O‘rinov Haqberdi Sadriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Golshtin zotli sigirlar reproduktiv faoliyatini rag‘batlantirish usullarini takomillashtirish”, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/V145
Ilmiy rahbar: Kuldashev Otamurod Urazovich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Ilyasov Aziz Saidmurodovich, biologiya fanlari doktori, professor; Djumanov Sobirjon Murodovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi golshtin zotli sigirlar reproduktiv faoliyatini susaytiruvchi alimentar omillarning sabablarini o‘rganish va oldini olishda yuqori samara beruvchi usullarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyatining Romitan, Jondor, Qorako‘l tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida tekshirilgan jami 535 bosh sigir va g‘unojinlarning ginekologik kasalliklar 45,4 %, shulardan alimentar bepushtliklar 27,1 % ekanligi aniqlangan;
sigirlarning kunlik ratsionda Marganes 400 mg, yod 10 mg, temir 90 mg, oltingugurt 1 gr, vitamin D 10000 (XB), vitamin E 500 mg ga kamligi bepushtliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
sigirlar qonidagi eritrositlar tajriba boshida (8 oylik bo‘g‘oz) 4,85 mln/mkl, bo‘g‘ozlikning 9- oyida 5,6 mln/mkl, laktatsiyaning 1- oyida 7,0 mln/mkl; bo‘lishi ozuqaviy qo‘shimchalar ta’sirida eritrositlar miqdorining me’yorga kelishini ta’minlanishi aniqlangan;
sigirlar qon zardobidagi ALT va AST fermentlari o‘rganilganda tajriba boshida (8 oylik bo‘g‘oz) 45,7 - 111,4 u/l, bo‘g‘ozlikning 9- oyida 36,6 - 110,6 u/l ni, laktatsiyaning 1- oyida 28,9 - 99,8 u/l ekanligi va ular ta’sirida jinsiy qo‘zg‘aluvchanlikni, kuyga kelish jarayonini tezlashtirishi va jinsiy energiyani tiklashga yordam berishi aniqlangan;
tajribadagi yangi tuqqan sigirlar kunlik ozuqasiga “VILOFOSS” va “Renomix” ozuqaviy qo‘shimchasi 150 g dan qo‘shib oziqlantirilganda sigirlar bachadonining o‘z holiga qaytishi 25-30 kunni, kuyga kelish vaqti 38-40 kunni tashkil etishi hamda otalanishini 90-95 foizga oshishi aniqlangan;
sigirlarda bepushtliklar va servis davrini qisqartirish maqsadida ozuqaviy qo‘shimchalar berish orqali profilaktik tadbirlar takomillashtirilib, natijada servis davrini 55-60 kun bo‘lishiga va urug‘lantirilgan sigirlarni 100% otalanishiga erishilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Golshtin zotli sigirlar reproduktiv faoliyatini rag‘batlantirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar natijalari asosida:
«Sigirlarda yo‘ldosh ushlanib qolishini davolash va oldini olish» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Buxoro viloyatining Romitan tumani “Alisher Saxovati” hamda Jondot tumani “Bo‘ston Nazar” chorvachilik xo‘jaliklaridagi golshtin zotli sigirlarning reproduktiv faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 24-iyun 2025 yil № 02/23-439-son ma’lumotnomasi). Natijada sigirlarda tug‘ish jarayonini engil kechishiga, tuqqandan keyingi kasalliklarning 50-60% qisqarishiga va otalanish koeffisientining 90-95 foizga oshishiga erishilgan;
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani “Barhayot Muhammad Rajab” chorvachilik xo‘jaligida vitamin-mineral moddalar etishmasligi natijasida bepusht va qisir qolgan golshtin zotli sigirlarni davolash va oldini olish maqsadida ozuqasiga “VILOFOSS” va “Renomix” ozuqaviy qo‘shimchalarini qo‘shib oziqlantirishning takomollashtirilgan usuli amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 24-iyun 2025 yil № 02/23-439-son ma’lumotnomasi). Natijada akusher ginekologik kasalliklarni kamayishiga, sigirlarning sut mahsuldorligi va buzoq olish soninig oshishiga erishilgan hamda sut mahsuldorligini hisobiga sarflangan 1 so‘m veterinariya xarajatlari uchun 5,51 so‘m, buzoq olish bo‘yicha hisobga olinganda 5,45 so‘mni tashkil etgan.