Igamberdieva Aziza Abdurashitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “6-7 yoshdagi bolalarning tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.08– Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD /Ped7306
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Djanpeisova Gauxar Erkinovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimova Gulsanam Ne’matovna p.f.d. (DSc), professor; Kushakova Gulnora Egamkulovna p.f.d. (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 6-7 yoshdagi bolalarning tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
6-7 yosh bolalarning tadqiqiy-tajriba faoliyati metodikasi bolalar tomonidan mustaqil bajariladigan muayyan loyihaga asoslangan “Evrika” laboratoriyasi, susambil issiqxonasi, ko‘k terak landshafti,  bog‘dorchilik kabi tadqiqot maydonchalarida pedagogik diffuziya dinamikligini rivojlanish sohalar kesimiga integrativ inkorporatsiyalash asosida aniqlangan;
tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirishning pedagogik modeli bolalarning mustaqil faoliyatiga yo‘naltirilgan, yil kesimiga ko‘ra tadqiqot klassifikatsiyasini  mantiqan mazmunli uyg‘unlashtirishga qaratilgan “Animatsion” tadqiqiy-tajriba kompleksini kiritish asosida takomillashtirilgan; 
bolalarning tadqiqiy-tajriba malakalarini rivojlantirishda optimallashtirilgan jihoz va didaktik materiallar, ko‘z va barmoqlar ritmikasi, xavfsizlik yo‘riqnomalari, refleksiv ish varoqlari, jarayonli mnemojadval davomiyligini tizimli adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
bolalarning tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirishda taqsimlangan tadqiqot  klassifikatsiyasiga asoslangan (jonli, jonsiz va inson qo‘li bilan yaratilgan resurslar)  hamda maqsadli ranglar arifmetikasi, tajribaga oid tasviriy boshqotirmalar, kreativ rebuslarni  mustaqil echishdagi natijalar motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv baholash ish varoqlari metodikasini  kengaytirish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 6-7 yosh bolalarning tadqiqiy-tajriba faoliyati metodikasi bolalar tomonidan mustaqil bajariladigan muayyan loyihaga asoslangan “Evrika” laboratoriyasi, susambil issiqxonasi, ko‘k terak landshafti,  bog‘dorchilik kabi tadqiqot maydonchalarida pedagogik diffuziya dinamikligini rivojlanish sohalar kesimiga integrativ inkorporatsiyalash bo‘yicha takliflar  “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil, 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0620 guvohnoma); Natijada 6-7 yoshli bolalarning tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirish jarayonini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirishning pedagogik modeli bolalarning mustaqil faoliyatiga yo‘naltirilgan, yil kesimiga ko‘ra tadqiqot klassifikatsiyasini  mantiqan mazmunli uyg‘unlashtirishga qaratilgan “Animatsion” tadqiqiy-tajriba kompleksini kiritish bo‘yicha takliflar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil, 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0620 guvohnoma); Natijada 6-7 yoshli bolalarning tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishda pedagogik-shart sharoitlarni optimallashtirishga xizmat qilgan;
bolalarning tadqiqiy-tajriba malakalarini rivojlantirishda optimallashtirilgan jihoz va didaktik materiallar, ko‘z va barmoqlar ritmikasi, xavfsizlik yo‘riqnomalari, refleksiv ish varoqlari, jarayonli mnemojadval davomiyligini tizimli adaptivlashtirish yuzasidan tavsiyalar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil, 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0620 guvohnoma); Natijada 6-7 yoshli bolalarning tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishda faoliyatni rivojlantirishga xizmat qilgan;
bolalarning tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirishda taqsimlangan tadqiqot  klassifikatsiyasiga asoslangan (jonli, jonsiz va inson qo‘li bilan yaratilgan resurslar)  hamda maqsadli ranglar arifmetikasi, tajribaga oid tasviriy boshqotirmalar, kreativ rebuslarni  mustaqil echishdagi natijalar motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv baholash ish varoqlari metodikasini  kengaytirish bo‘yicha fikrlar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil, 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0620 guvohnoma); Natijada 6-7 yoshli bolalarning tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishda shaxsga yo‘naltirilgan, integratsion, refleksiv, faoliyatli yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish