Babaev Asqar Ruzibadalovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
« Tog‘-kon sanoati boyitish qoldig‘i - dispers sistemalarni gidrotransportlash vositalarini ishonchliligini oshirishning ilmiy texnologik asosini yaratish», 
05.02.01- Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi hamda 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/T853
Ilmiy maslahatchilar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ibadullaev Axmadjon Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor va Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Nodirjon Qayumjonovich - texnika fanlari doktori, professor; Ravshan Irkinovich Adilov - texnika fanlari doktori, professor; Ismatillo Xushevich Xujaev - texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tog‘-kon sanoatida dispers sistemalarning naporli quvurlardagi gidrotransporti jarayonini, organomineral kompozisiyalar bilan modifikatsiyalash va elastomerlar kompozisiyalar asosidagi armirlangan quvurlarni qo‘llash asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tog‘-kon sanoati boyitish qoldiqlari dispers sistemalarning granulometrik va kimyoviy tarkibi, konsentratsiyasi, kinematik va reologik xossalarini  naporli quvurlar gidravlik parametrlariga va gidrotransport qurilmalarining edirilishiga ta’siri aniqlanilgan;
dispers sistemalar gidrotransportida oqim reologik xossalarini yaxshilovchi hamda tizimdagi qurilmalarning edirilishini kamaytiruvchi va samaradorligini oshiruvchi mahalliy xomashyolar asosida organomineral modifikatorlar olish tarkibi va texnologiyasi yaratilgan;
naporli dispers sistemalar gidrotransporti uchun mahalliy xomashyolarni qoʻllab edirilishga va tashqi muhitga chidamli elastomerlar asosida organomineral kompozisiyalar va ular asosida armirlangan elastik quvurlar olish, qoʻllash texnologiyalari ishlab chiqilgan;
yaratilgan organomineral modifikatorning naporli quvurlardagi gidrotransport jarayonida dispers sistemani fazolararo xarakati, qovushqoqligi va  reologik xossalariga, elastik armirlangan quvurlarning edirilishiga, nasos parametrlari va ishlash vaqtiga ta’siri asoslangan; 
dispers sistemali gidroaralashmaning tarkibiga 5-7% kompozision organomineral modifikatorni kiritish natijasida sistemaning qovushqoqligi va gidrotransport bosimi 22% kamayishi, harakatlanish tezligi va unumdorligi 43% oshishi, jihozlar edirilishi va korroziyasi 36% kamayishi asoslangan;
tog‘-kon sanoati chiqindilari dispers sistemalari gidrotransporti texnologik jarayoni, yaratilgan organomineral kompozision modifikator va elastik armirlangan quvurlarni qoʻllab takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dispers sistemalarning naporli quvurlardagi gidrotransportini organomineral kompozisiyalar bilan modifikatsiyalash va texnologik jarayonda elastomerlar asosidagi armirlangan elastik quvurlarni qo‘llash natijasida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida organomineral kompozision modifikator olish tarkibi va texnologiyasi Olmaliq KMK 2-mis boyitish fabrikasida va «O‘zsuvta’minot» AJ ning tarmoq korxonalarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsuvta’minot» AJning 2025 yil 21 maydagi №1/36-2549 -son ma’lumotnomasi). Natijada naporli quvurlarda dispers sistemalarni modifikatsiyalash uchun mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida organomineral kompozision modifikator olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolarni qo‘llab elastomerlar asosida armirlangan elastik quvurlar olish texnologiyasi Olmaliq KMK 2-mis boyitish fabrikasida va «O‘zsuvta’minot» AJ ning tarmoq korxonalarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsuvta’minot» AJning 2025 yil 21 maydagi №1/36-2549-son ma’lumotnomasi). Natijada dispers sistemalarning naporli quvurlardagi gidrotransportida ishlatiluvchi po‘lat quvurlarni almashtirish uchun elastomerlar asosidagi armirlangan elastik quvurlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida yaratilgan organomineral kompozision modifikatorlar bilan naporli quvurlarda dispers sistemalarning modifikatsiyalash va elastomerlar asosidagi armirlangan elastik quvurlarni qo‘llash texnologiyalari Olmaliq KMK 2-mis boyitish fabrikasida va «O‘zsuvta’minot» AJ ning tarmoq korxonalarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsuvta’minot» AJning 2025 yil 21 maydagi №1/36-2549 -son ma’lumotnomasi). Natijada naporli quvurlarda dispers sistemalarning gidrotransporti jarayonida bosim yo‘qotilishi va energiya sarfini kamaytirish, oqim samaradorligini va gidrotransport tizimlaridan foydalanish muddatini ikki barobarga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish