Juraev Jamshid Sunatilloevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Quyi Zarafshon landshaftlarining cho‘llanish  jarayonlarini geofazoviy texnologiyalar yordamida baholash va kartalashtirish», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Gr331.
Ilmiy rahbar: Mohd Nazish Khan, geografiya fanlari bo‘yicha  falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07. 
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor; Rasulov Anvar Baxodirovich, geografiya fanlari bo‘yicha  falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: landshaftlarda cho‘llanish darajasining geografik axborot tizimlari yordamida aniqlash va olingan kosmik ma’lumot ko‘rsatkichlari bilan cho‘llanish ko‘lami va darajasini aniqlash asosida ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
havo harorati, atmosfera yog‘inlari va tuproq haroratining hududdagi o‘simliklarning fenologik o‘zgarishlariga va tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko‘rsatayotgan bosimi asosida iqlim o‘zgarishining cho‘llanish jarayoniga bo‘lgan ta’sir mexanizmlari aniqlangan;
hududda tuproq unumdorligini yaxshilash va o‘simliklarning barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish metodikasi takomillashtirilgan;
sug‘oriladigan hududlardagi sho‘rlanish darajasi va suv-tuz miqdorining ko‘p yillik dinamikasi tizimli ravishda tahlil qilinib, ularning tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jaligi hosildorligiga ta’siri baholangan hamda sho‘rlanishni kamaytirish va sug‘orish resurslarini samarali boshqarish uchun ilmiy asoslangan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
GAT texnologiyalaridan foydalangan holda normallashgan farqli vegetatsiya indeksi (NDVI), tuproq ustki qatlamining donadorlik hajmi indeksi (TGSI), va er yuzasi albedosi bo‘yicha 1990-2020-yillar oralig‘i uchun kartalar yaratilgan va hududiy cho‘llanishni samarali kuzatish hamda baholash bo‘yicha innovatsion usullar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyi Zarafshon landshaftlarining cho‘llanish jarayonini tadqiq etish va kartalashtirishga doir olingan natijalar asosida:
Quyi Zarafshonning havo harorati, atmosfera yog‘inlari va tuproq harorati hududdagi o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi hamda iqlim o‘zgarishining cho‘llanish jarayonlariga ta’siri tasniflaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-maydagi 05/06-02-450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim o‘zgarishi tabiiy va madaniy o‘simliklarning biologik mahsuldorligini pasayishiga hamda atrof-muhit degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
Quyi Zarafshon hududida tuproq unumdorligini yaxshilash va o‘simliklarning barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-maydagi 05/06-02-450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy o‘zgarishlarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
sug‘oriladigan hududlardagi tuproq sho‘rlanish darajasi va suv-tuz miqdorining ko‘p yillik dinamikasi tizimli ravishda tahlil qilinib, ularning tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga ta’siri baholangan hamda tuproq sho‘rlanishini kamaytirish va suv resurslarini samarali boshqarish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-maydagi 05/06-02-450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy o‘zgarishlarni oldini olish uchun chora tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
GAT texnologiyalaridan foydalangan holda Quyi Zarafshon hududining Normallashgan farqli vegetatsiya indeksi (NDVI), tuproq ustki qatlamining donadorlik hajmi indeksi (TGSI) va er yuzasi albedosi cho‘llanish darajasi indeksi bo‘yicha 1990-2020-yillar oralig‘i uchun turli mavzudagi kartalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-maydagi 05/06-02-450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, landshaftlardagi cho‘llanish jarayonini baholash, cho‘llanishga uchrayotgan yangi hududlarni aniqlash hamda ularga qarshi samarali kurashish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish