Narzulloev Muxammad Azamatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushqoq-elastik to‘ldiruvchili uch qatlamli plastinkalarning tebranishlari va to‘lqin tarqalishi” (Kolebaniya i rasprostranenie voln trexsloynix plastin s vyazkouprugim zapolneniem) 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T1073
Ilmiy rahbar: Teshaev Muxsin Xudoyberdievich  fizika matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Ismayilov Kubaymurad – Samarqand davlat arxitektura-qurilish  universiteti “texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Sharofiddin Sayfiddinovich – “Namangan davlat texnika universiteti” professori, texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘ldiruvchili uch qatlamli plastinkaning qovushqoq-elastik xususiyatlarini hisobga olib, xos va majburiy to‘lqinlarning tarqalishi masalalarini o‘rganish (kompleks chastota, faza tezligi, to‘lqin soni va tebranish formasini aniqlash, ko‘chish amplituda-chastotasini xarakteristikasini qurish) uchun uslubiyot va algoritm ishlab chiqish hamda sonli natijalar olib, uni tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch qatlamli dissipativ bir jinsli bo‘lmagan plastinkalarning tebranishlari va to‘lqin tarqalishi masalalarini echishda materialning relaksatsiya jarayonlarini hisobga oluvchi Bolsman-Voltera integral munosabatlarida Rjanisin-Koltunov yadrosidan foydalanish metodikasi va algoritimi ishlab chiqilgan; 
ilk marta uch qatlamli qovushoq-elastik (dissipativ bir jinisli va bir jinisli bo‘lmagan) plastinkalarning so‘nuvchi tebranishlari va xos to‘lqin tarqalishini to‘lqin uzunligi, kompleks to‘lqin soni va chastotasiga bog‘liqligi kompleks argumentli trigonometrik va transendent funksiyalar orqali ifodalanuvchi dispersion tenglamasi olingan; 
uch qatlamli dissipativ bir jinisli va bir jinisli bo‘lmagan plastinkalarda tarqaladigan xos to‘lqin uzunligi so‘nish koeffisenti birinchi, ikinchi va uchinchi xos chastotalarning mavxum qismlariga nomanoton bog‘liqligi sonli natijalar asosida topilgan;
uch qatlamli qovushqoq-elastik plastinkada majburiy to‘lqin tarqalganda muhit ko‘chishlari va kuchlanishlari amplitudalarini to‘ldiruvchi bikrligiga bog‘liq o‘zgarishida dissipativ bir jinisli bo‘lmagan holatda energiya dissipatsiyasini past chastotali sohallarda intinsiv bo‘lishi, yuqori chastotalarda esa intensivlikni pasayishi samarasi topilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi to‘ldiruvchili uch qatlamli plastinkada to‘lqin tarqalishi va tebranishlari masalalarining dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash usullari va algoritmi bo‘yicha olingan natijalar asosida;
dissertatsiyada ishlab chiqilgan qovushqoq-elastik to‘ldiruvchili uch qatlamli plastinkalarda xos to‘lqin tarqalishini ifodalovchi dispersion munosabatlardan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2025-yil 8-iyuldagi 1/01-2410-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, dinamik yuklanishlar ta’siridagi qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlarda energiyani boshqarish  imkoniyati yaratilgan;
mexanik sistemaning tashqi kuchlar ta’siridagi vujudga keladigan ko‘chishlari va kuchlanishlari rezonans amplitudalarini kamaytirish uslubidan “Amu-Buxoro mashina kanlidan foydalanish boshqarmasi” tashkilotida mexanizmlarning rezonans ko‘chishlari amplitudasini kamaytirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-iyul 04/19 № 4214-son ma’lumotnomasi). Natijada, 24 NDS (D6300-80) rusumli nasosning rezonans amplitudasini 27% gacha kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish