Ro‘zmetov Baxodir Shomurotovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada madaniy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Muzeylar tizimi misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4213.
Ilmiy rahbar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Bexzod Umidjanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa madaniy turizm tizimida muzeylar sohasi faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy va uslubiy-amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaviy turizmni rivojlantirishda madaniy meros obektlarini iqtisodiy faol resurs sifatida jalb etish imkoniyatini beruvchi, hududiy barqarorlikka erishishda muzeylar va madaniy turizm resurslaridan samarali foydalanishda tizimli ravishda aks ettiruvchi sxema taklif etilgan;
mintaqada muzeylar va madaniy turistik xizmatlar CSAT (Customer Satisfaction Score) modeli ko‘rsatkichi 61,28 foizni tashkil etib, xizmatlar sifati “o‘rtacha qoniqish” darajasida ekanligi aniqlangan va shunga asosan juda yuqori (80% ≤ CSAT ≤ 100%), yuqori (65% ≤ CSAT < 80%), o‘rtacha (50% ≤ CSAT < 65%), past (35% ≤ CSAT < 50%) hamda juda past (0% ≤ CSAT < 35%) qoniqish darajasidagi indikatorlar kesimida muvofiqlashtirilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda turizmda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bosqichlari va muzeylar faoliyatini baholashga xizmat qiluvchi turli (markaziy, mintaqaviy, tarmoq, mahalliy, jamoaviy va shaxsiy) toifadagi muzeylarni raqamlashtirish bo‘yicha tasniflash me’yorlari taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqarorligini ta’minlashga ijobiy ta’sir qiluvchi omillar sifatida madaniy xizmatlar, faoliyat yuritayotgan muzeylarga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlarning 2029-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan. 
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada madaniy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqaviy turizmni rivojlantirishda madaniy meros obektlarini iqtisodiy faol resurs sifatida jalb etish imkoniyatini beruvchi, hududiy barqarorlikka erishishda muzeylar va madaniy turizm resurslaridan samarali foydalanishda tizimli ravishda aks ettiruvchi sxema bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi 2025-yil 4-iyuldagi 06-15-09/6888-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilish madaniy turizm yo‘nalishlarini aniqlashtirish hamda ular tarkibiga kiruvchi resurslar tasnifini takomillashtirish, madaniy meros obektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatini bergan;   
mintaqada muzeylar va madaniy turistik xizmatlar CSAT (Customer Satisfaction Score) modeli ko‘rsatkichi 61,28 foizni tashkil etib, xizmatlar sifati “o‘rtacha qoniqish” darajasida ekanligi aniqlangan va shunga asosan juda yuqori (80% ≤ CSAT ≤ 100%), yuqori (65% ≤ CSAT < 80%), o‘rtacha (50% ≤ CSAT < 65%), past (35% ≤ CSAT < 50%) hamda juda past (0% ≤ CSAT < 35%) qoniqish darajasidagi indikatorlar kesimida muvofiqlashtirilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi 2025-yil 4-iyuldagi 06-15-09/6888-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash asosida Xorazm viloyatidagi muzey xizmatlari sifatini baholash, aniqlangan natijalar orqali tashrif buyuruvchilarning ehtiyoj va kutganlariga mos xizmatlar ko‘rsatish hisobiga qoniqish darajasini 5,5 foizga oshirish imkoniyatini bergan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda turizmda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bosqichlari va muzeylar faoliyatini baholashga xizmat qiluvchi turli (markaziy, mintaqaviy, tarmoq, mahalliy, jamoaviy va shaxsiy) toifadagi muzeylarni raqamlashtirish bo‘yicha tasniflash me’yorlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi 2025-yil 4-iyuldagi 06-15-09/6888-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanib muzeylarni toifalarga ajratish hamda har bir toifadagi muzeyda raqamli texnologiyalarni qo‘llash mezonlari ishlab chiqilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqarorligini ta’minlashga ijobiy ta’sir qiluvchi omillar sifatida madaniy xizmatlar, faoliyat yuritayotgan muzeylarga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlarning 2029-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi 2025-yil 4-iyuldagi 06-15-09/6888-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan prognoz qiymatlari mintaqada muzeylarga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini istiqboldagi maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish