Xamidov Tursunali Olimjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kengaytirilgan gravitatsiya nazariyalarida qora o‘ralar atrofidagi astrofizik jarayonlar”, 01.04.02-Nazariy fizika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/FM1327.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Ilg‘or tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/07.07.2025.FM/T.192.01 raqamli Ilmiy kengash
Ilmiy rahbar: f.-m.f.d. S. R. Shaymatov 
Rasmiy opponentlar: f.-m.f.d., prof. A. Abdujabbarov (Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti), f.-m.f.b. PhD. A. Xugaev (“Yangi O‘zbekiston” universiteti)
Yetakchi tashkilot: Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi — astrofizik jarayonlar va yuqori aniqlikdagi kuzatuvlar asosida kengaytirilgan gravitatsiya nazariyalarida qora tuynuk parametrlari uchun nazariy cheklovlar olish asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Birinchi marta, kvant tuzatilgan qora o‘ra fazo-vaqt echimidagi kvant tuzatish parametri ξ uchun quyidagi cheklovlar aniqlandi: Quyosh tizimi sinovlaridan ξ≤0.01869, Sgr A* atrofidagi S2 yulduzi orbitasi ma’lumotlaridan ξ≤0.73528 va rentgen ikkilik tizimlardagi QPO (Quasi-Periodic Oscillation - Kvazidavriy tebranishlar) kuzatuvlaridan ξ≤2.086.
Birinchi marta, magnit Penrose jarayonining samaradorligi halqa kvant qora o‘ra uchun 19.3 % ga teng ekani ko‘rsatildi (Kerr holatida bu 20.7 %). Shuningdek, magnit Penrose jarayoni samaradorligi Kerr qora o‘rasidagi kabi 100 % dan oshishi mumkinligi aniqlandi.
Birinchi marta, halqa kvant qora o‘raning kvant tuzatma parametri ϵ=0.2 bo‘lganda, M87 qora o‘rasidan uchib chiqqan protonlar energiyasi E_p^M87=1.89×〖10〗^18 " eV"  ga etishi mumkin ekanligi ko‘rsatildi; bu kosmik nurlanish spektrining “to‘piq” (“ankle”) (10¹⁸–10¹⁹ eV) sohasiga to‘g‘ri keladi.
Birinchi marta, KRZ (Konoplya–Rezzolla–Zhidenko) qora o‘rasi uchun magnit Penrose jarayonining samaradorligi Kerr holatiga nisbatan yuqori bo‘lib, η≈23.3% atrofida ekanligi aniqlandi.
Birinchi marta, KRZ qora o‘rasi uchun deformatsiya parametri δ_2=0.2 bo‘lganda, SgrA* qora o‘rasidan uchib chiqqan protonlar energiyasi E_p^(SgrA*)=6.27×〖10〗^15 " eV"  ga etishi mumkinligi ko‘rsatildi; bu kosmik nurlanish spektrining “tizza” (“knee”) sohasiga (10¹⁵–10¹⁶ eV) mos keladi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ushbu dissertatsiyada taqdim etilgan natijalar — ayniqsa, ixcham astrofizik obektlarning energetikasi hamda ularni o‘rab turgan qorong‘u modda halosining ta’siri bilan bog‘liq topilmalar — xalqaro tadqiqotchilar e’tiborini qozongan va yuqori impakt faktorga ega, ilmiy ekspertizadan o‘tgan jurnallarda iqtibos keltirilgan:
(Physics Letters B, Volume 864, article id. 139398 Web-Sc, IF: 4.3, The European Physical Journal C, Volume 85, article number 26, (2025), Web-Sc, IF: 4.2, The European Physical Journal C, Volume 85, article number 725, (2025), Web-Sc, IF: 4.2, The European Physical Journal C, Volume 85, № 726, (2025), Web-Sc, IF: 4.2).
Mazkur ilmiy natijalar Vellore Institute of Technology instituti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan dasturlar doirasida qo‘llanilgan (Dr. Pankaj Sheoran tomonidan taqdim etilgan rasmiy xat asosida).

Yangiliklarga obuna bo‘lish