Xakimov Adxambek Axmadjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hokimiyat uchun kurash, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1473
Ilmiy rahbar: Usmonov Baxriddin Axmedovich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Sherzodxon Yunusovich – tarix fanlari doktori, Fayziev Xurshid Turgunovich – tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIV asrning 50–60-yillardagi Movarounnahrda kechgan siyosiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalari va unga ta’sir etgan omillarni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Xonsizlik davri tushunchasi muomulaga kiritilib, 1359-1360-yillarda hokimiyatni egallagan amir Bayon Sulduz tomonidan Movarounnahr taxtiga biror bir xonning chiqarilmaganligi mamlakatdagi bek va amirlarning mustaqil faoliyat olib borishiga, mayda bekliklarning tashkil topishiga bahona bo‘lganligi dalillangan;
1360-yili Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temurxon Movarounnahrga bostirib kirganida mamlakatdagi yetakchi amirlar uch guruhga bo‘linib (birinchi guruh amirlari Tug‘luq Temurxonga taslim bo‘lib, uning qo‘shinlari safiga qo‘shilganligi, ikkkinchi guruh amirlari mamlakatni tark etganligi, uchinchi guruh, ular asosan janubiy hududlar amirlari bo‘lib vaziyatni kuzatish bilan cheklanganligi) harakat qilganliklari asoslangan;
Amir Husayn o‘z siyosatida mahalliy beklarning manfaatlarini hisobga olmaganligi, ularga nisbatan ishonchsizlik bilan qatag‘on siyosatini yuritganligi uning siyosiy nufuzini tushirib yuborganligi ochib berilgan;
1368-yili Amir Husayn va Amir Temur o‘rtasida tuzilgan Kumushkent sulhi ilk bora o‘rganilib, bu sulh natijalari Amir Temurni Movarounnahrdagi mavqeyini mustahkamlashda muhim ro‘l o‘ynaganligi, Amir Temur kuch-qudratini rasman tan olinishining ifodasi bo‘lib xizmat qilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIV asrning 60-yillardagi Movarounnahrda yuz bergan siyosiy jarayonlar tahlilini tadqiq etish boʻyicha qoʻlga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XIV asrning 60-yillardagi Movarounnahrda yuz bergan siyosiy jarayonlarni yozma manbalardagi ma’lumotlarni qiyosiy tahlil etish orqali aniqlik kiritilib, xonsizlik davri tushunchasi muomalaga kiritilganligi, 1359-1360-yillarda hokimiyatni egallagan amir Bayon Sulduz tomonidan Movarounnahr taxtiga biror bir xonning chiqarilmaganligi mamlakatning mayda bekliklarga bo‘linib ketishiga yo‘l ochib berilganligiga doir ilmiy natijalardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 5-maydagi 04-05/1739-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu materiallar muzeyning “Tarix” bo‘limi fondini boyitishga, muzeyning o‘lka tarixiga oid manbalarini ilmiylik va ishonchlilik jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan.
XIV asrning 60-yillardagi Movarounnahrga Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temurxon Movarounnahrga bostirib kirganida mamlakatdagi yetakchi amirlar uch guruhga bo‘linib (birinchi guruh amirlari Tug‘luq Temurxonga taslim bo‘lib, uning qo‘shinlari safiga qo‘shilganligi, ikkkinchi guruh amirlari mamlakatni tark etganligi, uchinchi guruh, ular asosan janubiy hududlar amirlari bo‘lib vaziyatni kuzatish bilan cheklanganligi) harakat qilganliklariga doir ilmiy natijalardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 5-maydagi 04-05/1739-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga tashrif buyuruvchilarning davlatchilik tarixi bo‘icha bilim va tasavvurlarini yanada boyitilishiga xizmat qilgan;
XIV asr 60-yillarida Movarounnahrda bo‘lib o‘tgan voqea hodisalar jumladan: Loy jangidagi Movorounnahr qo‘shinlarining mag‘lubiyati, mo‘g‘ullarning to‘qnashuvdagi hiylalari, Amir Husayn o‘z siyosatida mahalliy beklarning manfaatlarini hisobga olmasdan ularga nisbatan ishonchsizlik bilan qatag‘on siyosatini yuritganligi uning siyosiy nufuzini tushirib yuborishiga doir ilmiy materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 6-maydagi 01-30/299-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning XIV asr 60-yillarida Movarounnahrda kechgan tarixiy jarayonlarga oid ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
XIV asrning 60-yillar oxirida Sohibqiron hikimiyatga kelishi arafasida ya’ni 1368-yili Amir Husayn va Amir Temur o‘rtasida tuzilgan Kumushkent sulhi o‘rganilib Amir Temurning Movarounnahrdagi mavqeyini mustahkamlashda muhim ro‘l o‘ynaganligi, Amir Temur kuch-qudratini rasman tan olinishining ifodasi ekanligiga doir ilmiy materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining “Buyuk tarix” ko‘rsatuvi senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 6-maydagi 01-30/299-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning XIV asr 60-yillarida Movarounnahrda kechgan tarixiy jarayonlarga oid bilim va tasavvurlarinin yanada boyitilishiga va vatanparvarlik his-tuyg‘ularini ortishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish