Musoeva Lobar Sayfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ko‘pkori milliy ot sporti o‘yini uchun maxsus kiyim ratsional konstruksiyasi va samarali texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.06.04 – Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4486.
Ilmiy rahbar: Pulatova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar:  Muminova Umida Toxtasinovna, texnika fanlari doktori, professor; Sharipova Saodat Islomovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  ko‘pkori milliy ot sporti  o‘yini chavandozlari uchun yuqori gigienik, ergonomik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlarga ega sport uslubidagi maxsus kiyim ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ko‘pkori milliy ot sporti chavandozlari uchun  sport uslubidagi maxsus kiyim materiali va konstruksiyasiga mos ravishda, chavandozlar tana harakati erkinligini ta’minlovchi old va orqa bo‘lak funksional-konstruktiv bo‘linmalari, jumladan, shim o‘tirish chizig‘i hamda yoqa va eng o‘miz kengligiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilgan; 
birinchi marotaba chavandozlar tana harakatlarining erkinligini ta’minlaydigan, yuqori gigienik va ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan  ko‘pkori milliy ot sporti chavandozlari sport uslubidagi maxsus kiyimning ratsional konstruksiyasi ergonomik loyihalash tamoyillari asosida ishlab chiqilgan;
ko’pkori milliy ot sporti kiyimini orqa elka kengligi, ko’krak aylanasiga beriladigan qo’shimcha haqlar qiymati, renglan bichimli engning qiyalik burchagi kabi konstruktiv parametrlarning tashqi dinamik mosligiga bog‘liqligining regressiya tenglamalari va matematik modellari ishlab chiqilgan hamda ular asosida elka yuqori nuqtasidan bilak aylanasigacha bo‘lgan masofa – 85 sm,  reglan bichimli engning ostki choki va kiyimning yon choki o‘rtasidagi burchak – 100o, ko‘krak aylanasiga beriladigan qo‘shimcha haq–13 sm ga tengligi aniqlangan; 
ilk marotaba ko‘pkori milliy ot sporti chavandozlari uchun sport uslubidagi maxsus kiyimning havo o‘tkazuvchanligi, gigroskopikligi, issiqlikni saqlashi va choklar mustahkamligining paket qalinligiga bog‘liqligini ifodalovchi matematik modeli yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘pkori milliy ot sporti o‘yini chavandozlari uchun sport uslubidagi maxsus kiyimni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbekiston respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunasiga patenti olingan (№SAP 2686, 31.07.2024y. “Ko‘pkori milliy ot sporti o‘yini chavandozlari uchun maxsus kiyim to‘plami”) Natijada chavandozlarning tana harakatlari erkinligini ta’minlaydigan maxsus kiyimning gigienik xususiyatlari oshirilgan, ergonomik nuqtai nazaridan qulaylik yaratilgan; 
taklif etilayotgan ko‘pkori milliy ot sporti chavandozlari  uchun sport uslubidagi maxsus kiyimni yangi komplektlari va ularning konstruktorlik-texnik hujjatlari paketi  “Bukhara Cotton Textile” MChJ, “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MChJ, “Al-Hakim Plus” MChJ tikuvchilik korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 7 apreldagi 03/25-757 sonli ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolardan foydalanish, ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish asosida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga nisbatan mehnat unumdorligi 11,75 % ga oshishiga erishilgan va ko‘pkori milliy ot sporti o‘yini chavandozlari sifatli, ergonomik jihatdan qulay hamda arzon maxsus kiyim bilan ta’minlangan;
ko‘pkori milliy ot sporti o‘yini chavandozlari uchun ishlab chiqilgan  maxsus kiyimlar  aprobatsiyasi va tadbiq etilishi “Bukhara Cotton Textile” MChJ, “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MChJ, “Al-Hakim Plus” MChJ hamda Buxoro viloyati sport boshqarmalarida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 7 apreldagi 03/25-757 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘pkori milliy ot sporti o‘yini chavandozlari maxsus kiyimi uchun material tanlashning asoslanganligi, ilk marotaba chavandozlar uchun qulay maxsus kiyim konstruksiyasi ishlab chiqilganligi, maxsus kiyimning sifati yaxshilanganligi hisobiga uning  ishonchliligi va  ekspluatatsiyalash davri 6 oydan 12 oyga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish