G‘ulomov Islombek Ilxomjon O‘G‘Lining
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabiatning ekologik barqarorligini baholashda ekologik omillarning ta’sirini geoaxborot tizimlari orqali modellashtirish (Toshkent shahar misolida)” 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T296.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Buriev Salimdjan Samidjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Samiev Luqmon Nayimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Boboev Xasan Odilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Ungalov Akmal Navruzovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot – Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahrining ekologik barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar asosida fazoviy va statistik yondashuvlar hamda GAT texnologiyalari orqali ekologik xavf zonalarini modellashtirish va prognozlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahri uchun atmosfera ifloslanishi (NO₂, PM2.5), antropogen yuklama (HFI), yashil qoplama va landshaft fragmentatsiya (EFI) ko‘rsatkichlar integratsiyalangan indeks (EII) asosida ekologik barqarorlik baholash usuli takomillashtirilgan;
Toshkent shahri bo‘yicha ekologik indikatorlar: ekotizim parchalanish, indeksi, Antropogen yuklama zichligi, Vegetatsion fragmentatsiya indeksi, Ekologik integratsiyalangan indekslarning hisobga olgan holda vaqt bo‘yicha o‘zgarishlari asosida 2030-yilgacha ekologik xavf zonalarining dinamik prognozi ishlab chiqilgan.
Toshkent shahrining 2000-2024-yillardagi fazoviy va statistik ma’lumotlar asosida ekologik xavf zonalari aniq fazoviy chegaralari hisoblab chiqildi va Geoaxborot tizimlarida xaritalari ishlab chiqilgan.
Ekologik indikatorlar fazoviy zonal statistika vositasida GAT qatlamlari bilan birlashtirilgan holda ekologik xavf zonalari beshta sinfga (ya’ni yuqori va kritik xavf sinflarining) ajratilgan holda umumiy maydonga nisbatan ulushi 2024-yilgi 38.7% dan 2030-yilga kelib 47.1% gacha kengayishi hududning rel’efi, sanoatlashganligi, hududning bioxilma-xilligini inobatga olgan holda bashorat qilingan va “Modellashtirilgan ekologik xavf xaritasi” raster formatda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent shahrining ekologik barqarorligini baholashda ekologik omillarning ta’sirini geoaxborot tizimlari orqali modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Masofaviy zondlash ma’lumotlari va birlamchi statistik ko‘rsatkichlar zamonaviy geoaxborot tizimlari (GAT) muhitiga integratsiyalash orqali yaratilgan uslubiyat asosida aniqlangan ekologik xavf indeksi (EII) va uning tarkibiy indikatorlari (NO₂, PM2.5, NDVI, HFI, EFI)ning fazoviy va vaqt bo‘yicha dinamikasini kuzatish imkonini beruvchi modellar Toshkent shahar hokimligining ekologik monitoring faoliyatiga joriy qilingan. (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 7-yanvardagi 03-03/1-03/3-138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu yondashuv yordamida ekologik stress zonalarining hududiy transformatsiyasini aniqlash va ularni 2030-yilgacha prognoz qilishda avtomatlashtirilgan tahlillar, statistik ekstrapolyasiya va interaktiv xaritalash metodlari ishlab chiqilgan;
Toshkent shahri bo‘yicha ekologik indikatorlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishlari asosida 2030-yilgacha ekologik xavf zonalarining dinamik prognozi ishlab chiqilgan hamda GAT asosida xaritalari Toshkent shahar ekologiya boshqarmasiga amaliyotga joriy etilgan. (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 7-yanvardagi 03-03/1-03/3-138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent shahar hududlarida amaliyotda foydalanish orqali Toshkent shahrining ekologik barqarorligini yaxshilanishiga erishilgan.
2000–2024-yillarga oid masofaviy zondlash va statistik ma’lumotlar asosida Toshkent shahrining ekologik xavf zonalari zonal regressiya va indikatorli tahlil yordamida aniq fazoviy chegaralarda hisoblab chiqilib va Toshkent shahar ekologik boshqarmaga joriy etilgan. (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 7-yanvardagi 03-03/1-03/3-138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada  Toshkent shaharni ekologik barqarorligini tezkor aniqlash va baholash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish