Sobirov Bekzod Bekmurod o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Makkajo‘xori agrobiotsenozida Pyralidae miqdorini boshqarishda trixogrammani ommaviy ko‘paytirishning samarador qurilmasini yaratish”, 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx760.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Otabek Abdushukirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, dotsen.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Trixogrammani tarqatish uchun qurilma (IAP 7718).
II. Tadqiqotning maqsadi Makkajo‘xori agrobiotsenozida uchraydigan Pyralidae oilasi vakillari turlari sonini boshqarishda trixogrammani ommaviy ko‘paytirishning samarador qurilmasini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Biolaboratoriyalarda xo‘jalik jihatdan tejamkor trixogrammani ommaviy ko‘paytirish qurilmasi yaratilgan;
ilk bor yaratilgan trixogramma turlarini ommaviy ko‘paytirish qurilmasi an’anaviy usulga qaraganda 75,6% ga samaraliroq va 2,4 barobarga ishchi kuchini tejashi isbotlangan;
trixogrammani ommaviy ko‘paytirish qurilmasida havo harorati 28,5+2 hamda 65,2+3 nisbiy namlik sharoitida trixogramma turlarini samarali ko‘payishi aniqlangan;
yaratilgan qurilmada ko‘paytirilgan trixogramma avlodlarinining pushdorligi 85,2+3 donagacha bo‘lgan hamda tabiiy avlodlariga nisbatan hayotchanligi va pushdorligi 23,2% ga yuqori ekanligi aniqlangan;
yaratilgan qurilmada ko‘paytirilgan Trixogramma ostrinia Hb turini makkajo‘xori parvonasiga qarshi qo‘llashning biologik, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi o‘rganilib, sarflangan har bir so‘mning 5,5-12,4 marotabagacha oqlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Makkajo‘xori agrobiotsenozida Pyralidae miqdorini boshqarishda trixogrammani ommaviy ko‘paytirishning samarador qurilmasini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlarida makkajo’xori agrobiotsenozida uchraydigan “Pyralidae” oilasi vakillarini sonini boshqarish uchun “Trixogrammani ommaviy ko‘paytirish uchun qurilmasi”siga № IAP 7718 raqamli patent olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/05-04-398-son maʼlumotnomasi). Natijada, makkajo’xori agrobiotsenozida uchraydigan parvonalar sonini boshqarishda bitta qurilma 2,4 marta ishchi kuchini tejab qolingan, ko’paytirish jarayonida mexanik zararlanishni kamaytirish 6,2 marta qichqartirilgan, bir so’mni qoplanishi 7,8 so’m hamda 780 % rentabellik bo’lganligi aniqlangan;
“Trixogramma (Trichogrammatidae) turlari bioekologiyasi, biolaboratoriyada ommaviy ko‘paytirish va makkajo‘xori agrobiosenozida Pyralidae sonini boshqarishda qo‘llash” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/05-04-398-son maʼlumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma don-dukkakli oʼsimliklar etishtirishga ixtisoslashgan agroklaster va fermer xoʼjaliklariga qoʼllanma sifatida xizmat qilmoqda;
Trixogrammani ommaviy ko‘paytirish qurilmasida ko‘paytirilgan trixogramma turlarini Yuqori Chirchiq tumanida jami 340 gektar makkajo‘xori maydonida joriy qiligan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/05-04-398-son maʼlumotnomasi). Natijasida Yuqori Chirchiq tumanida amalga oshirilgan tadbirlarda o‘rtacha hisobda 3-kun 42,6%, 5-kun 56,4%, 7-kun 65,2%, 9-kunda esa 70,5% biologik samaradorlikka erishilgan;
O‘rta Chirchiq tumanida makkajo‘xori ekinida makkajo‘xori parvonasining zarar keltirishini oldini olish maqsadida yangi qurilmada ko‘paytirilgan trixogramma qo‘llanilgan, 383 gektar makkajo‘xori maydonida joriy qiligan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/05-04-398-son maʼlumotnomasi). Natijada, 3-kun 50,4%, 5-kun 57,9%, 7-kun 65,5%, 9-kunda esa 71,8% biologik samaradorlikka erishilgan va o‘tkazilgan tadbir natijasida bir so‘mning oqlanishi 5-6 barobarga ortgan hamda makkajo‘xori maydonlarida gektaridan qo‘shimcha 6,5-7,0 sentnergacha hosil saqlab qolishga erishilgan.