Turg‘unova Dilnura Mamanazar qizi
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
“Talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” (Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10285
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barnoxon Sayfutdinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Xalimova Mashraboy Vahidovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Bakieva Muhabbatxon Kamaliddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini o‘lchash va rivojlantirish texnologiyasining yangicha “lineyka” usulini qo‘llash va ushbu usul yordamida reaksiya tezkorlik qobiliyatini oshirish asosida aniqlashtirilgan;
talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirish jarayoni sog‘lom turmush tarzini multimedia vositalari yordamida intensivlashtirish hamda ularning tezkorlik va chaqqonlik qobiliyatini “typing test” usuliga ko‘ra solishtirma tasniflash asosida takomillashtirilgan;
talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirish metodikasi maxsus mo‘ljallangan kundalik sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar “Mening sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarim-mening sog‘lom turmush tarzim” nomli ilovasini ommaviy axborotlashtirish va undan ta’limiy maqsadlar mazmuniga mos ravishda ratsional foydalanish usulini ochib berish asosida takomillashtirilgan;
talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirish samaradorligi ularga to‘g‘ri yuklama berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ta’sirchanligini oshirish, “dastlabkidan-standartgacha” sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar yuklamasini shakllantirish va “Superset” texnologiyasiga ko‘ra sog‘lom turmush tarzini tizimli optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini o‘lchash va rivojlantirish texnologiyasining yangicha “lineyka” usulini qo‘llash va ushbu usul yordamida reaksiya tezkorlik qobiliyatini oshirishga doir taklif va tavsiyalaridan, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi №136-sonli buyrug‘i). Natijada, talaba xotin-qizlarning sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini tashkil etishga hamda samaradorligini oshirishga erishilgan;
talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirish jarayoni sog‘lom turmush tarzini multimedia vositalari yordamida intensivlashtirish hamda ularning tezkorlik va chaqqonlik qobiliyatini “typing test” usuliga ko‘ra solishtirma tasniflash asosida takomillashtirilgan 2023-2024 yillarda bajarilgan I-OT-2021-302 “Jimoniy tarbiya va sport marketingi" o‘quv qo'llanmasini elektron platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti 2025-yil 27-fevraldagi №04–11–3062-son ma’lumotnoma).Natijada talaba xotin-qizlarning sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalari takomillashtirish uchun me’yorlar ishlab chiqish samaradorligi oshgan.
talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirish metodikasi uchun maxsus mo‘ljallangan kundalik sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar ilovasini ommaviy axborotlashtirish va undan ta’limiy maqsadlar mazmuniga mos ravishda ratsional foydalanish usulini ochib berish asosida takomillashtirishga oid takliflar, O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborat komunukatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizimlarini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024 yil 4 sentyabrdagi 11-05-4487/04-son dalolatnomasi). Natijada talaba xotin-qizlarning sog‘lom turmush tarzini multimedia vositalari yordamida takomillashtirish uchun me’yorlar ishlab chiqish samaradorligi oshgan;
talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirish samaradorligi ularga to‘g‘ri yuklama berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ta’sirchanligini oshirish, “dastlabkidan-standartgacha” sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar yuklamasini shakllantirish va “Superset” usuliga ko‘ra sog‘lom turmush tarzini tizimli optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi №485-sonli buyrug‘i). Natijada talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirish metodikasi takomillashtirishning zamonaviy imkoni kengaytirilgan.