Ikramova Nodira Anvarovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali HBV-infeksiya kechishida yallig‘lanish anemiyasining patogenetik ahamiyati va tashxislashni takomillashtirish», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib341.

Ilmiy rahbar: Inoyatova Flora Il`yasovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Umarnazarova Zul`xumar Ernazarovna, tibbiyot fanlari doktori; Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali HBV-infeksiyali bolalarda yallig‘lanish anemiyasining diagnostik informativ mezonlarini ishlab chiqish hamda patogenetik sxemasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

surunkali HBV-infeksiyali bolalarda yallig‘lanish anemiyasining yuqori chastotasi 94,6% da aniqlangan hamda refrakter variantlarining (60,7%) kasallik kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va jigardagi patologik jarayonning jadallashuvini (49,4%) keltirib chiqishi isbotlangan;

surunkali HBV-infeksiyali bolalarda yallig‘lanish anemiyasining kasallikning erta bosqichida «haqiqiy» temir tanqisligi rivojlanishi bilan norefrakter anemiya ko‘rinishi rivojlanib borishi; kasallik davomiyligi oshishi va patologik jarayon chuqurlashishi bilan jigarda temirning qayta taqsimlovchi tanqisligi rivojlanishi bilan anemiyaning refrakter varianti kelib chiqish mexanizmlari aniqlangan;

surunkali HBV-infeksiyali bolalarda yallig‘lanish anemiyasi kechish variantlari rivojlanishida kasallik davomiyligi hamda jigarda patologik jarayon faolligiga bog‘liq bo‘lgan gepsidin-25 peptidining patogenetik ahamiyati aniqlangan;

transferrinning to‘yinish koeffisientini hisoblash yallig‘lanish anemiyasining kechish variantlarini qiyosiy tashxislashdagi diagnostik ahamiyati aniqlangan;

yallig‘lanish anemiyasining rivojlanishi kasallikning klinik-biokimyoviy sindromlari hamda HBV faolligini uzaytirishga olib kelishi, patogenetik jihatdan ushbu o‘zgarishlar HBV antigen boshlagan patologik stress-reaksiyalarni aks ettirishi, natijada ikkita parallel o‘zaro og‘irlashtiruvchi jarayonlar rivojlanishini belgilovchi mexanizmlar shakllanishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Surunkali HBV-infeksiyali bolalarda yallig‘lanish anemiyasini tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Surunkali virusli gepatit bilan og‘rigan bolalarda yallig‘lanish anemiyasini qiyosiy tashxislash usuli» uchun Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05450, 2017 yil). Diagnostikaning bu usuli surunkali HBV-infeksiyali bolalarda yallig‘lanish anemiyasining refrakter va norefrakter variantlarini aniqlash imkonini yaratgan;

surunkali virusli gepatit bilan og‘rigan bolalarda yallig‘lanish anemiyasini qiyosiy tashxislash dasturi asosini tashkil etuvchi kasallik patogenezi va algoritmi sxemasi ishlab chiqilgan va amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga tatbiq etilgan hamda «Surunkali virusli jigar patologiyasi bilan og‘rigan bolalarda yallig‘lanish anemyasini tashxislash va davolashga yondashuvlar» uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 3 apreldagi 8n-d/436-son ma’lumotnomasi). Ushbu Dasturning tatbiq etilishi surunkali HBV-infeksiyali bolalarda yallig‘lanish anemiyasini tashxislash sifatini 30%ga yaxshilash; asoratlar uchrashini xamda kasallikning jadallashgan shakli rivojlanishini 24,6% ga kamaytirish imkonini bergan;

surunkali virusli gepatit bilan og‘rigan bolalarda yallig‘lanish anemiyasini qiyosiy tashxislash chora-tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Qibray tuman tibbiyot birlashmasiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 27 dekabrdagi 8n-z/249-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqotlarning amaliyotga joriy qilinishi iqtisodiy samaradorlikka olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish