Ernazarova Nilufar Nozimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishorqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish yo‘llari (Namangan viloyati misolida)”, 08.00.15 - “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5272.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tajiev Behzod Umidjanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Namangan viloyatida kambag‘allikni qisqartirishda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari rivojlanishining ishlab chiqilgan 5x5 matrisasi bilan Simple Multi Attribute Rating Technique (SMART) alternativalar ustuvorligini aniqlash yondashuvi taklif etilgan;
hududlar darajasida kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik qobiliyatlarini kengaytirish usullari asosida tadbirkorlikka yo‘naltirilganlik yondashuv mexanizmi taklif etilgan;  
kambag‘allikni qisqartirishda bir tomondan konversiya omillari, ikkinchi tomondan, funksiyalar va imkoniyatlar o‘rtasidagi munosabatlarni moʻtadillashtirishga qaratilgan oilaviy tadbirkorlikdagi kreativlikning tarkibiy modeli taklif etilgan; 
oilaviy tadbirkorlik faoliyatini kreativ rivojlantirishning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli ko‘p omilli statistik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Namangan viloyatida kambag‘allikni qisqartirishda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari rivojlanishining ishlab chiqilgan 5x5 matrisasi bilan Simple Multi Attribute Rating Technique (SMART) alternativalar ustuvorligini aniqlash yondashuvi bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 18-martdagi 02/10-1124-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik natijasija Namangan viloyatida oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari va bandlar soni 2020-2024-yillarda mos ravishda o‘rtacha 9,9 foiz hamda 10,5 foizdan oshib 1379 ta va 1841 taga etishiga erishilgan;
hududlar darajasida kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik qobiliyatlarini kengaytirish usullari asosida tadbirkorlikka yo‘naltirilganlik yondashuv mexanizmi Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 18-martdagi 02/10-1124-son ma’lumotnomasi). Namangan viloyatida oilaviy tadbirkorlikning sof foydasini oshirish va xarajatlarni kamaytirish natijasida viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi qo‘shimcha 7,6 mlrd. so‘mga qo‘shimcha oshirish imkoniyatini bergan;
kambag‘allikni qisqartirishda bir tomondan konversiya omillari, ikkinchi tomondan, funksiyalar va imkoniyatlar o‘rtasidagi munosabatlarni moʻtadillashtirishga qaratilgan oilaviy tadbirkorlikdagi kreativlikning tarkibiy modeli Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 18-martdagi 02/10-1124-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangiliklar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini ifodalovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimini davriyligini ta’minlashda, vaqtli qatorlardan samarali foydalanish, ko‘rsatkichlarni tizimli  baholash imkoniyatlarini 12-17 foizga oshirishga xizmat qilgan;
oilaviy tadbirkorlik faoliyatini kreativ rivojlantirishning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli ko‘p omilli statistik prognoz ko‘rsatkichlari Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 18-martdagi 02/10-1124-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik viloyatda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish va ularni samaradorlignini oshirish, sohaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini baholash imkoniyatlarini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish