Tursunmurotov Davrbek Xudayorovichning 
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kompaktlik o‘lchovlari bo‘yicha obektlar munosabatlari tuzilmalarining tahlili», 05.01.11– Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/FM1271.
Ilmiy rahbar: Ignatev Nikolay Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Anvar Vasilovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xudaybergenov Qabul Qadirbergenovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘rgatuvchi tanlanma obektlarining zichlik va kompaktlik o‘lchovlarini hisoblash orqali "yaqin qo‘shnilar" turidagi usullarni ishlab chiqish va ularni asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘rgatuvchi tanlanma etalonlari yordamida minimal qoplama masalasini hal qilish asosida presedentlar bazasini shakllantirish usuli yaratilgan;
sinflarning chegaraviy obektlari orasidagi nisbiy chekinish kattaligi bo‘yicha shovqin obektlarni tanlash uchun zarur va etarli shartlar ishlab chiqilgan;
obektlarni ularning taqsimot zichligiga asoslangan holda kategoriyalarga ajratishda, kesishuvchi gipersharlar tizimi orqali bog‘liqlik munosabati yordamida klasterlash sifatini baholash uchun kompaktlik o‘lchovini qo‘llash zarurligi isbotlangan;
sinflar chegarasida joylashgan shovqin obektlarni aniqlash va ularni olib tashlash uchun yangi regulyarizator ishlab chiqilgan hamda mezon sifatida o‘rgatuvchi tanlanmaning etalonlar yordamida minimal qoplanishiga asoslangan kompaktlik o‘lchovini maksimal qiymatidan foydalanish kerakligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishida ishlab chiqilgan kompaktlik o‘lchovlari bo‘yicha minimal qoplama etalonlarini shakllantirish, obektlar munosabatlari tuzilmalarining tahlili, kesishuvchi gipersharlar bo‘yicha guruhlarga ajratish ko‘rinishdagi ilmiy natijalar asosida:
kompaktlik o‘lchovlari bo‘yicha obektlar munosabatlarini tahlil qilish metodologiyasidan IL-52421091471 “Suv resurslarini monitoring qilish uchun apparat-dasturiy vositalarni ishlab chiqish” innovatsion loyihasida murakkab tizim jarayonlarini tahlil qilishda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2025-yil 24-martdagi 1027/05-2-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi hisoblash resurslarini kamaytirish va aniqlikni oshirish orqali samaradorlikni baholash imkonini bergan;
kesishuvchi gipersharlar tizimlari bo‘yicha tanlanma obektlarini guruhlarga ajratish algoritmidan IL–7823051524 “PARATRANSLATOR parallel korpusi asosida kontekstual tarjima uchun lug‘aviy platforma ishlab chiqish” innovatsion loyihasida so‘zlarni semantikasiga ko‘ra guruhlarga ajratishda foydalanilgan (Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining 2025-yil 3-maydagi 04/11-5787-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi klaster tahlil qilish natijalariga ko‘ra, atamalarning predmet sohalarga semantik yaqinligi ko‘rsatildi. Buning natijasida ma’no jihatdan yaqin so‘zlarni aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish