Abduvohidov Behzodning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish”, 08.00.15 “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4818.
Ilmiy rahbari: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagagika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Qorieva Yoqutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Yusupov Ravshan Aminbaevich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ishbilarmon tadbirkorlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tadbirkorlik faoliyatini huquqiy, tizimli va innovatsion tarzda boshqarish, yangi imkoniyatlar yaratish, risklarni baholash, tashkiliy, iqtisodiy va tarixiy ixtisoslashuv doirasidagi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish asosida aholi bandligi va daromadini oshirishga yo‘naltirilgan, o‘z ichiga ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan mexanizm hamda ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida takomillashtirilgan;
mazmuni jihatdan samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ishbilarmon tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini baholash uslubi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini aks ettiruvchi faoliyati samaradorligini “xatarli” (0 < FSX ≤ 59), “maqbul” (60 ≤ FSM ≤ 69), “o‘rta” (70 ≤ FSO‘ ≤ 89), “yuqori” (90 ≤ FSM ≤ 100) chegaralarida baholash shkalasini kiritish orqali takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ishbilarmon tadbirkorlik muhitini muhofazalash funksiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni muhit maydonida bo‘lgan obektni tashqi va ichki funksiyasini salbiy ta’sirlardan himoyalash jihatidan, turli huquqiy kafolatlarning o‘rnatilishi, korxonalarning moliyaviy nochor holatga tushib qolishining oldini olish, siyosiy jarayonlarning turli ehtimoliy ta’sirlariga yo‘l qo‘ymaslik, uni turli iqtisodiy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan maxsus komissiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot va tarmoqlardagi ulushini aniqlashda ARIMA modelidan foydalanish asosida kichik tadbirkorlik subektlarining jami bandlikdagi ulushi dinamikasining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlik muhit shakllari uslublaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ishbilarmon tadbirkorlik” tushunchasining iqtisodiy mazmunini tadbirkorlik faoliyatini huquqiy, tizimli va innovatsion tarzda boshqarish, yangi imkoniyatlar yaratish, risklarni baholash, tashkiliy, iqtisodiy va tarixiy ixtisoslashuv doirasidagi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish asosida aholi bandligi va daromadini oshirishga yo‘naltirilgan, o‘z ichiga ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan mexanizm hamda ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Ekonomicheskaya teoriya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 20-oktyabrdagi 441-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda aholi bandligi va daromadini oshirishga yo‘naltirilgan, o‘z ichiga ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan mexanizm hamda ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida takomillashtirilgan “ishbilarmon tadbirkorlik” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
mazmuni jihatdan samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ishbilarmon tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini baholash uslubi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini aks ettiruvchi faoliyati samaradorligini “xatarli” (0 < FSX ≤ 59), “maqbul” (60 ≤ FSM ≤ 69), “o‘rta” (70 ≤ FSO‘ ≤ 89), “yuqori” (90 ≤ FSM ≤ 100) chegaralarida baholash shkalasini kiritish orqali takomillashtirish taklifidan “Sho‘rchi don mahsulotlari” AJda korxona samaradorlik ko‘rsatkichlari takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025 yil 30 apreldagi 06/02/03-216-sonli hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 2-maydagi 04-07-27-4806-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishbilarmon tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini baholash uslubining baholash shkalasining aniqligini oshirish imkoni yaratilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ishbilarmon tadbirkorlik muhitini muhofazalash funksiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni muhit maydonida bo‘lgan obektni tashqi va ichki funksiyasini salbiy ta’sirlardan himoyalash jihatidan, turli huquqiy kafolatlarning o‘rnatilishi, korxonalarning moliyaviy nochor holatga tushib qolishining oldini olish, siyosiy jarayonlarning turli ehtimoliy ta’sirlariga yo‘l qo‘ymaslik, uni turli iqtisodiy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan maxsus komissiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Ekonomicheskaya teoriya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 20-oktyabrdagi 441-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda turli iqtisodiy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan maxsus komissiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirilgan “ishbilarmon tadbirkorlik muhitini muhofazalash funksiyasi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot va tarmoqlardagi ulushini aniqlashda ARIMA modelidan foydalanish asosida kichik tadbirkorlik subektlarining jami bandlikdagi ulushi dinamikasining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025 yil 30 apreldagi 06/02/03-216-sonli hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 2-maydagi 04-07-27-4806-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot va tarmoqlardagi hamda kichik tadbirkorlik subektlarining jami bandlikdagi ulushi bo‘yicha istiqbol ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.