Nabiev Shuxrat Axmadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nofilologik yo‘nalishdagi o‘zbek guruhlar talabalarida rus tili bo‘yicha nutq kompetensiyalarini grammatik modellar asosida shakllantirish», 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili), (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1981
Ilmiy rahbar: Lisakova Irina Pavlovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Alimsaidova Sayyora Amideevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Nishonov Maxmudjon Sobirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik yo‘nalishdagi o‘zbek guruhlar talabalarida rus tili bo‘yicha nutq kompetensiyalarini grammatik modellar asosida shakllantirishddan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nofilologik yo‘nalishdagi o‘zbek guruhlar talabalarida rus tili bo‘yicha nutq kompetensiyalarini rivojlantirish uchun atributiv, obekt, hol bilan ifodalangan, kompletiv munosabatlardagi so‘z birikmalari hamda subekt-predikat, obekt, aniqlovchi va hol bilan ifodalangan gaplarning grammatik modellari tizimi grammatik ma’nolarning invariantlarini izohlovchi shartli sxemaviy-belgili modellardan foydalanish asosida ishlab chiqilgan;
bakalavriatning nofilologik yo‘nalishlarida interferensiyaga olib keluvchi omillarni o‘quv dasturi bilan bog‘liq holda rus-o‘zbek tillari morfologiyasi va sintaksisini o‘zaro qiyoslash orqali bog‘langan qo‘shma gaplarni modellashtirishni o‘rgatish jarayonlarining shakllangan nutqiy kompetensiyani yanada rivojlantirish usullari individual, umumiy, o‘zaro bahs va nazariy, ilmiy-amaliy innovatsion texnologiyalari aniqlangan;
nofilologik yo‘nalishdagi talabalarga rus tilini chet tili sifatida o‘qitishni yanada rivojlantirish va ilmiy-amaliy pedagogik asoslarni boyitish uchun “Invariant” sintaktik grammatik modellarning analitik, sintetik, konstruktiv topshiriqlar va mashqlar tizimi, amaliy sinovlardan o‘tkazilgan holda, qo‘llanmaviy dasturlari ishlab chiqilgan;
o‘qitishning ongli-amaliy usuli texnologiyalariga ilmiy-amaliy jihatdan yangi pedtexnologiyalarni kiritish asosida nutq kompetensiyalarini shakllantirish modeli takomillashtirilgan hamda nofilologik yo‘nalishdagi o‘zbek guruhlar talabalarining rus tilidagi nutq kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonini samarali amalga oshirishga yo‘naltirilgan grammatik modellardan foydalanishning zamonaviy uslubiy tavsiyalari ishlab chiqilgan va huquqiy asoslar orqali amaliyotga tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik yo‘nalishdagi o‘zbek guruhlar talabalariga rus tilini grammatik modellar asosida o‘qitishda nutq kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-uslubiy va amaliy natijalar asosida quyidagilar bajarildi:
nofilologik yo‘nalishdagi o‘zbek guruhlar talabalarida rus tili bo‘yicha nutq kompetensiyalarini rivojlantirish uchun atributiv, obekt, hol bilan ifodalangan, kompletiv munosabatlardagi so‘z birikmalari hamda subekt-predikat, obekt, aniqlovchi va hol bilan ifodalangan gaplarning grammatik modellari tizimi grammatik ma’nolarning invariantlarini izohlovchi shartli sxemaviy-belgili modellardan foydalanish asosida ishlab chiqishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “O‘zbek (rus) tili” fanining o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yilning 7-mayidagi 02/01-01-163-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv dasturlarining mazmuni grammatik modellardan foydalangan holda darslarni o‘tkazishni ta’minlaydigan mavzular bilan boyitildi;
bakalavriatning nofilologik yo‘nalishlarida interferensiyaga olib keluvchi omillarni o‘quv dasturi bilan bog‘liq holda rus-o‘zbek tillari morfologiyasi va sintaksisini o‘zaro qiyoslash orqali bog‘langan qo‘shma gaplarni modellashtirishni o‘rgatish jarayonlarining shakllangan nutqiy kompetensiyani yanada rivojlantirish usullari individual, umumiy, o‘zaro bahs va nazariy, ilmiy-amaliy innovatsion texnologiyalari aniqlanganligiga oid takliflardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan IL-402104209 sonli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 22-apreldagi 01/4-1557 sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning mazmuni o‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi bo‘yicha ma’lumotlar bilan mukammallashtirildi;
nofilologik yo‘nalishdagi talabalarga rus tilini chet tili sifatida o‘qitishni yanada rivojlantirish va ilmiy-amaliy pedagogik asoslarni boyitish uchun “Invariant” sintaktik grammatik modellarning analitik, sintetik, konstruktiv topshiriqlar va mashqlar tizimi, amaliy sinovlardan o‘tkazilgan holda, “Invariant” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (ISBN 978-5-907871-93-9. Sh.A.Nabiev. Invariant. Sistema zadaniy i uprajneniy na osnove sintaksicheskix grammaticheskix modeley dlya obucheniya russkomu yaziku kak inostrannomu studentov nefilologicheskix napravleniy: uchebnoe posobie. — Sankt-Peterburg: Zlatoust, 2025. – 72 s.). Natijada o‘quv qo‘llanmaning mazmuni muhim grammatik modellar va mashqlar bilan takomillashtirildi;
o‘qitishning ongli-amaliy usuli texnologiyalariga ilmiy-amaliy jihatdan yangi pedtexnologiyalarni kiritish asosida nutq kompetensiyalarini shakllantirish modelini takomillashtirishga hamda nofilologik yo‘nalishdagi o‘zbek guruhlar talabalarining rus tilidagi nutq kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonini samarali amalga oshirishga yo‘naltirilgan grammatik modellardan foydalanishning zamonaviy uslubiy tavsiyalarini ishlab chiqishga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” nomli teledasturlarni tayyorlashda ssenariylar doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 6-maydagi 05-09-599-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar mazmuni O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida rus tilini chet tili sifatida o‘rganish muammolari yangi talqinlar va ekspert baholari bilan boyitildi.