Sattarov Kamoliddin Fazliddin o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda ijodiy va kreativ o‘quv topshiriqlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish(“O‘zbekiston tarixi” fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped 6543
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Boymirzaev Xurshidjon Karimjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjanovna pedagogika fanlari doktori, professor; Isoqboev Alisher Ahmadjonovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi «O‘zbekiston tarixi» fanini o‘qitishda ijodiy va kreativ o‘quv topshiriqlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalr ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarix fanini o‘qitishdagi “ijodiy va kreativ o‘quv topshiriqlari” tushunchasining nazariy-metodologik mohiyati kompetentlilikka asoslangan yondashuvning ilmiy-nazariy kategoriyalar majmuini didaktik loyihalash, bo‘lajak tarix o‘qituvchisining tarixiy voqelikka asoslangan tafakkurini tarixiylik prinsipi ko‘magida prognozlashning ijtimoiy-pedagogik omillar bilan muvofiqlashtirish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda ijodiy va kreativ topshiriqalardan foydalanish modeli “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitishning metodik strukturasini produktiv barqarorligini ta’minlovchi innovasion xarakterdagi mualliflik ishlanmalarini tarixiy qiyoslashning empirik komponentlariga bog‘liqligini asoslash hisobiga takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilari uchun kognitiv darajalar bo‘yicha tasniflangan ijodiy topshiriqlar majmui, pedagogik jarayonlarda talabalarning tarixiy bilimlarni ongli tasavvurda interpritatsiya qilish orqali tarixiy jarayon va voqeliklarni diaxron va sinxron kontekstda refleksiv baholash orqali erkin, zaruriy va majburiy tarzda darajalash asosida takomillashtirildi;
ijodiy va kreativ o‘quv topshiriqlaridan foydalanish metodikasining samaradorligi pedagogik eksperiment va psixometrik yondashuv asosida kompleks tahlil qilishda talabalarning individual va guruhli ijodiy faoliyat imkoniyatlari tarixiy dalillarni tanlash hisobiga tarixiy kategoriyalarni izohlash va mavzuga oid ma’lumotlarni sintezlash, “sabab-oqibat”, “induksiya-deduksiya” tamoyillariga ko‘ra baholash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarining tarix yo‘nalishi talabalarini o‘qitish jarayonida ijodiy va kreativ o‘quv topshiriqlardan foydalanish metodikasiga doir tadqiqot ishini olib borish natijalari asosida;
tarix fanini o‘qitishdagi “ijodiy va kreativ o‘quv topshiriqlari” tushunchasining nazariy-metodologik mohiyati kompetentlilikka asoslangan yondashuvning ilmiy-nazariy kategoriyalar majmuini didaktik loyihalash, bo‘lajak tarix o‘qituvchisining tarixiy voqelikka asoslangan tafakkurini tarixiylik prinsipi ko‘magida prognozlashning ijtimoiy-pedagogik omillar bilan muvofiqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “60110100 - Pedagogika” ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 9-aprelda 02/01-01-120 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, “ijodiy va kreativ o‘quv topshiriqlari” uchun kompetentlilikka asoslangan yondashuv, ilmiy-nazariy kategoriyalar majmui va bo‘lajak tarix o‘qituvchisining tarixiy voqelikka asoslangan tafakkurini tarixiylik prinsipi ko‘magida prognozlashning ijtimoiy-pedagogik omillar bilan muvofiqlashtirilgan.
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda ijodiy va kreativ topshiriqalardan foydalanish modeli “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitishning metodik strukturasini produktiv barqarorligini ta’minlovchi innovasion xarakterdagi mualliflik ishlanmalarini tarixiy qiyoslashning empirik komponentlariga bog‘liqligini asoslashga doir tavsiyalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-542-sonli “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediali kompleksni yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 28-martdagi 04/11-4175-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «O‘zbekiston tarixi» darslarida foydalaniladigan ijodiy topshiriqlarni integratsiya qiluvchi model o‘qitishning metodik strukturasini produktiv barqarorligini ta’minlovchi innovasion xarakterdagi mualliflik ishlanmalarini tarixiy qiyoslashning empirik komponentlariga bog‘liqligini asoslangan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilari uchun kognitiv darajalar bo‘yicha tasniflangan ijodiy topshiriqlar majmui, pedagogik jarayonlarda talabalarning tarixiy bilimlarni ongli tasavvurda interpritatsiya qilish orqali tarixiy jarayon va voqeliklarni diaxron va sinxron kontekstda refleksiv baholash orqali erkin, zaruriy va majburiy tarzda darajalash asosida takomillashtirish, ijodiy va kreativ o‘quv topshiriqlaridan foydalanish metodikasining samaradorligi pedagogik eksperiment va psixometrik yondashuv asosida kompleks tahlil qilishda talabalarning individual va guruhli ijodiy faoliyat imkoniyatlari tarixiy dalillarni tanlash hisobiga tarixiy kategoriyalarni izohlash va mavzuga oid ma’lumotlarni sintezlash, “sabab-oqibat”, “induksiya-deduksiya” tamoyillariga ko‘ra baholash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-542-sonli “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediali kompleksni yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydanildi (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 28-martdagi 04/11-4175-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv darajalar bo‘yicha tasniflangan ijodiy topshiriqlar majmui, pedagogik jarayonlarda talabalarning tarixiy bilimlarni ongli tasavvurda interpritatsiya qilish orqali tarixiy jarayon va voqeliklarni diaxron va sinxron kontekstda refleksiv baholash orqali erkin, zaruriy va majburiy tarzda darajalangan hamda pedagogik eksperiment va psixometrik yondashuv asosida kompleks tahlil qilingan.