Solijonova Kibiryoxon Muzaffarjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyasini badiiy matnlar asosida takomillashtirish», 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili), (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.4.PhD/Ped5168    Ilmiy rahbar: Alimsaidova Sayyora Amideevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.   
Rasmiy opponentlar: Nishonov Maxmudjon Sobirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyasini milliy (o‘zbek) adabiyotiga  mansub badiiy matnlardan foydalanish asosida takomillashtirish hamda bu yondashuvning samaradorligini birinchi kurs talabalari ta’lim jarayonida eksperimental tarzda tekshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyasini takomillashtirish jarayonida bog‘langan qo‘shma gaplarning sintaktik tuzilmalarini o‘rganishga qiziqishni oshirish maqsadida o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotiga oid badiiy matnlarni qo‘llash samaradorligi nazariy va metodik jihatdan asoslab berilgan;
psixologik tamoyil asosida ishlab chiqilgan va ta’limining boshlang‘ich bosqichida tajriba-sinovdan o‘tkazilgan mashqlar tizimi orqali talabalarning badiiy matnlarda bog‘langan qo‘shma gaplarni ifodalanishini bosqichli o‘zlashtirishlari metodik ta’minoti modernizatsiya qilingan;
o‘zbek badiiy asarlaridan tanlab olingan matnlar ustida ishlash jarayonida kompetent yondashuv doirasidagi fanlararo integratsiya metodi, interfaol usullar, hamda motivatsion baholash tizimini integratsiya qilish yo‘li bilan talabalarning grammatik kompetensiyasini takomillashtirishga oid tarkibiy model optimallashtirilgan; 
tillararo interferensiya sabablarini aniqlashga imkon beridigan, hamda talabalarining kasbiy va ijtimoiy moslashuviga xizmat qiladigan raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali rus tili grammatik (sintaktik) tuzilishini o‘rganish mazmuni, jarayonli va tashkiliy asoslari takomillashtirilgan.  
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyasini badiiy matnlar asosida takomillashtirish jarayonida olingan ilmiy natijalar quyidagicha joriy etildi: 
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyasini takomillashtirish jarayonida bog‘langan qo‘shma gaplarning sintaktik tuzilmalarini o‘rganishga qiziqishni oshirish maqsadida o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotiga oid badiiy matnlarni qo‘llash samaradorligi nazariy va metodik jihatdan asoslashga oid taklif va tavsiyalaridan 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan «2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)» nomli grant doirasida samarali va keng foydalanilgan. (Qo‘qon davlat pedagogika instituti tomonidan 2025-yil 29-martda berilgan 490/04-sonli ma’lumotnoma). Natijada, rus tili yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan yoshlarning milliy adabiy merosni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi ortdi, bu esa ularda O‘zbekiston shoir va yozuvchilarining ijodiga hurmat tuyg‘usini shakllanishiga xizmat qildi.
psixologik tamoyil asosida ishlab chiqilgan va ta’limining boshlang‘ich bosqichida tajriba-sinovdan o‘tkazilgan mashqlar tizimi orqali 
talabalarning badiiy matnlarda bog‘langan qo‘shma gaplarni ifodalanishini bosqichli o‘zlashtirishlari metodik ta’minotini modernizatsiya qilish
bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan rus tili yo‘nalishining birinchi kurs talabalari uchun o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 22-yanvardagi 02/01-01-20-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, o‘zbek badiiy asarlaridan olingan matnlar asosida bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining grammatik (sintaktik) kompetensiyasini takomillashtirishga erishildi. 
o‘zbek badiiy asarlaridan tanlab olingan matnlar ustida ishlash jarayonida kompetent yondashuv doirasidagi fanlararo integratsiya metodi, interfaol usullar, hamda motivatsion baholash tizimini integratsiya qilish yo‘li bilan talabalarning grammatik kompetensiyasini takomillashtirishga oid tarkibiy modelni optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DM «Ta’lim va taraqqiyot», «O‘zbekiston yoshlari», «Volalar va biz» nomli radiodasturlarni tayyorlashda ssenariylar doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-fevraldagi 05-09-109-sonli akti).  Natijada, milliy adabiyot badiiy matnlari orqali bog‘langan qo‘shma gap sintaksisi doirasida rus tili grammatikasini o‘qitishda uslubiy yondashuvlarni boyitishga erishildi;
tillararo interferensiya sabablarini aniqlashga imkon beridigan, 
hamda talabalarining kasbiy va ijtimoiy moslashuviga xizmat qiladigan 
raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali rus tili grammatik
(sintaktik) tuzilishini o‘rganish mazmuni, jarayonli va tashkiliy asoslarini takomillastirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston davlat jahon
tillari universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Guliston davlat
pedagogika instituti hamda Namangan davlat universitetining rus tili darslarida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 22-
yanvardagi 02/01-01-20-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, milliy adabiyot badiiy matnlari asosida oliy o‘quv yurtining dastlabki bosqichida tahsil olayotgan bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyasining amaliy ahamiyati darajasini oshirishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish