Raximov Yunus Sunnat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
    

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zapoya maydalaydigan qurilma ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3991
Ilmiy rahbar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Baltaniyazov Adilbay Sarsenbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kam energiya sarflyagan holda g‘o‘zapoyani maydalab dalaga sochish qurilmasini ishlab chiqish va uning ishchi qismi parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
pushtadagi g‘o‘zapoyalarni kovlab olmasdan, ularni joyida maydalab, dala yuzasiga sochadigan qurilmaning texnologik ish jarayoni asoslangan va konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan sim arqonli baraban parametrlarining o‘zgarish chegaralari ularning g‘o‘zapoya bilan ta’sirlashish jarayonlarini ifodalaydigan matematik modellar va analitik ifodalar asosida aniqlangan;
simli arqon g‘o‘zapoya bo‘lagi bilan to‘qnashib, u g‘o‘zapoyaga botishni boshlash jarayonida ularning o‘zaro ta’sirlashishini tahlil etish asosida simli arqonning erkin holatdagi g‘o‘zapoya bo‘lagini to‘liq kesishni ta’minlaydigan tezligi g‘o‘zapoyaning diametri, namligi va maksimal qirqish kuchiga bog‘liq holda aniqlangan;
simli arqon va baraban parametrlarining maqbul qiymatlari ish sifati va energiyaning kam sarflanishini belgilaydigan  regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: G‘o‘zapoyani maydalash qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zapoyalarni maydalash va dalaga sochish agregatiga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/04-04-225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zapoyalarni maydalaydigan sim arqonli barabanga ega maydalagichning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniga ega bo‘lingan.
g‘o‘zapoyalarni maydalab dalaga sochish qurilmasi Samarqand va Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil                10-maydagi 05/04-04-225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zapoyalarni maydalashda ish unumi 1,8 martaga oshgan, sarflanadigan umumiy foydalanish xarajatlari 1,45 martaga kamaygan.
g‘o‘zapoyalarni maydalab dalaga sochish agregatining loyiha konstruktorlik hujjatlari “Agrixim” MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/04-04-225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zapoyalarni maydalab dalaga sochish qurilmasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish