Ibatov Farxod Abduganievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ammiakli selitra suyuqlanmasi, Qizilqum fosforitlari, kaliy xloridi va ammoniy sul`fati asosida NPK- va NPS-o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4584.
Ilmiy rahbar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzaqulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmurodov To‘lqin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ammiakli selitra suyuqlanmasi, Qizilqum fosforitlari, kaliy xloridi va ammoniy sul`fati asosida donadorlangan kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
NH4NO3 o‘zining kislotalik tabiati evaziga 175°S haroratda kal`siy karbonati va frankolitni parchalab, suvda eruvchan kal`siy nitrati va monokal`siyfosfat hosil qilishi aniqlangan;
ammiakli selitra eritmasining fosfat xomashyosini faollashtirishi va undagi fosforning o‘zlashuvchan shaklining nisbiy miqdorini 10-17% dan 70-95% gacha keskin oshirishi isbotlangan;
har qanday turdagi fosfat xomashyosidan foydalanilganda NP-, NPK- va NPS-suyuqlanmalari harakatchan konsistensiyaga ega bo‘lib, ya’ni ularni shnekli aralashtirgich-donadorlagichda qiyinchiliklarsiz donadorlash mumkinligi aniqlangan;
AC:FX = 100:20, NH4NO3:KCl = 100:28 va (NH4)2SO4:NH4NO3 = 1:4 maqbul nisbatlari, hamda NPK- va NPS-o‘g‘itlar donalari mustahkamligi mos ravishda 5,5 va 5 barobar ortgan, yopishqoqligi esa aksincha 2,7 va 2,8 barobar kamayganligi aniqlangan;
mahsulotlarni termik parchalash uchun ko‘proq faollanish energiyasi (toza NH4NO3 uchun -915,1 Dj/gr. ga nisbatan KCl qo‘llaganda -325,0 Dj/gr. gacha va (NH4)2SO4 qo‘llaganda -359,5 Dj/gr. gacha) talab etilishi aniqlangan;
KCl ning suyuqlanmada bo‘lish davomiyligi 1 daqiqadan oshmasligi lozimdir, aks holda KNO3 ning yirik kristallari hosil bo‘lishiga bog‘liq bo‘lgan bo‘tqaning quyuqlashishi bilan kechadigan NH4NO3 va KCl orasidagi o‘zaro almashinish reaksiyasi sodir bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ammiakli selitra suyuqlanmasi, Qizilqum turli xil fosforitlari, ammoniy sul`fati va kaliy xloridi asosida donadorlangan NPK- va NPS-o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ammiakli selitra suyuqlanmasi, yuqori karbonatli fosforit uni va flotatsion kaliy xloridi asosida donadorlangan NPK-o‘g‘it olish texnologiyasi «Elektrokimyo-zavod» QK-AJ ning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2024 yil 26 oktyabrdagi 135-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaxshi tovar xossalarga ega bo‘lgan donador NPK-o‘g‘itlar namunalari olish imkonini beradi;
ammiakli selitra suyuqlanmasi, fosforit uni va ammoniy sul`fati asosida donadorlangan NPS-o‘g‘it olish texnologiyasi «Elektrokimyo-zavod» QK-AJning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2024 yil 26 oktyabrdagi 135-son ma’lumotnomasi). Natijada, ammiakli selitra tarkibini o‘simliklar o‘zlashtira oladigan shakldagi fosfor, oltingugurt va kal`siy kabi ozuqa elementlari bilan boyitish imkoniyati yaratiladi.