Nojko Semyon Igorevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori oltingugurtli neft koksini jalb qilgan holda eletrolitik alyuminiy ishlab chiqarish texnologiyasi», 
05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T900.
Ilmiy rahbar: Umarov Abdusalom Vaxitovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent amaliy fanlar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tursunov Nodirjon Qayumjonovich – texnika fanlari doktori, professor; Kurbanov Mirtemir Shodievich – texnika fanlari doktori, professor; Zilberg Boris Ilych- texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori oltingugurtli neft kokslarining fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish va ularni alyuminiyni elektrolitik olishda qo‘llash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
neft kokslarining sifat xususiyatlari va olinadigan anod massasining texnologik xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik, yuqori oltingugurtli neft koksini anod massasi ishlab chiqarishga jalb etishning maqbul ko‘rsatkichlari-kuydirish haroratini o‘zgarishi, quruq koks shixtasining donador tarkibi aniqlangan; 
ilk marotaba yaxshilangan iste’mol xossalariga ega bo‘lgan anod massasini tayyorlash tarkibi ishlab chiqilgan;
ko‘p komponentli sanoat elektrolitining kristallanish mexanizmi, elektrolitning o‘ta qizish harorati hamda alyuminiy elektrolizyor ish parametrlari- kuchlanish, elektrolitning sathi va kimyoviy tarkibi, ishlatiladigan glinozyomning donadorligi, glinozyom bilan oqimli ishlov berish darajasio‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
alyuminiyni elektrolitik olish jarayonining yuqori energiya samaradorligini ta’minlaydigan alyuminiy elektrolizyori ishining optimal parametrlari-elektrolitni o‘ta qizdirish harorati va elektrolizyorlarni glinozyom bilan reglament-oqimli ishlov berish soni asoslangan;
alyuminiy ishlab chiqarishda oltingugurt va ftor birikmalaridan gazni tozalash eritmalarini selektiv regeneratsiya qilish va tovar mahsulot - natriy sulfat olish parametrlari -jarayon harorati, komponentlar konsentratsiyasi aniqlangan;
alyuminiy elektrolizyorida elektrolit suyuqlanmasining likvidus haroratini aniqlash, o‘z-o‘zidan yonuvchi anod va yuqori o‘tkazuvchan alyuminiy ishlab chiqarish uchun elektrolizyorda anod shtiftlarini joylashtirish, regeneratsion kriolitni oltingugurt birikmalaridan tozalash usullari va qurilmalari ishlab chiqilgan;
alyuminiyni elektrolitik usulda olishda yuqori oltingugurtli neft kokslaridan tayyorlangan anod massasini qo‘llash texnologiyasi-anod sterjenlarini optimal joylashtirish, elektroliz qurilmalarining eng yuqori samaradorligini ta’minlovchi anod sterjenlarini ishlatishning chegaraviy shartlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Neft koksining fizik-kimyoviy xossalarini, sanoat elektrolitining kristallanish jarayonini, gaz tozalash eritmalarini regeneratsiya qilishni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
«Alyuminiy elektrolizyorida elektrolit suyuqlanmasining likvidus haroratini aniqlash usuli va uni amalga oshirish qurilmasi» uchun Rossiya Federatsiyasi patenti olingan (NO 2303246. 07.12.2006 y.). Natijada tok bo‘yicha chiqish 0,38% gacha  oshirish imkonini bergan;
«O‘z-o‘zidan yonuvchi anod va yuqori tok o‘tkazgichli alyuminiy ishlab chiqarish uchun elektrolizyorda anod shtirlarini joylashtirish usuli» uchun Rossiya Federatsiyasi patenti olingan (NO 2387742. 04.12.2009 y.). Natijada anoddagi kuchlanish farqi 20 mV ga, alyuminiy ishlab chiqarish uchun elektr energiyasi sarfini 67 kVt*soat/t ga kamaytirish imkonini bergan;
«Regeneratsion kriolitni oltingugurt birikmalaridan tozalash usuli» uchun Rossiya Federatsiyasi patenti olingan (NO 2401323. 04.05.2009 y.). Natijada kalsinatsiyalangan soda bo‘yicha yiliga 8000 - 10000 t olish imkonini bergan;
elektroliz ishlab chiqarishining ftorli materiallarini qayta ishlash usuli «Aluminium Smelter Company of Nigeria alyuminiy zavodi» da amaliyotga joriy etilgan (Nigeriya Respublikasining 01.11.2008 yildagi 0812-son ma’lumotnomasi). Natijada tarkibida ftor bo‘lgan materiallarning to‘liq hajmini retsikling qilish imkoniyatini bergan;
elektroliz ishlab chiqarishida elektrolizyorning issiqlik balansini boshqarish texnologiyasi «RUSAL Krasnoyarsk alyuminiy zavodi» da amaliyotga joriy etilgan («RUSAL Krasnoyarsk alyuminiy zavodi» ning 2008 yil 28 noyabrdagi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada tok bo‘yicha chiqish 0,62% ga oshirish, alyuminiy xomashyosi ishlab chiqarishda solishtirma elektr energiya sarfi 56,2 kVt*soat/tonnaga kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan gaz tozalash eritmalarini regeneratsiya qilish texnologiyasi «RUSAL Bratsk alyuminiy zavodi» da amaliyotga joriy etilgan («RUSAL Bratsk» OAJning 2012 yil 22 iyundagi RB-Vn-12-01712-son ma’lumotnomasi). Natijada, gaz tozalash eritmalarini regeneratsiya qilishning taklif etilgan sxemasi oltingugurtli birikmalar miqdorini 50-70 g/dm3gacha kamaytirish imkonini bergan.
yuqori oltingugurtli kokslar ishtirokida alyuminiyni elektrolitik olish texnologiyasi «Butunrossiya alyuminiy-magniy instituti» OAJ da amaliyotga joriy etilgan («Butunrossiya alyuminiy-magniy instituti» OAJning 2012 yil 30 martdagi 0703/12-231-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsulot sifatini 1,4 barobarga oshirish va 117,41 mln. so‘m iqtisodiy samara olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish