Qozaqova Sayyora Sobitxon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boburnoma” asari syujeti va kompozisiyasining struktural tahlili”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.4.PhD/Fil6882
Ilmiy rahbar: Usmonova Oyistaxon Yuldashalievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abduraximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ismoilov Ilyos Abduqayumovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: “Boburnoma” asari syujet va kompozisiyasini  struktural metod asosida tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“Boburnoma” asarining struktural jihatdan mukammallashuvidagi an’ana va tendensiyalar, memuar asar kompozisiyasining shakllanishida muhim o‘ringa ega tarixiy davr struktural poetika nazariy qonuniyatlari va tamoyillari asosida ilmiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy, maishiy-axloqiy, ma’rifiy-ma’naviy va harbiy-jangovor muhitning omillari va sabablari aniqlangan; 
asar syujetini tashkil etgan voqeliklarning joylashish o‘rni, tartibi, ularning ketma-ketligidagi uzviylik takomili, tarixiy hodisalarning bir-biriga mohirona bog‘lanish usullari, ular orqali muallif dunyoqarashi, badiiy dunyosi va ilmiy qarashlarining yuzaga chiqishi struktural tahlil orqali dalillangan; 
“Boburnoma”ning tarkiblash va tartiblash kombinatsiyalaridagi o‘ziga xoslik, uslubiy betakrorlik va alohidalik belgilariga asar kompozisiyasini struktural metod talablariga muvofiqlik darajasi tarixiy voqeliklardagi ishtiroki orqali tarixiy shaxslarga hukmdor va shoir pozisiyasida tura olgan Bobur munosabati, uning falsafiy mushohadalari, badiiy, ilmiy va harbiy tafakkuri, tajribasi, amaliy imkoniyatlari bevosita bog‘liqlik asosida isbotlangan;
asar obrazlar tizimi tarixiy shaxslarning davrga, jamiyat a’zolari va davlat arboblariga munosabatlaridagi insoniy, ma’naviy-axloqiy, harbiy, ilmiy va iqtisodiy-siyosiy dunyoqarashining umumbashariy tamoyillarga muvofiqlik va zidlik ko‘rinishlarining syujet va kompozisiya qurilishida tutgan muqim o‘rni, shaxs portreti tasviri ifodalari, ularning aniqlik darajasi tarixiylik va zamonaviylik nuqtayi nazaridan ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Boburnoma” asari syujeti va kompozisiyasining struktural tahlili” mavzusidagi tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriy etilgan:
“Boburnoma” asari struktural poetika talablari asosida o‘rganilib, u orqali asar matni yaratilgan davr va uning ilmiy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, maishiy-axloqiy, ma’rifiy-ma’naviy muhiti, an’ana va tendensiyalari qonuniyatlariga asoslanib, asarning kompozisiyasini mukammal tarzda yuzaga chiqargan struktural qurilishi, asar strukturasining tarkiblanishi, voqeliklar tartibi va ularning badiiy ifoda ilmiy-amaliy tamoyillari aniqlangan hamda asar syujetidagi voqealarning joylashish o‘rni, badiiy bayon etilgan voqealardagi syujetlarning uzviy ketma-ketlik takomili, bir-biriga mohirona bog‘langanlik usul va yo‘llari hamda ular orqali muallif dunyoqarashi, badiiy dunyosi va ilmiy qarashlari struktural tahlil asosida dalillanganiga doir va ma’lumotlardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-iyundagi №01/4-2644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
asar kompozisiyasini struktural metod talablariga muvofiqlik darajasi, tarixiy voqeliklarda bevosita ishtirok etgan tarixiy shaxslar, ularga shoh, shoir, sarkarda va adib, olim Bobur shaxsining individual munosabati, uning falsafiy mushohadalari, badiiy, ilmiy va harbiy tafakkuri daraja hamda imkoniyatlari ko‘lamining  kengligi “Boburnoma” asari syujeti va kompozisiyasi strukturasini shakllanishiga bog‘liqligi, tarkiblash va tartiblash kombinatsiyalaridagi o‘ziga xoslik, uslubiy betakrorlik va alohidalik belgilari isbotlangan hamda “Boburnoma” asaridagi obrazlar tizimining struktural tahlil etish orqali tarixiy shaxslarning davrga, jamiyat a’zolari va davlat arboblariga bo‘lgan munosabatlaridagi insoniy, ma’naviy-axloqiy, harbiy, ilmiy va iqtisodiy-siyosiy dunyoqarashining umumbashariy tamoyillarda ijobiylik va unga zidlik ko‘rinishlarining asar strukturasi shakllanishida – syujeti va kompozisiyasi qurilishida tutgan o‘rni, shaxs portreti tasvirlarining salmog‘i va aniqlik darajasi ochib berilgani bilan bog‘liq fikr va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarida  foydalanilgan (“O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasining 2025-uil 24-iuundagi №05-09-1011-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda o‘zbek adabiyotida struktural tahlil manbalari, ularni tahlil qilish, syujet va kompozisiyasini struktural tahlil asosida yoritishda muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish