Qadirov Abdulxoshim Abdujalolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik moyi missellasini purkash jarayoni gidrodinamikasini tadqiq etish va yangi forsunka konstruksiyasini ishlab chiqish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5254.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Axror Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor; Sultanova Shahnoza Abduvohitovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik moyi missellasini purkash jarayoni gidrodinamikasi va forsunkaning yangi konstruksiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakuniy bosqich distillyatoridagi ishchi bosim, missella harorati, suyuqlik va bug‘ fazalar sarfi hamda uning o‘lchamlarini missella tarkibidan erituvchini purkash jarayoni gidrodinamikasiga ta’siri aniqlangan;
jarayonning turlicha gidrodinamik rejimlarida forsunka kanalining balandligi hk = 8 mm, uzunligi lk = 20 mm va ekvivalent diametri dt = 11,4 mm bo‘lganda prizmatik forsunka vositasida suyuqlikni sochilish burchagi cosφ = 170o bo‘lishi aniqlangan;
prizmatik forsunka vositasida paxta moyi missellasini purkab distillyasiyalash jarayonining matematik modeli va uning MATLAB Simulink dasturidagi kompyuter modeli shakllantirilib, missella tarkibidan uchuvchan komponentlarni suv bug‘i muxitida haydash jarayonining texnologik va gidrodinamik rejimlarining optimal chegaralari aniqlangan;
missellani prizmatik forsunka vositasida gorizontal va vertikal yo‘nalishda purkash jarayonida texnologik samaradorlik 19,9 % ga ortishi isbotlangan;
paxta moyi missellasini yakuniy distillyasiyalash jarayonini amalga oshirish uchun prizmatik forsunkalar bilan butlanadigan qurilmaning takomillashtirilgan yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘simlik moyi missellasini purkash jarayoni gidrodinamikasini tadqiq etish va yangi forsunka konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yakuniy bosqich distillyatorining prizmatik forsunkalar bilan ta’minlangan yangi konstruksiyasi namunasi “Namangan tola-tekstil” va “Abduraxmon Asqarovich” MChJ korxonalarining “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari Uyushmasining 2025 yilning 5 maydagi KC/3-161- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olingan ekstraksion moyning rangi 19 sariq birlikni tashkil etib, uning kislota soni 3,5 mg KON/g gacha pasaygan, rafinatsiyalanadigan moyning chiqishini 1,85 % gacha oshirish imkonini beradi;
prizmatik forsunkalardan yakuniy distillyasiya jarayonida foydalanish texnologiyasi “Namangan tola-tekstil” va “Abduraxmon Asqarovich” MChJ korxonalarining “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari Uyushmasining 2025 yilning 5 maydagi KC/3-161- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxona standarti TR 18121-3-328-21 va O‘zDST 816:2015 talablariga mos rafinatsiyalangan va dezodoratsiyalangan tovar paxta moyi ishlab chiqarish imkonini beradi.