Fayzieva Sitora Faxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buzoqlar toksik dispepsiyasining etiopatogenezi va profilaktikasi”, 16.00.01 – Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V59
Ilmiy rahbar: Norboev Qurbon Norboevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Mamatov Shavkat Sodiqovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi buzoqlarda toksik dispepsiyaning tarqalishi va etiologiyasini o‘rganish, kasallikga tashxis qo‘yishda ichak mikroflorasining nisbatini aniqlash, davolash hamda profilaktik usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buzoqlarning toksik dispepsiya bilan kasallanishi 7-8 oylik bo‘g‘ozlikdagi sigirlar ratsionlarining fosfor-kalsiy nisbatlarining pastligi hamda oqsilli va energetik jihatdan nomutanosibligi, uvuz sutining kislotalik darajasini pasayishi (24,0±2,6ºT), umumiy oqsil miqdorining kamayishi (21,4±2,0%) bilan bogʻliqligi tadqiqotlarda isbotlangan;
buzoqlarning toksik dispepsiyasi disbakterioz, ichaklarda shartli patogen mikroorganizmlar (escherichia coli, stafilokokk, streptokokk) sonining 4.2±0.2×108 KOEgacha ko‘payishi bilan kechishi aniqlangan;
buzoqlar toksik dispepsiyasini ertachi va differensial tashxislashda “RAPID TEST KIT” COMBO TESTi qo‘llanilgan;
buzoqlarning toksik dispepsiyasi o‘tkir kataral-gemorragik gastroenterokolit, shirdon bo‘shlig‘ida kazein-bezoarlar, taloq atrofiyasi, parenximatoz organlar va miokard to‘qimalarida distrofik o‘zgarishlar kabi  patologoanatomik o‘zgarishlar  bilan kechishi ilmiy asoslangan; 
dispepsiyani profilaktika qilishda buzoqlar tug‘ilganidan 50-60 daqiqa o‘tgach 750 ml uvuz sutiga + 250 ml fiziologik eritma qo‘shib (38-390C) bir kunda 4 marta, vitaminlashtirilgan baliq moyi  uviz sutiga qo‘shib 1- va 2- kunlari 5 mldan, 3-, 4- kunlari 10 ml ichirish, MaxLac/DW probiotigidan tug‘ilgandan 2- kundan boshlab 1 g + 10 litr qaynatib sovutilgan suvda eritilib, har bir buzoqqa 800 ml dan  kuniga 4 mahal 4 kun davomida ichirishga asoslangan usul ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buzoqlar toksik dispepsiyasining etiopatogenezi va profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Bo‘g‘oz sigirlarni oziqlantirish va buzoqlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyanoma” tayyorlangan va tasdiqlangan hamda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining qoramolchilik xo‘jaliklarida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 2 iyundagi 02/23-388-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash natijasida bo‘g‘oz sigirlarda modda almashinuvi buzilishlarini oldini olish va ulardan tug‘ilgan buzoqlarning dispepsiyaga chidamli bo‘lishiga erishilgan;
buzoqlar dispepsiyasini profilaktika qilishda ularga sifatli uvuz sutini berish (750 ml uvuz sutiga + 250 ml fiziologik eritma qo‘shib kuniga 4 marta ichirish), 1 millilitrida 2000 XB vitamin A, 200 XB vitamin D saqlovchi Vitaminlashtirilgan baliq moyi uviz sutiga qo‘shib 5-10 ml, MaxLac/DW probiotigidan tug‘ilgandan 2- kundan boshlab 1 g + 10 l qaynatib sovutilgan suvda eritilib, har bir buzoqqa 800 ml dan 4 mahal har 6 soatda 4 kun davomida ichirishga asoslangan usul ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 2 iyundagi 02/23-388-son ma’lumotnomasi). Natijada buzoqlar dispepsiyasini oldini olish va ularni sog‘lom o‘stirish imkoniyati yaratilgan;
buzoqlarda dispepsiyani davolashning 6 soat davomida och qoldirish, 10 ml/kg (300 ml) Regidratsion tuz-LP eritmasi, MaxLac/DW probiotigi 1 g 4 mahal, 4 kun suvga aralashtirib berish, sun’iy oshqozon shirasi 40 ml + 40 ml fiziologik eritma uvuz sutini berishdan 15 minut oldin berish, uvuz sutini 1/3 qismi (333 ml) + 333 ml iliq fiziologik eritmaga qo‘shib 1 kunda 5 mahal berish, Ringer eritmasidan 250 ml + 5 % askorbinka 5 ml + vitamin B12 1 ml (250 mkg) 2 mahaldan 3 kun vena qon tomiriga infuziya qilishga asoslangan usuli ishlab chiqarishga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 2 iyundagi 02/23-388-son ma’lumotnomasi). Bunda buzoqlar dispepsiyasini davolash samaradorligi yuqori bo‘lib, sarflangan bir so‘m xarajatlar hisobiga 6,46 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish