Umarova Muhayyoxon Turg‘unboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tili yo‘nalishi talabalarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda vizual vositalardan foydalanish texnologiyalari (til aspektlari amaliyoti fani misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya metodikasi va nazariyasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2024.4.PhD/Ped 8802
Ilmiy rahbar: Kaxarova Mavluda Mukaramovna, filologiya fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Anvar Gafurovich filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Mamadjanova Nozima Adxamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tili yo‘nalishi talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda vizual vositalardan foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tilini o‘rganish jarayonida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga oid nazariy qarashlarning tizimli tahlillari asosida nutqning situativ adekvatligini ta’minlashda kommunikativ kompetensiyaning asosiy tarkibiy unsurlari integratsiyalashuvi hamda til komponentlarining uyg‘unlashuvining afzalliklari aniqlashtirilgan; ingliz tilini o‘qitishda vizual vositalarni qo‘llashning nazariy-metodologik talablari ko‘rgazmalilik, kognitiv va autentiklik tamoyillari bilan uyg‘unlashtirilib, vizual tafakkur va vizual savodxonlik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik tamoyillar bosqichma – bosqich takomillashtirilgan; talabalarning lingvistik hamda sotsiokulturologik kompetensiyalarini rivojlantirishda ta’limiy, ijtimoiy va madaniy maqsadlari o‘quv modulining integratsiyasiga tayanilgan vizual vositalardan foydalanishning struktur-funksional modeli takomillashtirilib,talabalarning ingliz tilidagi bilimlarini baholash mezonlarining tahliliga ko‘ra kompleks monitoring asosida isbotlangan; ingliz tili o‘qitish jarayonida talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan vizual texnologiyalar – virtual flash kartalar, infografika asosidagi drafting, dubbing animatsiyasining didaktik imkoniyatlari tahlil qilinib, o‘quv jarayonining funksional vazifalari bilan uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili yo‘nalishi talabalarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda vizual vositalardan foydalanish texnologiyalari tadqiqot ishining natijalari asosida: ingliz tilini o‘rganish jarayonida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga oid nazariy qarashlarning tizimli tahlillari asosida nutqning situativ adekvatligini ta’minlashda kommunikativ kompetensiyaning asosiy tarkibiy unsurlari integratsiyalashuvi hamda til komponentlarining uyg‘unlashuvining afzalliklari aniqlashtirilganligiga doir xulosalaridan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universitetining AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etish ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi. (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 17-martdagi 04/2412-sonli guvohnomasi). Natijada kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy komponentlari sifatida talabalarning og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalarining rivojlanishiga erishildi. Ingliz tilini o‘qitishda vizual vositalarni qo‘llashning nazariy-metodologik talablari ko‘rgazmalilik, kognitiv va autentiklik tamoyillari bilan uyg‘unlashtirilib, vizual tafakkur va vizual savodxonlik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik tamoyillar bosqichma – bosqich takomillashtirilganligi hamda ingliz tili o‘qitish jarayonida talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan vizual texnologiyalar – virtual flash kartalar, infografika asosidagi drafting, dubbing animatsiyasining didaktik imkoniyatlari tahlil qilinib, o‘quv jarayonining funksional vazifalari bilan uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilganligiga doir xulosalaridan 2022-2024-yillarda Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID-57663348-sonli “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” nomli loyiha doirasida foydalanildi. (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 14-iyuldagi 06/4414-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili o‘qitish jarayonida autentik vizual vositalar (virtual flesh karta, infografikli drafting, dubbing animatsiyasi)dan foydalanishga asoslangan innovatsion metodik yondashuvlar talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda samarali vosita sifatida xizmat qildi. Talabalarning lingvistik hamda sotsiokulturologik kompetensiyalarini rivojlantirishda ta’limiy, ijtimoiy va madaniy maqsadlari o‘quv modulining integratsiyasiga tayanilgan vizual vositalardan foydalanishning struktur-funksional modeli takomillashtirilib,talabalarning ingliz tilidagi bilimlarini baholash mezonlarining tahliliga ko‘ra kompleks monitoring asosida isbotlanganligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenarisini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasining 2024 yil 27-dekabrdagi 01-01-1361-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili o‘qitish jarayonida vizual vositalardan foydalanishning nazariy-metodologik mezonlari asosida til o‘rganuvchilarning lingvistik va kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi didaktik tamoyillar tizimi takomillashtirildi hamda u ssenariy yozish amaliyotida samarali qo‘llanildi.