Xaydarova Luiza Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish yo‘llari (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4370  
Ilmiy rahbar: Abdukarimov Baratali Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Qulmamat Jonuzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“raqobat”, “xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligi” tushunchalarining iqtisodiy mazmuni asoslangan, takomillashtirilgan mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan va raqobat bozorida yangi turdagi xizmatlarni joriy etish jarayoni innovatsion loyihalar natijalari va resurslar ta’minoti bilan bog‘liq holda takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy ko‘rsatkichlar tizimining yaxlitligiga asoslangan xizmat ko‘rsatish korxonasi raqobatbardoshligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan hamda raqobatbardoshlik va samaradorlikni oshirishda “yashil iqtisodiyot” elementlarini takomillashtirish borasida tavsiyalar taklif etilgan;
xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish hamda iste’molchilar faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish hududiy klasterini tuzish taklifi ilmiy asoslangan;
yalpi hududiy mahsulotdagi xizmat ko‘rsatish sohasi hajmining o‘sish sur’atlari asosida 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“raqobat”, “xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligi” tushunchalarining iqtisodiy mazmuni asoslangan, takomillashtirilgan mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan va raqobat bozorida yangi turdagi xizmatlarni joriy etish jarayoni innovatsion loyihalar natijalari va resurslar ta’minoti bilan bog‘liq holda takomillashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2023-yil 10-noyabrdagi 4-sonli qarori, “Biznesni tadqiq etish usullari” O‘quv qo‘llanma, Guvohnoma raqami 109-10/11). Mazkur tushunchaning mazmunan takomillashtirilishi sohasida “raqobat” va “xizmat ko‘rsatish korxonasi raqobatbardoshligi” kategoriyalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini tushunish orqali xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati raqobatbardoshligini oshirishda yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlarni shakllantirish imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy ko‘rsatkichlar tizimining yaxlitligiga asoslangan xizmat ko‘rsatish korxonasi raqobatbardoshligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan hamda raqobatbardoshlik va samaradorlikni oshirishda “yashil iqtisodiyot” elementlarini takomillashtirish borasida tavsiyalar taklif etilgan. Samarqand viloyatida xizmat ko‘rsatish korxonalarini rivojlantirishning ichki imkoniyatlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 02-05-33-11715-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirgan holda ushbu jarayonni to‘liq baholash imkonini yaratgan;
Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish hamda iste’molchilar faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish hududiy klasterini tuzish taklifi ilmiy asoslangan. (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 02-05-33-11715-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida Samarqand viloyati hududiy klasteri samaradorligining o‘sishi va tovar aylanmasini oshirishga erishilgan;
Yalpi hududiy mahsulotdagi xizmat ko‘rsatish sohasi hajmining o‘sish sur’atlari asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 02-05-33-11715-sonli ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish