Kurbaniyazova Raushana Kurbanbaevnaning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda milliy mentalitet transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fal91
Ilmiy maslahatchi: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti DSc.03/30.12.2019.F.01.05 
Rasmiy opponentlar:Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Kushaev Umidjon Raximovich, falsafa fanlari doktori, professor; Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek xalqi taraqqiyotida mental tafakkur transformatsiya jarayonlarining yaxlit ilmiy manzarasini yaratish hamda milliy mentalitetni rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbek xalqi taraqqiyoti jarayonidagi mental xususiyatlar transformatsiyasida diniy ong, diniy psixologiya, diniy e’tiqod ta’siri nuqtai nazaridan “milliy xususiyat va qiyofa shakllanishi”–“buddaviylik”–“islom”–“mustamlakachilik”– “mustaqillik” kabi besh bosqichdan iborat davrlarga bo‘linib, uning nazariy klassifikatsiyasi (–yakka xudolik g‘oyasi, manfaatlar to‘qnashuvi, yagona e’tiqod atrofida birlashish; – azob-uqubat, nirvana, meditatsiya, axloq va donolik; – sabr-toqat, andisha, sofdillik, shukronalik; – tafakkur qulligi, fikr qaramligi, siyosatdan begonalashuv, davlatdan qo‘rqish; – milliy til, milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi) ishlab chiqilgan;
G‘arb falsafasidagi ratsionalizm ustuvorligiga asoslangan ta’limotlar hamda axloqiy tamoyillar va ma’naviy qadriyatlarga tayanuvchi Sharq falsafasi qiyosiy tahlili negizida zamonaviy o‘zbek jamiyatining mental xususiyatlari transformatsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (global integratsiya, madaniy almashinuv, ilmiy-texnik taraqqiyot, ijtimoiy medianing keng tarqalishi) ochib berilgan;
Globallashuv va raqamli texnologiyalar sharoitida o‘zbek yoshlarining yangicha dunyoqarashi shakllanishiga zamonaviy axborot manbalarining transformatsion ta’siri tahlili negizida milliy mentalitetning ma’naviy-ruhiy asoslarini mustahkamlash va jahon tajribasiga moslashtirish mexanizmlarini (milliy qadriyatlarni raqamli platformalarga integratsiyalash, media savodxonlikni oshirish, milliy onlayn kontentni rivojlantirish) ishlab chiqish zarurati dalillangan;
“Yangi O‘zbekiston” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning millat tafakkuriga ijobiy ta’siri asosida fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash-ning ustuvor yo‘nalishlari (oila istituti rolini kuchaytirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, yoshlarning ijtimoiy innovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash, milliy media makonni rivojlantirish, intellektual salohiyatni yuksal-tirish tizimini yaratish) asoslangan;
O‘zbekistonning innovatsion rivojlanishida yoshlar dunyoqarashidagi tadbirkorlik ruhiyatini kuchaytirish va ishbilarmonlik madaniyatini rivojlantirish orqali milliy brendlarni yaratish va xalqaro maydonda mamlakat imijini mustahkamlashda mentalitetning o‘ziga xos ijobiy (milliy mahsulotlar brendlarning xorijda ko‘rgazma tashviqot tadbirlari va reklama kampaniyalarini tashkil qilish; nufuzli xalqaro brendlar bo‘yicha electron platformani ishga tushirish; xalqaro brendlar ro‘yxatini shakllantirish; milliy brendlar ro‘yxatini shakllantirish; tayyor tovarlarni “Made in Uzbekistan” imiji bilan xalqaro ko‘rgazmalarda tashviqot qilish) jihatlaridan foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda milliy mentalitet transformatsiyasi davrlari,  xalqning mental tafakkurida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
O‘zbek xalqi taraqqiyoti jarayonidagi mental xususiyatlar transformatsiyasida diniy ong, diniy psixologiya, diniy e’tiqod ta’siri nuqtai nazaridan “milliy xususiyat va qiyofa shakllanishi”–“buddaviylik”–“islom”–“mustamlakachilik”– “mustaqillik” kabi besh bosqichdan iborat davrlarga bo‘linib, uning nazariy klassifikatsiyasi (–yakka xudolik g‘oyasi, manfaatlar to‘qnashuvi, yagona e’tiqod atrofida birlashish; – azob-uqubat, nirvana, meditatsiya, axloq va donolik; – sabr-toqat, andisha, sofdillik, shukronalik; –tafakkur qulligi, fikr qaramligi, siyosatdan begonalashuv, davlatdan qo‘rqish; – milliy til, milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi) ishlab chiqilgan taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan Saylov oldi dasturining ijrosini ta’minlashda hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir dasturining ssenariysini yaratish va amalga oshirishda keng foydalanilgan. (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining  2025 yil 21 apreldagi 02/05-39 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning saylovoldi dasturi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda, targ‘ibot tadbirlarida o‘sib kelayotgan yosh avlodga boy madaniy merosga ega ekanligimizni va komil inson mezonlarini shakllantirishga xizmat qilgan.
G‘arb falsafasidagi ratsionalizm ustuvorligiga asoslangan ta’limotlar hamda axloqiy tamoyillar va ma’naviy qadriyatlarga tayanuvchi Sharq falsafasi qiyosiy tahlili negizida zamonaviy o‘zbek jamiyatining mental xususiyatlari transfor-matsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (global integratsiya, madaniy almashinuv, ilmiy-texnik taraqqiyot, ijtimoiy medianing keng tarqalishi) ochib berilgan taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ish  faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025 yil 6 maydagi 2-15-21-2384 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada Agentlik tomonidan tashkil etilgan tadbirlar mazmunini boyitish, yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishi va xalqimizga xos bo‘lgan ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash, turli axborot oqimlaridan, ijtimoiy media manbalaridan to‘g‘ri foydalanish kabi jihatlarini tarbiyalashga xizmat qilgan. 
Globallashuv va raqamli texnologiyalar sharoitida o‘zbek yoshlarining yangicha dunyoqarashi shakllanishiga zamonaviy axborot manbalarining transformatsion ta’siri tahlili negizida milliy mentalitetning ma’naviy-ruhiy asoslarini mustahkamlash va jahon tajribasiga moslashtirish mexanizmlarini (milliy qadriyatlarni raqamli platformalarga integratsiyalash, media savodxonlikni oshirish, milliy onlayn kontentni rivojlantirish) ishlab chiqish zarurati dalillangan taklif va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025 yil 18 apreldagi 05-09-491-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston” teleradiokanalining milliy ong va milliy mentalitetni yuksaltirish targ‘iboti faoliyatida salbiy illatlarning oldini olish, aholining tafakkur madaniyatini rivojlantirishlarini nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan. 
“Yangi O‘zbekiston” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning millat tafakkuriga ijobiy ta’siri asosida fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash-ning ustuvor yo‘nalishlari (oila istituti rolini kuchaytirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, yoshlarning ijtimoiy innovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash, milliy media makonni rivojlantirish, intellektual salohiyatni yuksal-tirish tizimini yaratish) asoslangan taklif va xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydala-nilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025 yil 15 apreldagi 10/194-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va kelajak avlodga etkazish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilgan targ‘ibot ishlarining mazmunini boyitishga va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga va intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonning innovatsion rivojlanishida yoshlar dunyoqarashidagi tadbirkorlik ruhiyatini kuchaytirish va ishbilarmonlik madaniyatini rivojlantirish orqali milliy brendlarni yaratish va xalqaro maydonda mamlakat imijini mustah-kamlashda mentalitetning (milliy mahsulotlar brendlarning xorijda ko‘rgazma tashviqot tadbirlari va reklama kampaniyalarini tashkil qilish; nufuzli xalqaro brendlar bo‘yicha electron platformani ishga tushirish; xalqaro brendlar ro‘yxatini shakllantirish; milliy brendlar ro‘yxatini shakllantirish; tayyor tovarlarni “Made in Uzbekistan” imiji bilan xalqaro ko‘rgazmalarda tashviqot qilish) o‘ziga xos ijobiy jihatlaridan foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan taklif va xulosalardan O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi huzuridagi Mahalla Akademiyaining 2025 yil 28 apreldagi 01-03/10 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada mahalla uyushmasining “yoshlar bilan ishlash”ning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda, targ‘ibot tadbirlarining mazmunini boyitishga yoshlarda ishbilarmonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish