Movlonova Shaxnoza Raxmatovna
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Sanoat korxonalari atrofidagi daraxtlarning rivojlanishiga ekologik omillarning ta’sirini baholash, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5792
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Aminov Xamza Xusanovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy Opponentlar:Eshonkulov Ravshan Abdurazakovich – texnika fanlari doktori, dotsent; Xasanov Saidjaxon Zokirjon o‘g‘li texnika fanlari falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot – Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sanoat korxonalari atrofidagi antropogen-texnogen ekologik omillar, xususan, chiqindi gazlar tarqalish zonalaridagi daraxtlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishini GAT modellari va laboratoriya tahlillari asosida o‘rganish hamda texnogen ifloslanishning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarning atmosferaga chiqaradigan zaharli gazlarni GIS modellariga asoslangan holda hududning iqlim sharoiti, shamol yo‘nalishi, havodagi ifoslantiruvchi moddalarni miqdoriy o‘zgarishini inobatga olgan holda atrof-muhitga ta’sir zonalarini baholash usuli takomillashtirilgan.
hududda atmosfera havosiga tashlanadigan umumiy ifloslantiruvchi moddalarning (55 % - NOₓ va SO₄) konsentrasiyasi oshganligi asosida Sho‘rtan NGQChB atrofidagi manzarali daraxtlarning tabiiy o‘sishiga ifloslantiruvchi moddalarni 15% gacha salbiy ta’siri aniqlangan;
yashil bufer (Populus spp. va Salix spp. Fitoremediativ) zonalarini amalga oshirgan holda, hudud o‘simlik zonalarida atmosfera havosidagi CO2 darajalarining 25% ga kamaytirishga erishish hamda o‘simlikning xlorofill darajasini 14% ga yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
sanoat sharoitida kuchli ifloslangan tuproqdagi og‘ir metallar konsentratsiyasini 60 % ga kamaytirishda tabiatga asoslangan (NbS) sifatida mikroremediatsiya va bioko‘mirdan foydalanish asosida Pleurotus ostreatusning (ostra zamburug‘i) ekologik zararini kamayganligi, tuproq tarkibi va daraxtlarning rivojlanishiga ijobiy ta’siri ya’ni ildizlarning kurtaklar nisbati 20% gacha oshganligi va xlorofill darajasi yaxshilanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalari atrofidagi daraxtlarning rivojlanishiga ekologik omillarning ta’sirini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sanoat korxonalarning atmosferaga chiqaradigan zaharli gazlarni GIS modellariga asoslangan holda hududning iqlim sharoiti, shamol yo‘nalishi, havodagi ifoslantiruvchi moddalarni miqdoriy o‘zgarishini inobatga olgan holda atrof-muhitga ta’sir zonalarini baholash usuli takomillashtirilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani sho‘rtangaz ta’minot boshqarmasi hududida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining 2025-yil 5-iyul 03-03/1-03/3-6651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada daraxtlarni tabiiy o‘sishiga ifloslantiruvchi moddalarni 15% gacha salbiy ta’siri aniqlangan;
Sanoat korxonalari atrofidagi manzarali daraxt barglaridagi pigmentlar miqdorini hisoblash dasturi ishlab chiqilib Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani sho‘rtangaz ta’minot boshqarmasi hududi atrofidagi hududlar bo‘yicha hisoblab chiqib joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining 2025-yil 5-iyul 03-03/1-03/3-6651-sonli ma’lumotnomasi). Hisoblash natijalari asosida salbiy holatlarni oldini olishda Populus spp. va Salix spp. fitoremediativ yashil bufer zonalarini amalga oshirgan holda, hudud o‘simlik zonalarida atmosfera havosidagi CO2 darajalarining 25% ga kamaytirishga erishish hamda o‘simlikning xlorofill darajasini 14% ga yaxshilash imkoniyati yaratilgan.
Sanoat sharoitida kuchli ifloslangan tuproqdagi og‘ir metallar konsentratsiyasini 60 % ga kamaytirishda tabiatga asoslangan echimlar (NbS) sifatida mikroremediatsiya va bioko‘mirdan foydalanish Sho‘rtan gaz ishlab chiqarish zavodiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining 2025-yil 5-iyul 03-03/1-03/3-6651-sonli ma’lumotnomasi). Natijasida tuproq tarkibi va daraxtlarning rivojlanishiga ijobiy ta’siri ya’ni ildizlarning kurtaklar nisbati 20% gacha oshganligi va xlorofill darajasi yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish