Xaliyorov Xolmurod Xalmirzaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaugaz-Kondir soy oralig‘idagi mis ma’danlashuvining joylashish qonuniyati (Sharqiy Olmaliq tog‘ kon hududida)”, 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/GM222.
Ilmiy rahbar: Razikov Odil Taxirdjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Movlanov Jaxongir Jo‘rabekovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Mirusmanov Mirvosit Agzamovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Olmaliq tog‘-kon hududidagi Shaugaz-Kondir soylar oralig‘idagi mis ma’danlashuvining joylashish qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mis ma’danlashuvining joylashuvida shimoli-sharqiy yo‘nalishdagi faol tektonik er yoriqlari tizimidagi darzlangan zonalarga bog‘liqligi strukturaviy omil sifatida qayd etilgan;
Shaugaz-Kondir soylar oralig‘idagi tog‘ jinslari va ma’danlarda asosiy elementlarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan hamda mis ma’danlashuvini izlashda molibden, qo‘rg‘oshin, rux, oltin elementlarining indikatorlik ahamiyati belgilangan;
Mis ma’danlashuvi uchun ma’dan osti zonasi uchun Co, Ni, Bi, Mo, Re, W1, Sn, As1, Cu1, ma’danli zona uchun Cu2, W2, Pb, Zn, Au, Ag hamda ma’dan usti zonasi uchun Cu3, Ag, As2, Sb, Hg indikator elementlarning vertikal zonalligi ajratish asosida mis ma’danlashuvining geokimyoviy modeli ishlab chiqilgan;
Tadqiqot olib borishda hududdagi mis-ma’danlashuv sharoitlarini nazorat qiluvchi strukturaviy, magmatik, litologik omillar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaugaz-Kondir soylar oralig‘ida tarqalgan magmatik va metasomatik tog‘ jinslari va ular bilan bog‘liq mis ma’danlashuvining moddiy tarkibi bo‘yicha olingan mineralogik-geokimyoviy ma’lumotlar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024-yil 5-avgustdagi 08-2858-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharqiy Olmaliq tog‘ kon hududida mis ma’danlashuvining istiqbolini baholash va geologiya qidiruv ishlari samardorligini oshirish imkonini bergan;
mis ma’danlashuvini qidirish uchun molibden, qo‘rg‘oshin, rux va oltin hamroh elementlarning indikatorlik roli bo‘yicha olingan ma’lumotlar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ  faoliyatiga  joriy  qilingan  (Tog‘-kon  sanoati va  geologiya  vazirligining  2024- yil 5-avgustdagi 08-2858-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharqiy Olmaliq tog‘-kon hududida geologiya qidiruv ishlarini reshalashtirishda mis ma’danlashuviga istiqbolli maydonlarni ajratish imkonini bergan;
mis ma’danlashuvining qulay geologik-strukturaviy sharoitda joylashuvining vertikal va gorizontal zonallik modeli “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024-yil 5-avgustdagi 08-2858-son ma’lumotnomasi). Natijada, mis va molibdenni chuqurlikda qazib olish xarakterini aniqlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish