Majidov Sodiqjon Sadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ijtimoiy ziddiyatlar va ularning ijtimoiy falsafiy talqini” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.2.PhD/Fal980
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtasinovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlari doktori(DSc) professor, Yuldashev Serobjon Urmonalievich falsafa fanlari doktori(DSc) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy ziddiyatlarni dialektik xarakteri va oldini oilish mexanizmlarining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda ijtimoiy yoki madaniy nomuvofiqliklar ziddiyatni konstruktiv (adekvat idrok, samimiylik, samaradorlik, xolislik, o‘zaro ishonch) tamoyillariga bogʻliqligi sababli, sotsiumda vertikal (yuqori va quyi sinf o‘rtasidagi), gorizontal (bir maqom o‘rtasidagi) ziddiyatlarning rivojlanish traektoriyasini strategik baholashda madaniy (til, din, turmush tarzi) xususiyatlar falsafiy asoslangan;
ijtimoiy ziddiyat obektlari va subektlarining ajralmas atributlari, jamiyatda konfliktogen omillari tartib va tartibliksiz diterminanti sifatida o‘zini o‘zi tashkil etishining sinergetik omili ekanligi ochib berilgan;
jamiyatda inklyuziv boshqaruvni ragʻbatlantirish, ziddiyat tipologiyasiga ratsional munosabatni shakllantirib, jamiyatda konstruktiv xulq-atvorning birlamchi ko‘nikmalarini mustahkamlashi orqali, chiziqli (ochiqlik, dinamiklik, o‘z-o‘zini tashkil qilish) ijtimoiy integratsiyani keltirib chiqarishi aniqlangan;
globallashuv sharoitida ijtimoiy ziddiyatning strukturaviy, proksimal sabablarini aniqlash, jamiyatda suboptimal va disfunksional ziddiyatlarni oldini olib, ijtimoiy munosabatlarda sotsial kataklizmlarni oqilona hal etishning konstruktiv (xolislik, ishonch, samimiylik, qat’iylik) omillari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy ziddiyatlarni kelib chiqishini oldini olish, ularni bartaraf etishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatda ijtimoiy yoki madaniy nomuvofiqliklar ziddiyatni konstruktiv (adekvat idrok, samimiylik, samaradorlik, xolislik, o‘zaro ishonch) tamoyillariga bogʻliqligi sababli, sotsiumda vertikal (yuqori va quyi sinf o‘rtasidagi), gorizontal (bir maqom o‘rtasidagi) ziddiyatlarning rivojlanish traektoriyasini strategik baholashda madaniy (til, din, turmush tarzi) xususiyatlarni roliga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarining 2024 yil yanvar-iyun oylaridagi senariylarini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 10 iyuldagi 04-36-825-son dalolatnomasi). Natijada, bugungi kunda ijtimoiy ziddiyatlarni kelib chiqishi sohasida zamonaviy gumanitar bilimlarning asosiy muammosi bo‘lgan insoniy muloqot hodisasini ochib berishga xizmat qilgan;
ijtimoiy ziddiyat obektlari va subektlarining ajralmas atributlari, jamiyatda konfliktogen omillari tartib va tartibliksiz diterminanti sifatida o‘zini o‘zi tashkil etishining sinergetik omillarini aniqlashga doir xulosa va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023- yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika ma’naviyat vaa ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan vaa ma’rifat targ‘iboti” 15-bandi “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat vaa ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 7-avgustdagi 321/1-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda ijtimoiy ziddiyatlar va ularning ijtimoiy falsafiy talqin qilishga xizmat qilgan.
jamiyatda inklyuziv boshqaruvni ragʻbatlantirish, ziddiyat tipologiyasiga ratsional munosabatni shakllantirib, jamiyatda konstruktiv xulq-atvorning birlamchi ko‘nikmalarini mustahkamlashi orqali, chiziqli (ochiqlik, dinamiklik, o‘z-o‘zini tashkil qilish) ijtimoiy integratsiyani keltirib chiqarishiga taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarining 2024 yil yanvar-iyun oylaridagi senariylarini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 10 iyuldagi 04-36-825-son dalolatnomasi). Natijada, bugungi kunda ijtimoiy ziddiyatlarni kelib chiqishi sohasida zamonaviy gumanitar bilimlarning asosiy muammosi bo‘lgan insoniy muloqot hodisasini ochib berishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida ijtimoiy ziddiyatning strukturaviy, proksimal sabablarini aniqlash, jamiyatda suboptimal va disfunksional ziddiyatlarni oldini olib, ijtimoiy munosabatlarda sotsial kataklizmlarni oqilona hal etishning konstruktiv (xolislik, ishonch, samimiylik, qat’iylik) omillari ochib berishga oid xulosa va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023- yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika ma’naviyat vaa ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan vaa ma’rifat targ‘iboti” 15-bandi “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat vaa ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 7-avgustdagi 321/1-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda ijtimoiy ziddiyatlar va ularning ijtimoiy falsafiy talqin qilishga xizmat qilgan.