘llash venaning to‘liq okklyuziyasiga erishish va rekanalizatsiya holatlarini istisno qilish imkonini berdi (standart usulda 12,5% ga nisbatan 0%; p=0,039). Bu qaytalanish xavfini kamaytiradi, takroriy kasalxonaga yotqizish va aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartiradi, bemorlarning ijtimoiy faolligi va hayot sifatini oshiradi; texnologiyani joriy etish SVE tufayli nogironlikni kamaytirishga yordam beradi va kasallikning ijtimoiy yukini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik: teflonli yorug‘lik o‘tkazgichdan foydalanish klinik ishonchlilikni oshiradi (100% okklyuziya standart radial yorug‘lik o‘tkazgichda 87,5% ga qarshi; p=0,039) va xarajatlarni kamaytiradi: teflonli yorug‘lik o‘tkazgichning narxi 600000 so‘mga arzonroq; introdyuser o‘rniga 450000 so‘mlik periferik kateter 3500 so‘mga ishlatiladi. Bitta aralashuvda tejamkorlik - o‘rtacha 1046500 so‘m. Rekanalizatsiyaning yo‘qligi 12,5% takroriy aralashuvlarni istisno qiladi; cho‘ltoqda takroriy muolajaning o‘rtacha narxi 5500000 so‘m bo‘lganda, 64 bemordan 8 tasida qaytalanishning oldini olish qo‘shimcha 44000000 so‘mga yaqin mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: 64 nafar bemorni davolashda umumiy iqtisodiy samara 110,9 mln so‘m mablag‘larni tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: oyoq venalari varikoz kengayishining residivini oldini olish va davolash usuli takomillashtirilgan: ushbu usul sianoakrilat elim kompozisiyasini qo‘llashga asoslanib, patologik reflyuks manbasining ishonchli va kam travmatik obliteratsiyasini ta’minlashi isbotlangan (04.07.2024 yildagi IAP 7748-sonli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtiroga patenti) - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy klinik harbiy gospitalining (10.12.2024 yildagi 211-sonli buyrug‘i), Parkent tuman tibbiyot birlashmasining (17.12.2024 yildagi 408-sonli buyrug‘i), «Najod Shifo» MChJning (17.12.2024 yildagi 31-sonli buyrug‘i), (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.07.2025 yildagi 21/75-sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: varikoz kasalligining qaytalangan shakli bilan og‘rigan bemorlarda nostabil perforant venalarning sianoakrilat elimli obliteratsiyasini joriy etish perforantlarning birlamchi va saqlanib qolgan okklyuziyasining yuqori sonini ta’minladi, bu takroriy aralashuvlar va kasalxonaga yotqizish ehtiyojini kamaytiradi va mehnat qobiliyatini saqlaydi. Ishonchli perforantlar okklyuziyasi trofik buzilishlar (shu jumladan yaralar) va venoz qon ketishlarda profilaktik ahamiyatga ega, bemor, uning oilasi va sog‘liqni saqlash tizimi uchun SVEning ijtimoiy yukini kamaytiradi, usul yuqori klinik samaradorligi va ambulator formatda bajarilishi tufayli afzal deb topilgan. Iqtisodiy samaradorlik: perforantlarni davolashni elimli obliteratsiyadan foydalangan holda ambulator shaklga o‘tkazish «xarajat-natija»ning optimal nisbatini ta’minlaydi, bir oyoq uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar - o‘rtacha 503500 so‘m (0,5 ml elim - 500000 so‘m; periferik kateter - 3500 so‘m) 96% samaradorlik bilan. Etoksisklerol bilan UT-skleroterapiya uchun: samaradorlik 75% bo‘lganda 103500 so‘m (2 ml - 100000 so‘m; kateter - 3500 so‘m); perforant vena EVLO uchun - samaradorlik 95% bo‘lganda 5500000 so‘m. «Muvaffaqiyatli okklyuziya narxi» (xarajatlar/samaradorlik): elimli obliteratsiya taxminan 524 480 so‘m, skleroterapiya - 138000 so‘m, EVLO - 5789500 so‘m. Xulosa: elimli obliteratsiya EVLO dan ustunlik qiladi (qiyoslangan/yaxshiroq samaradorlikda xarajatlar kamroq) va har bir holat uchun 4996500 so‘mni tejaydi; skleroterapiya bilan taqqoslaganda, doimiy okklyuziyalarning o‘sishini ta’minlab, qo‘shimcha 400000 so‘mni talab qiladi, bu qaytalanish/asoratlar xavfi bo‘lgan bemorlarda o‘zini oqlaydi va takroriy murojaatlar sonini va qimmatroq aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: safeno-femoral birikma sohasida katta teri osti venasi diametri bilan residivlar soni o‘rtasida bog‘liklik statistik jihatdan ahamiyatli va muhim prognostik mezon sifatida aniqlangan - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy klinik harbiy gospitalining (10.12.2024 yildagi 211-sonli buyrug‘i), Parkent tuman tibbiyot birlashmasining (17.12.2024 yildagi 408-sonli buyrug‘i), «Najod Shifo» MChJning (17.12.2024 yildagi 31-sonli buyrug‘i), (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.07.2025 yildagi 21/75-sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: prognostik mezon - safeno-femoral birikmasi zonasida KtTV diametrining verifikatsiyasi – qaytalanish xavfi yuqori bo‘lgan guruhni ajratish va uning uchun maqsadli dispanser kuzatuvi va profilaktikasini standartlashtirish imkonini berdi. Bo‘sag‘a qiymati (≥ 12 mm) qaytalanishning yuqori soni bilan bog‘liq (42,9% ga nisbatan 26,0%; χ²=9,55; p=0,002), bu esa kuchaytirilgan UTDS-nazoratni (1-, 14-kun, 2 va 6 oy) va reflyuks manbalarini erta bartaraf etishni asoslaydi. Bunday xavfga mo‘ljallangan yo‘naltirish quyidagilarga imkon beradi: surunkali venoz etishmovchilikning kech qaytalanish ehtimolini va asoratlangan shakllari (trofik yaralar, tromboflebit, qon ketish) ulushini kamaytirish, takroriy kasalxonaga yotqizish va aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartirish va mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini oshirish. Shu bilan birga, resurslarni oqilona taqsimlash yaxshilanadi (ambulatoriya bo‘g‘ini va maqsadli profilaktika tadbirlarining ustuvorligi) va qon tomir jarrohligi xizmati ishining samaradorligi oshadi. Iqtisodiy samaradorlik: Prognostik mezon sifatida safeno-femoral birikmasi zonasidagi KtTV diametridan foydalanish (≥12 mm) yuqori xavfli bemorlarni oldindan ajratish va takroriy aralashuvlarning bir qismini oldini olish imkonini beradi. Xavf-xatarga yo‘naltirilgan davolash usulisiz bunday 100 nafar bemordan taxminan 43 nafariga, bizning yondashuvimiz bilan esa 26 nafarga yaqin bemorga takroriy jarrohlik amaliyoti zarur bo‘ladi. Bu takroriy 17 kam degani. Bitta takroriy muolaja 5,5 mln so‘m turadi. Demak, 100 nafar bemor hisobiga 17 × 5,5 mln = 94 mln so‘m yoki bir nafar bemor hisobiga 0,94 mln so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: safeno-femoral birikmasi zonasida KtTV diametri va qaytalanish soni o‘rtasida o‘rnatilgan statistik ahamiyatli bog‘liqlik ushbu ko‘rsatkichdan mustaqil prognostik mezon sifatida foydalanishni asoslaydi. ≥12 mm qiymatni okklyuziyaning yuqori barqarorligi va tartibga solingan ultratovush kuzatuvi bilan xavfga yo‘naltirilgan usulni tanlashni talab qiladigan salbiy belgi sifatida baholash kerak. Mezonning operatsiyadan oldingi tekshiruv standartiga kiritilishi davolash samaradorligini oshiradi va takroriy aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini bergan.