Qutlimuratova Nigora Masharipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Ona va bola salomatligi muhofazasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining nazariy-empirik tahlili» 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqotlar usullari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/S122 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.29.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmuradov Mansur Bobomuradovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor 
Rasmiy opponentlar: siyosiy fanlar doktori, professor Aktam Jalilov, sotsiologiya fanlari doktori (DSc) Mavlyuda G‘afforova.
Yetakchi tashkilot: «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ona va bola salomatligi muhofazasini taminlashda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini nazariy va empirik takomillashtirishga doir konseptual yondashuvlar va ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ona va bola salomatligini muhofazalash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tayyorlangan hamda davlatning etatik va fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy hamkorligini faollashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ona va bola salomatligini muhofazalashda davlat tashkilotlari, xususan tibbiyot hamda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini  hamkorlik negizida  takomillashtirish, o‘zaro uyg‘un harakatlanish mexanizmi ishlab chiqilgan;
ona va bola salomatligini tizimli muhofazalashda mahallabay yondashishni yo‘lga qo‘yish,  fuqarolarning o‘z salomatligiga previntiv munosabatni shakllantirish,  mazmunli va uzoq umr ko‘rishni ilmiy prognozlash, oilada sog‘lom farzandlar tug‘ilishi va tarbiyasi uchun ota-onalarda yuksak ma’naviyat tarbiyalashga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirish negizida gender tenglik muhitini yaratish konsepsiyasi ishlab chiqilgan hamda ana shu eksperimental konsepsiya mazkur faoliyatga inklyuzib yondashish maqsadida  “Gender”-“sog‘lom ona”-“sog‘lom bola” markazi faoliyatiga tadbiq etilgan.IV.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasida ona va bola salomatligini ta’minlashda davlat va fuqarolik jamiyati institutlar hamkorligi hamda mahallabay ishlashning ijtimoiy ahamiyati asoslandi. Shuningdek, yuqoridagi takliflar asosida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan mazkur masalaga tegishli bir qator uslubiy qo‘llanmalar jumladan, dastur, flaer, tarqatma va targ‘ibot materiallarini ishlab chiqishda o‘z samarasini bergan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2024 yil 7 oktyabrdagi 04-03-04/341-sonli dalolatnomasi). 
Onalar va bolalar salomatligini samarali muhofaza qilish maqsadida bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy hamkorligini yo‘lga qo‘yishning nazariy–empirik jihatlari asoslandi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2024 yil 9 sentyabrdagi 04/09-10-15-sonli dalolatnomasi). Natijada, Bolalar ombudsmanini saylash tartibi, vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatining asosiy jihatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartib-taomillari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yishga imkon berdi;
ona va bola salomatligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlari va sog‘liqni saqlash tashkilotlari faoliyatini integrativ takomillashtirish, o‘zaro uyg‘un faoliyatni yo‘lga qo‘yishning innovatsion modeli ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining 2024 yil 18 oktyabrdagi 06-08-45-sonli dalolatnomasi). Natijada, ona va bola salomatligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlari va sog‘liqni saqlash tashkilotlari faoliyatini integrativ takomillashtirish, o‘zaro uyg‘un faoliyatni yo‘lga qo‘yishning innovatsion modeli yo‘lga qo‘yish imkoni yaratildi;
fuqarolik jamiyati instituti faoliyati negizida gender tenglik muhitini yaratish hamda ana shu imkoniyatni ona va bola salomatligini muhofazalashga ixtisoslashgan “Gender-sog‘lom ona-sog‘lom bola” markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining 2025 yil 20 oktyabrdagi 06-08-64-sonli dalolatnomasi). Natijada, fuqarolik jamiyati instituti faoliyati negizida gender tenglik muhitini yaratish hamda ana shu imkoniyatni ona va bola salomatligini muhofazalashga ixtisoslashgan “Gender-sog‘lom ona-sog‘lom bola” markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish