Ortikova Manzura Davranbekovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh badiiy gimnastikachi qizlarning tayyorgarlik davrida cho‘qmor bilan bajaradigan mashqlarda texnik mahoratni takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1468.
Ilmiy rahbar: Fetxullova Nailya Xarrasovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Gaziev Shukurjon Shuxratovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Axmedova Djamila Adizovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 8-9 yoshli gimnastikachi qizlarning cho‘qmorlar yordamida bajariladigan elementlarda texnik mahoratini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yosh badiiy gimnastikachi qizlarning bazaviy harakat ko‘nikmalarini shakllantirish uchun cho‘qmorlar bilan musobaqa kompozisiyalarini tuzishni o‘z ichiga olgan dasturiy mashqlarni bosqichma-bosqich o‘rgatish moduli orqali musobaqa vaqtida bajariladigan elementlarni ketma-ketligini ta’minlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
badiiy gimnastikachi qizlarning cho‘qmorlar bilan tasniflash dasturi elementlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish imkonini beruvchi umumrivojlantiruvchi hamda yaqinlashtiruvchi mashqlar majmualari va nazorat vositalarini qo‘llash hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan;
ixtisoslashtirilgan sport maktabi badiiy gimnastikachilarining yillik makrotsiklda tayyorlashning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida tuzatish va oqilona boshqarish imkonini beruvchi texnik tayyorgarlikning dasturiy mashqlarini taqsimlash sxemasidan foydalanish hisobiga cho‘qmorlar bilan murakkab texnik elementlarni turli bosqichlarda o‘rgatish samaradorligi oshirilgan;
yosh gimnastikachilarning musobaqa oldi tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida cho‘qmorlar bilan musobaqada bajariladigan murakkab kompozisiyalarni shakllantirish imkonini beruvchi kompleks nazorat vositalari musobaqa davrida foydalanish hisobiga texnik harakatlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 8-9 yoshli gimnastikachi qizlarning cho‘qmorlar yordamida bajariladigan elementlarda texnik mahoratini takomillashtirish qaratilgan tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
yosh badiiy gimnastikachi qizlarning bazaviy harakat ko‘nikmalarini shakllantirish uchun cho‘qmorlar bilan musobaqa kompozisiyalarini tuzishni o‘z ichiga olgan dasturiy mashqlarni bosqichma-bosqich o‘rgatish moduli bo‘yicha tavsiyalar “Badiiy gimnastika nazariyasi va metodikasi (cho‘qmoqlar bilan mashqlar)” o‘quv qo‘llanmasida batafsil yoritilgan (2023-yil 13-oktyabrdagi
394-I/Ch-son guvohnoma). Naitjada, cho‘qmorlar bilan bajariladigan texnik harakatlarni bajarish
18,0 % ga oshgan;
badiiy gimnastikachi qizlarning cho‘qmorlar bilan tasniflash dasturi elementlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish imkonini beruvchi umumrivojlantiruvchi hamda yaqinlashtiruvchi mashqlar majmualari va nazorat vositalarini qo‘llash bo‘yicha takliflar Andijon viloyati gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktabidagi badiiy gimanstikachilarning mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-dekabrdagi 03-16/13152-son ma’lumotnomasi). Natijada, gimnastikachilarining maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi 7,8 % ga, maxsus harakat tayyorgarligi 6,5 % ga, cho‘qmorlar bilan texnik tayyorgarlik 22,4 % ga oshgan;
ixtisoslashtirilgan sport maktabi badiiy gimnastikachilarining yillik makrotsiklda tayyorlashning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida tuzatish va oqilona boshqarish imkonini beruvchi texnik tayyorgarlikning dasturiy mashqlarini taqsimlash sxemasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Xorazm viloyati gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktabi gimnastikachi qizlarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-dekabrdagi 03-16/13152-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinovlar natijalari tadqiqotning yakuniy bosqichida maxsus-harakat tayyorgarligi natijalari 25 % ga yaxshilangan;
yosh gimnastikachilarning musobaqa oldi tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida cho‘qmorlar bilan musobaqada bajariladigan murakkab kompozisiyalarni shakllantirish imkonini beruvchi kompleks nazorat vositalari musobaqa davrida foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar Chilonzor tumani sport maktabi mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-dekabrdagi 03-16/13152-son ma’lumotnomasi). Natiajada, koordinatsion qobiliyatlar darajasi 30,5 % ga, qo‘l mushaklari kuchi 28,7 % ga; bo‘g‘imlar harakatchanligi 6,9 % ga, muvozanat saqlash 5,9 % ga oshgan.