Ibragimov Salohiddin Ochilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish”, 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4888.
Ilmiy rahbari: Turdiev Abdullo Sagdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.26/12.02.2025.I.11.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Buriev Xakim Toshimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Raxmatova Ma’suda Gaybullaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tarmoqda ekologik izni minimal darajaga tushirishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarish faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini resurslardan optimal foydalanish darajasi, texnologiyalarning ishlab chiqarishga ta’siri, ekologik barqarorlik kabi jamlanma integral indekslar orqali baholash normallashtirilgan qiymat olish imkonini vazn koeffisientlarini [RE(α)= 0,3; TE(β)= 0,25; EE(γ) = 0,2; ECEδ= 0,25] kiritish asosida takomillashtirilgan;
qurilish materiallari sanoatida klaster modelining iqtisodiy samaradorligi “klastersiz ishlab chiqarish/klaster doirasida ishlab chiqarish” munosabatida xomashyo xarajatlari (100%/85%), raqobatbardoshlik indeksi (70%/95%), innovatsiyalar joriy etilishi (50%/80%), eksport hajmi (100%/130%) bo‘yicha tegishli nisbatlari orqali asoslangan;
O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligiga mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha xom ashyo xarajatlari hamda texnologik va resurslardan oqilona foydalanishning ta’sirini inobatga oluvchi ko‘p omilli regressiya modeli asosida ishlab chiqarish hajmining 2030 yilgacha passiv va aktiv ssenariylari bo‘yicha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini tarmoqda ekologik izni minimal darajaga tushirishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarish faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma va “Qurilish materiallari korxonalarining iqtisodiyoti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-sonli hamda 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tarmoqda ekologik izni minimal darajaga tushirishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarish faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirilgan “qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini resurslardan optimal foydalanish darajasi, texnologiyalarning ishlab chiqarishga ta’siri, ekologik barqarorlik kabi jamlanma integral indekslar orqali baholash normallashtirilgan qiymat olish imkonini vazn koeffisientlarini [RE(α)= 0,3; TE(β) = 0,25; EE(γ) = 0,2; ECEδ = 0,25] kiritish taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi “Kitob temir-beton buyumlari” MChJ faoliyatida foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 02/15-3374-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi “Kitob temirbeton buyumlari” MChJning iqtisodiy samaradorligi integral ko‘rsatkichining pasayishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash, resurslardan optimal foydalanish, texnologik modernizatsiyalash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi barcha iqtisodiy samaradorlik indekslarini hisoblangan koeffisientlari indekslarning o‘zgarish sabablarini aniqlash imkonini bergan;
qurilish materiallari sanoatida klaster modelining iqtisodiy samaradorligi “klastersiz ishlab chiqarish/klaster doirasida ishlab chiqarish” munosabatida xomashyo xarajatlari (100%/85%), raqobatbardoshlik indeksi (70%/95%), innovatsiyalar joriy etilishi (50%/80%), eksport hajmi (100%/130%) bo‘yicha tegishli nisbatlari orqali asoslash taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 02/15-3374-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida klaster doirasidagi barcha tarkibiy qismlar – resurslar, innovatsion salohiyat, kadrlar va boshqaruv tizimlari yagona platformada uyg‘unlashib, ishtirokchilarning imkoniyatlarini maksimal darajada birlashtirish, o‘zaro hamkorlikda innovatsion va samarali amaliy mexanizmlar shakllanishiga zamin yaratilgan;
O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligiga mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha xom ashyo xarajatlari hamda texnologik va resurslardan oqilona foydalanishning ta’sirini inobatga oluvchi ko‘p omilli regressiya modeli asosida ishlab chiqarish hajmining 2030 yilgacha ishlab chiqilgan passiv va aktiv ssenariylari bo‘yicha prognoz qiymatlari “Kitob temir-beton buyumlari” MChJ hamda «Gissar technopark» MChJ faoliyatida foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 02/15-3374-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Kitob temir-beton buyumlari” MChJ hamda «Gissar technopark» MChJlarning 2030 yilgacha bo‘lgan sof foyda xajmini rejalashtirish va mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlarni aniqlash hamda korxonalarning istiqboldagi iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash imkoni yaratilib, ushbu korxonalarning sof foyda ko‘rsatkichi 2030 yilga kelib 2025 yilga nisbatan mos ravishda 10-12 foizga oshishi kutilmoqda.