Xolmurzaev Jumanazar Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Jizzax viloyati ichki suvlarining landshaftlarga ta’siri», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Gr266.
Ilmiy rahbar: Alimkulov Nusratulla Raxmonkulovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07. 
Rasmiy opponentlar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Abrorjon Ubaydillaevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax viloyati ichki suvlarini landshaftlarga ta’sirini aniqlash, baholash va landshaftlardagi geoekologik vaziyatni optimallashtirish bo‘yicha ilmiy-asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jizzax viloyati ichki suvlari ta’sir doirasidagi landshaftlariga global iqlim o‘zgarishining asosiy indikatorlari hisoblangan – havo harorati, bug‘lanish hamda atmosfera yog‘inlarining o‘zgarish tendensiyalarini solishtirish orqali landshaftlarning o‘zgarib borish dinamikasi aniqlangan;
Jizzax viloyati sug‘oriladigan erlarining tuproq-meliorativ holati, tuproq sho‘rlanishining landshaftlarga ta’siri, sug‘oriladigan erlarining vaqt va masofada o‘zgarish dinamikasi (viloyat va tumanlar kesimida) baholangan;
viloyatda havzaviy yondashuv asosida GAT va masofaviy zondlash texnikalaridan foydalanib sug‘oriladigan agrolandshaftlari davriy o‘zgarishlarining turkum kartalari yaratilgan; 
suv resurslari taqchillashib borayotgan bir sharoitda viloyat ichki suvlari atrofidagi landshaftlardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish va optimallashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyati ichki suvlarining landshaftlarga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
iqlim o‘zgarishi sharoitida Jizzax viloyati suv resurslarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari ko‘p yillik dinamikasi, sug‘oriladigan yerlarda tuproq sho‘rlanishiga ta’siri GAT va masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanish usullari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 19-fevraldagi 02/19-747-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, GAT va masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanib viloyatning agrolandshaftlaridan oqilona foydalanish tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha yangi tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan;  
masofaviy va birlamchi dala-tadqiqot ma’lumotlariga zamonaviy GAT va masofadan zondlash texnikalarini integratsiyalash asosida tuproqning agrofizik buzilish jarayonlari xavfi mavjud bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarning tuproq sho‘rlanish holatlarini aniqlash va Jizzax viloyati sug‘oriladigan yerlarining tuproq sho‘rlanishi darajalarining landshaftlarga ta’siri, vaqt va masofada o‘zgarish dinamikasi viloyat va tumanlar kesimida baholash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 19-fevraldagi 02/19-747-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, GAT va masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanib sug‘oriladigan maydonlar landshaftlarining davriy o‘zgarishlari kartalari yaratish, vegetatsiya va novegetatsiya davrlarida bir yillik suvning kirib kelishi hamda tabiiy va gidrogen havzalarning koeffisientlarini aniqlash imkonini bergan;
Jizzax viloyati ichki suvlari ta’sir doirasidagi landshaftlariga global iqlim o‘zgarishining asosiy indikatorlari hisoblangan – havo harorati, bug‘lanish va atmosfera yog‘inlarining o‘zgarish tendensiyalarini solishtirish orqali landshaftlarning o‘zgarib borish dinamikasi bo‘yicha monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 19-fevraldagi 02/19-747-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, GAT va masofadan zondlash texnikalariga integratsiyalash asosida yaratilgan agroekologik buzilish va sho‘rlanish jarayonlari dinamikasini kuzatish imkoniyatini beruvchi usullarni aniqlashtirish imkonini bergan;
Jizzax viloyatining gidrografik sharoitidan kelib chiqib, havzaviy yondashuv asosida agrolandshaftlar baholangan va uning 1:1000000 masshtabli gidrografik landshaft-meliorativ kartasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 19-fevraldagi 02/19-747-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat sug‘oriladigan erlarining meliorativ holatini yaxshilash imkoniyatlari oshgan, agrolandshaftlar sho‘rlanishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish