Kamagurova Svetlana Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Saribatir oltin ma’danli konida ma’danlashuv joylashuvining geologik omillari va qidiruv usullarini takomillashtirish», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/GM279.
Ilmiy raxbar: Isoqov Maqsud Uzoqovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Antonov Aleksandr Evgen`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Saribatir konini razvedka qilish uslubiyotini ma’dan tanalarining morfologiyasi va ularning joylashish qonuniyatlarini o‘rganish asosida takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Saribatir konida oltin ma’danlashuvining joylashish qonuniyatlarini belgilovchi strukturaviy, litologik-stratigrafik, metasomatik va jinslarning epigenetik o‘zgarish omillari ajratildi;
qidiruv tarmog‘i zichligining oltin koni zaxiralarini baholash ishonchligiga ta’siri asosli ravishda ko‘rsatib berilgan;
konning chuqur qatlamlarida oltin ma’danlashuvining fazoviy rivojlanish imkoniyati asoslab berildi;
oltin konlarida oksidlangan va aralash ma’danlarni ajratish uchun er qa’ridan to‘liq foydalanishni ta’minlaydigan mezonlar tizimi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Saribotir koni bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
konning geologik-strukturaviy xususiyatlari tahlili natijalari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy etilgan. (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 24 iyundagi 08-1764-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar oltin ma’danlashuvining joylashuviga ta’sir etuvchi strukturaviy, litologik va epigenetik omillarni aniqlash hamda konning geologik tuzilishining murakkablik darajasini belgilash imkonini bergan;
konni qidirish va o‘zlashtirish ma’lumotlarini taqqoslash hamda uning istiqbollarini baholash bo‘yicha xulosalar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy etilgan. (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 24 iyundagi 08-1764-sonli ma’lumotnomasi). Chuqur gorizontlarni baholashdan olingan natijalar 7a ma’dan tanasida oltin ma’danlashuvining chuqurlikka tarqalishini tasdiqlash orqali zaxiralarning o‘stirishda hisobga olingan;
zamonaviy talablar asosida konni qidirish uslubiyotini takomillashtirish va resurs salohiyatini baholash bo‘yicha tavsiyalar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy etilgan. (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 24 iyundagi 08-1764-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oltin konlarida oksidlangan va aralash ma’danlarni ajratish mezonlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish