Raxmatullaev Farrux Farhod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘-ma’dan hududining qalay-nodir metallar ma’danlashuvining bashorat-qidiruv mezonlarini ishlab chiqish”, 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/GM262.
Ilmiy rahbar: Movlanov Jaxongir Jo‘rabekovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mineral resurslar instituti” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxon Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Xolikov Azimjon Babamuratovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘-ma’dan hududida qalay-nodir metall ma’danlashuvini bashorat-qidiruv mezonlarini ishlab chiqish va qalayga istiqbolli maydonlar ajratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘laridagi qalay ma’danlashuvining nodir va kamyob metallarga ixtisoslashgan Quljuq-Chaqilkalon terreynining kollizion granitoid magmatizmi bilan bog‘liqligi asoslangan;
hududdagi qalay konlarining formatsion va genetik turlarini qamrab oluvchi tog‘ jinslari (ohaktoshlar, slaneslar, granitoidlar va daykali hosilalar) ta’siri aniqlangan;
Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘laridagi qalay ma’danlashuvining 6 ta asosiy qulay geologik-strukturaviy pozisiyalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘-ma’dan hududida qalay ma’danlashuvini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘-ma’danli hududidagi endogen qalay ma’danlashuvining katalogi, ma’lumotlar bazasi va xaritasi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi 08-0516-son ma’lumotnomasi). Natijada geologiya qidiruv ishlarini zamonaviy dasturiy ta’minotlar yordamida tahlil qilish imkonini bergan;
hududda qalay ob’ektlarining joylashuvi va hosil bo‘lish qonuniyatlari bo‘yicha xulosalar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan
(Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi 08-0516-son ma’lumotnomasi). Natijada qalayga istiqbolli maydonlarni bashorat qilish imkonini bergan;
ajratilgan Shimoliy Ziyovuddin, Janubiy Ziyovuddin, Tim, Qo‘chqorli va Qutchi istiqbolli maydonlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi
08-0516-son ma’lumotnomasi). Natijada qalay-nodir metallar xomashyo bazasini kengaytirish hamda geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.