Raximov Hursand Madraxim o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqni ekishga tayyorlaydigan tekislagich ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T5437
Ilmiy rahbar: Sadriddinov Azmuddin, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Xalilov Mirkomil Mirzatolibovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
        Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi  Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi.
        Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuproqni ekishga tayyorlaydigan tekislagich ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash yo‘li bilan tuproqni ekishga tayyorlashda ish sifati va unumini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
erlarni tekislashda agregatning daladan dalaga o‘tishdagi mobilligini va tekislash jarayonida erga beradigan bosimini oshirish uchun ko‘tarilib-tushadigan g‘ildiraklar bilan jihozlangan hamda tekislagich sirtlari ikki yon tomonga burchak ostida joylashtirilgan tekislagichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
tekislagich yon tomonlarining ochilish burchagi uning yon tekislagichlari ta’siri ostida tuproq bo‘laklarining bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda surilishini ta’minlanishi shartidan asoslangan;
tekislagich ishchi qismlarining parametrlari va parametrlarning o‘zgarish chegaralari hamda tekislagichning traktor bilan bog‘lanish sxemasi tuproqning fizik-mexanik xossalari, ta’sir etuvchi kuchlar va harakat tezligini hisobga olgan holda aniqlangan;
tekislagich parametrlarining maqbul qiymatlari hamda agregat harakat tezligi ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda yechish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
“Tuproqni ekishga tayyorlaydigan tekislagich ishlab chiqish va parametrlarini asoslash:
tuproqni ekishga tayyorlash uchun taklif etilayotgan tekislagichga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Ekishdan oldin tuproqqa birlashtirilgan ishlov berish mashinasi”, FAP 01720 – 17.03.2020 y.). Natijada mobilligi yuqori hamda energiya-resurstejamkor tekislagich agregati konstruksiyasini yaratish imkoniga ega bo‘lingan;
tuproqni ekishga tayyorlash texnologik jarayonlari bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar hamda tuproqni ekishga tayyorlaydigan tekislagichning konstruksiyasini loyihalash va ishlab chiqarish uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/04-04-268-son ma’lumotnomasi). Natijada yerlarni ekishga sifatli tayyorlaydigan tekislagich konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan tekislagichning tajriba nusxasi Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi fermer xo‘jaligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/04-04-268-son ma’lumotnomasi). Natijada yerlarni ekishga tayyorlashda foydalanishdagi xarajatlar 17 foizga, mehnat sarfi 15 foizga kamaygan;
ishlab chiqilgan tekislagichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “Texnolog” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“Texnolog” AJ ning 2023-yil 5-fevraldagi №01-06/217 son ma’lumotnomasi). Natijada tekislagichni sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan va 6 donasi tayyorlanib, ishlab chiqarishga joriy qilingan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish