Ismadiyorov Akmaljon Usmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli konlar bentonitlarining strukturaviy xususiyatlari va ularning adsorbsion xususiyatlariga modifikatsiyalashning ta’siri», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K1008.
Ilmiy rahbar: Arislanov Akmaljon Sayibbaevich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat texnika universiteti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurahmanov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Seytnazarova Oksana Muratbaevna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davalat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: turli konlarga mansub bentonitlarning tuzilish xususiyatlarini va modifikatsiyalashning adsorbsiya xossalariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kvars-dala shpati qo‘shimchalarini selektiv yo‘qotish va yuqori aktiv montmorillonit fazasi konsentratsiyasini oshirish bilan bentonitlarni fraksion boyitish kation almashinuv sig‘imini KBG 68,7 dan 75,1 mg-ekv/100g gacha, LBG da 74,5 dan 79,9 mg-ekv/100g gacha, BBG da esa 51,8 dan 57,6 mg-ekv/100g gacha orttirishi aniqlangan;
KBG ni boyitilishi nisbiy yuzani 28,53 dan 46,54 m2/g gacha, mikrog‘ovaklar hajmini 0,0063 dan 0,0104 sm3/g gacha, mezog‘ovaklar hajmini esa 0,0921 dan 0,1507 sm3/g gacha oshirgan bo‘lsa, Fe-modifikatsiyalash esa temir gidroksopolikationlari kiritilishi, yangi tor yoriqsimon kanallar shakllanishi hisobiga nisbiy yuzani 68,59m2/g ga, mikro va mezog‘ovaklar hajmini mos ravishda 0,0153 va 0,2223 sm3/g gacha oshirishi aniqlangan;
LBGning boyitilishi nisbiy yuzani 34,32 dan 52,33m2/g gacha, mikrog‘ovaklar hajmini 0,0076 dan 0,0117 sm3/g gacha, mezog‘ovaklar hajmini esa 0,1111 dan 0,1697sm3/g gacha oshirib, g‘ovaklarning o‘rtacha o‘lchamini 44,8 dan 43,47 Åga kamaytirgan bo‘lsa, Fe-modifikatsiyalash Fe-OH gidroksokomplekslari kiritilishi hisobiga qatlamlarni maksimal ochilishi, qo‘shimcha g‘ovaklar hosil bo‘lishi sababli yuqoridagi ko‘rsatkichlarni, ya’ni nisbiy yuzani 99,52 m2/g gacha, mikro va mezog‘ovaklar hajmini 0,0223 va 0,3228 sm3/g ga oshirishi va g‘ovaklar o‘rtacha o‘lchamini 42,4 Å ga kamaytirishi isbotlangan; 
metilen ko‘ki (MK) ning bentonitlarga adsorbsiyalanishi faqatgina ion almashinuvi mexanizmi orqali amalga oshadi (masalan, LBGda 20 daqiqada C1 9,6 mg/l gacha tushadi va 300 daqiqada taxminan 8,2 mg/l gacha, temir (Fe) bilan modifikatsiya qilish esa Fe–OH guruhlari orqali donor-akseptor komplekslari hosil bo‘lishiga yordam beradi, Fe3+ ionlarining bentonit tuzilmasiga samarali tarzda kiritilganligi C1 ni 40 daqiqada 7,8 mg/l gacha va 300 daqiqada 5,4 mg/l gacha tushishiga olib kelishi isbotlangan; 
bentonitlarning tabiiy va boyitilgan shakllarida to‘yinish 10–15 mg/l dan yuqori konsentratsiyalarda kuzatildi. Temir bilan modifikatsiyalangan LBG (Fe-LBG) namunalarida Fe-OH markazlarining hosil bo‘lishi ion almashinuvi bilan sinergik (kuchaytiruvchi) tarzda, S-shaklidagi adsorbsion izotermalar chapga siljishi va to‘yinish darajasi ortishi hisobiga maksimal adsorbsiyaga C1 < 10 mg/l da erishilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bentonitlar asosida adsorbentlar olish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
oqava suvlarni neft, moylar va umumiy organik ugleroddan samarali tozalash uchun Fe-modifikatsiyalangan bentonitlar olish usuli “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2026–2027 yillarda amaliyotga joriy etish uchun istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” ning 2025 yil 20 iyundagi 15/78-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Fe-LBG sarfi 3 g/l bo‘lgan sharoitda 1-sonli oqava suv namunasida neft va moylar konsentratsiyasi 870 mg/l dan 56 mg/l gacha (>93%), 2-sonli namunada 217 mg/l dan 1,8 mg/l gacha (>99%), 3-sonli namunada 147,5 mg/l dan 0,7 mg/l gacha (>99%),  umumiy organik uglerodni 3,2 mg/l dan 1,5 mg/l gacha kamaytirish imkonini beradi; 
boyitilgan va Na-modifikatsiyalangan bentonitlar asosida og‘ir metallarni oqava suvlardan tozalash usuli “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2026–2027 yillarda amaliyotga joriy etish uchun istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” ning 2025 yil 20 iyundagi   15/78-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Na-LBG yordamida oqava suvga bir martalik ishlov berishda Cd va Cr ionlarining konsentratsiyasi aniqlash chegarasidan past darajagacha (<0,005 mg/l), Mn, Fe, Zn, Cu va Ni ionlarini esa mos ravishda 0,01; 0,1; 0,12; 0,01 va 0,06 mg/l gacha kamayib, ifloslantiruvchilarni 98–99% gacha tozalash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish