Raxmatov Orifjonning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzum mevalarini quritish va tozalash texnologiyalari va texnik vositalarini takomillashtirish», 05.07.01 – «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarni mexanizatsiyalash» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T.95.
Ilmiy maslahatchi: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Shaymardanov Baxtiyor Pardaevich, texnika fanlari doktori, professor; Barakaev Nusratillo Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; Imomov Shavkat Jaxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quritilgan uzumni etishtirilgan joyida ishlab chiqarishni ta’minlaydigan yangi texnologiyalarni va mexanizatsiyalashgan texnik vositalarni ishlab chiqish bilan uzumni qayta ishlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzumni quritish texnologik jarayonlari uchun takomillashtirilgan konstruksiyadagi texnik vositalardan iborat texnologik liniya ishlab chiqilgan;
uzumga rotorli blanshirlagichda gidrodinamik usul bilan ishlov berish uchun issiqlik manbaining quvvatini maqbul qiymati uning aylanishlar soni va xochsimon rotor diametrini hisobga olgan holda aniqlangan;
uzum quritishda issiqlik uzatishning kombinatsiyalashgan usulini amalga oshiradigan takomillashtirilgan quritkichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan quritish qurilmasida uzumni quritishda issiqlikni differensiyalab uzatish rejimi qurilmaning ish rejimini ossillyasiyalash orqali asoslangan;
uzumni quritish texnologik jarayonlarida qo‘llaniladigan quritilgan uzumni shingillardan ajratuvchi qurilmani konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
barabanli dismembrator turidagi shoxajratkichning texnologik jarayonlari rejimlarini analitik ifodalaydigan grafo-analitik va konstruktiv-rejimli hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
uzumni blanshirlash, quritish hamda shoxlarini ajratish qurilmalarining maqbul parametrlari ularning ish jarayonini belgilovchi regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzum mevalarini quritish va tozalash uchun texnologiyalar va texnik vositalarni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan natijalar asosida:
uzumni quritish jarayonida quritilgan uzum donalarini shingillardan ajratish qurilmasiga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan («Uzum donalarini shingillardan ajratish qurilmasi», №IAP 02752-2005 y.). Natijada takomillashtirilgan shtiftli ishchi organni shoxajratkich qurilmasiga joylashtirish orqali uning yangi konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
uzumni quritishda texnologik jarayonlarni bajarilishini ta’minlaydigan takomillashtirilgan texnik vositalar «Avtomatika» va «Vitask» XFda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-40-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulotni quritish uchun blanshirlagich, quyosh-yonilg‘ili quritgich va shoxajratkich qurilmalarning takomillashtirilgan konstruksiyalarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
uzumni quritish texnologik jarayonlarini amalga oshirishda qo‘llaniladigan takomillashtirilgan blanshirlash, quritish va shoxajratish qurilmalarini o‘zlashtirish uchun loyiha konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) va hisoblash usullari «Texekspromt» eksperimental konstruktorlik byurosi MChJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-40-son ma’lumotnomasi). Natijada blanshirlagich, quyosh-yonilg‘ili quritgich va shoxajratkich qurilmalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
uzum hosilidan kishmish ishlab chiqarish uchun takomillashtirilgan texnologiyalar va texnik vositalar Samarqand viloyati Oqdaryo tumani, Sirdaryo viloyati Xovos tuman, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-40-son ma’lumotnomasi). Natijada nam-issiqlik rotorli blanshirlagichdan tashkil topgan texnik vositalarni qo‘llash hisobiga issiqlikdan foydalanish samaradorligini 14 foizga oshirish va energiya sarfini 27-28 foizga kamaytirishga erishilgan.