Nazarova Mukaddas Yuldashbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Gender stereotiplarining lisoniy toifalanishidagi qiyosiy tahlil”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4187.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jollibekova Maryash Risnazarovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qo‘ldashev Akromjon Maxmudovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Shınnazarova Saodat Jubatxanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gender stereotiplarining lisoniy toifalanishidagi qiyosiy tahlilidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gender stereotiplarining qiyosiy lingvistik tasnifi ishlab chiqilib, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi lingvistik birliklarda (leksik, paremiologik, frazeologik) mustahkamlangan gender stereotiplarining umumiy va xususiy (gender stereotiplarning ingliz tilida neytrallashuvi, qoraqalpoq tilida an’anaviy qarash mustahkam saqlangan) xususiyatlari aniqlangan;
tildagi gender stereotiplarning transformatsion dinamikasi aniqlanib, zamonaviy til bilimida an’anaviy gender stereotiplar transformatsiyaga uchrab (kasblar, oilaga oid rol, og‘zaki kommunikatsiya), ba’zilari o‘z ahamiyatini yo‘qotganligi tasdiqlangan;
tilda gender stereotiplarining shakllanishiga milliy-madaniy omillarning ta’siri aniqlanib, ingliz va qoraqalpoq etnik guruhlarining ijtimoiy, tarixiy va madaniy xususiyatlari erkak va ayol roli lingvistik ifodasida aks etishi ochib berilgan;
gender stereotiplarning lingvistik tasnifini o‘rganishga kompleks usul qo‘llanilib, gender stereotiplarni tahlil qilish leksik-semantik, paremiologik, kognitiv va diskursiv usullarning kombinatsiyasida amalga oshirilgan holda yangi tasniflash modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: ingliz va qoraqalpoq tillaridagi gender birliklarini qiyosiy-tipologik jihatdan kognitiv, lingvomadaniy tadqiqotlardan funksional va amaliy tavsiyalar asosida:
gender stereotiplarining qiyosiy lingvistik tasnifi ishlab chiqilib, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi lingvistik birliklarda (leksik, paremiologik, frazeologik) mustahkamlangan gender stereotiplarining umumiy va alohida (gender stereotiplarning ingliz tilida neytrallashuvi, qoraqalpoq tilida an’anaviy qarash mustahkam saqlangan) xususiyatlari haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-OO5 “Qoraqalpoq folklorini va adabiyotshunosligi tarixini o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2025 yil 12 martdagi 133/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning gender stereotiplarining ingliz tilida neytrallashuvi, qoraqalpoq tilida an’anaviy qarashlarining saqlanishi masalalariga oid nazariy muaommolari yangi tahlillar bilan boyitilgan;
tildagi gender stereotiplarning transformatsion dinamikasi aniqlanib, zamonaviy til bilimida an’anaviy gender stereotiplar transformatsiyaga uchrab (kasblar, oilaga oid rol, og‘zaki kommunikatsiya), ba’zilari o‘z ahamiyatini yo‘qotganligi haqidagi ilmiy yangiligi Qoraqalpog‘ston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan muhim manba sifatida joriy etilgan (Qoraqalpog‘ston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2025-yil 14-mart 11-04/11-03/789-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasblar, oilaga oid rol, og‘zaki kommunikatsiyagi an’anaviy gender stereotiplarining transformatsion dinamikasi mavjudligi dalillangan;
tilda gender stereotiplarining shakllanishiga milliy-madaniy omillarning ta’siri aniqlanib, ingliz va qoraqalpoq etnik guruhlarining ijtimoiy, tarixiy va madaniy xususiyatlari erkak va ayol roli lingvistik ifodasida aks etishiga doir ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida yoshlar bilan uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilib, keng qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2025-yil 19-martdagi 150-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va qoraqalpoq etnik guruhlarining ijtimoiy, tarixiy va madaniy xususiyatlari erkak va ayol roli lingvistik ifodasida aks etishi ochib berilishiga xizmat qilgan;
gender stereotiplarning lingvistik tasnifini o‘rganishga kompleks usul qo‘llanilib, gender stereotiplarini tahlil qilish leksik-semantik, paremiologik, kognitiv va diskursiv usullarning kombinatsiyasida amalga oshirilgan holda yangi tasniflash modeliga oid natijalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2018-2020 yillarda amalga oshirilgan P3-20170930309 son “Qoraqalpoq folklori tilining badiiy til rivojlanishidagi ta’sir masalasi” mavzusidagi loyihada qo‘llanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2025-yil 18-mart 01-21-02/694-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning gender stereotiplarning lingvistik tasnifini tadqiq etishda yangicha nazariy tahlillarga erishilgan.