Raximova Shoira Adilbekovnaning 
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba-yoshlarda axloqiy xususiyatlarni tarkib toptirishda Unsurulma’oliy Kaykovusning ma’naviy merosidan foydalanishning metodik imkoniyatlari (falsafiy fanlar misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped6169 
  Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna, Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti huzuridagi DSc.03/31.10.2024.Ped.187.01
Rasmiy opponentlar: Mustafaev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Rajabov To‘xtasin Ibodovich, pedagogika fanlari doktori, professori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba-yoshlarda axloqiy xususiyatlarni tarkib toptirishda Unsurulma’oliy Kaykovusning ma’naviy merosidan foydalanishning metodik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
falsafiy fanlarni o‘qitishda Kaykovus ma’naviy merosidan foydalanishning didaktik imkoniyatlari meros mazmunini zamonaviy ta’lim ta’sirchanlik darajasiga g‘oyaviy jihatdan toifalash va shaxs psixologiyasining differensiyalashgan ijtimoiy individual xususiyatlariga mos faollik monitoringi sifatini yuritish asosida aniqlangan;
kiritish asosida takomillashtirilgan;
talaba-yoshlarda axloqiy xususiyatlarni rivojlantirish jarayoni Kaykovus merosidan foydalanishga yo‘naltirilgan yakka, juftlikda va jamoa bo‘lib ishlashga mo‘ljallangan  ta’limiy mashqlarni axborotli muhitda ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishga erishish asosida takomillashtirilgan.
talaba-yoshlarda axloqiy xususiyatlarni rivojlantirish samaradorligi “Qobusnoma”dagi asosiy axloqiy nasihatlarni tushunish, izohlash, g‘oyalarni ijtimoiy muammolar bilan bog‘lash asosida o‘quv jarayonini loyihalash, ta’lim maqsadlariga muvofiqlashtirish, “G‘oyalar daraxti”, “Matbuot anjumani” usullari, debat, rolli o‘yinlar vositasida takomillashtirilgan.
talaba-yoshlarda axloqiy xususiyatlarni rivojlantirish modeli ta’lim jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan Kaykovusning  ta’lim va ilm olishga doir g‘oyalarining ustuvor mazmunini yoritib berishga qaratilgan rivojlantiruvchi topshiriqlarni bosqichma-bosqich 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talaba-yoshlarda axloqiy xususiyatlarni tarkib toptirishda Unsurulma’oliy Kaykovusning ma’naviy merosidan foydalanishning metodik imkoniyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
- falsafiy fanlarni o‘qitishda Kaykovus ma’naviy merosidan foydalanishning didaktik imkoniyatlari meros mazmunini zamonaviy ta’lim ta’sirchanlik darajasiga g‘oyaviy jihatdan toifalash va shaxs psixologiyasining differensiyalashgan ijtimoiy individual xususiyatlariga mos faollik monitoringi sifatini yuritish asosida aniqlashtirilganligiga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 537234-raqamli guvohnoma). Natijada, Unsurulma’oliy Kaykovus ma’naviy-axloqiy qarashlari hozirgi kunda barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bilimlarning keng yoyilishiga zamin yaratgan;
talaba-yoshlarda axloqiy xususiyatlarni rivojlantirish modeli ta’lim jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan Kaykovusning  ta’lim va ilm olishga doir g‘oyalarining ustuvor mazmunini yoritib berishga qaratilgan rivojlantiruvchi topshiriqlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Umumiy pedagogika va psixologiya” nomli darslik mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 337-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 333-178-raqamli guvohnoma). Natijada, islom dunyosining buyuk mutafakkiri Unsurulma’oliy Kaykovusning ilmiy-ma’naviy merosi, ijodiy faoliyati va shaxsiyati bilan bog‘liq xulosalar yoshlar orasida ma’naviyat va axloq masalalarini keng targ‘ib qilish hamda ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish imkonini bergan; 
talaba-yoshlarda axloqiy xususiyatlarni rivojlantirish jarayoni Kaykovus merosidan foydalanishga yo‘naltirilgan yakka, juftlikda va jamoa bo‘lib ishlashga mo‘ljallangan  ta’limiy mashqlarni axborotli muhitda ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishga erishish asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalardan “Umumiy pedagogika va psixologiya” nomli darslik mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 337-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 333-178-raqamli guvohnoma). Natijada, Kaykovusning ma’naviy merosi asosida talaba-yoshlarda axloqiy xususiyatlarni rivojlantirish modelining tizimliligi, barqarorligi va amaliy samaradorligi ta’minlangan.
talaba-yoshlarda axloqiy xususiyatlarni rivojlantirish samaradorligi “Qobusnoma”dagi asosiy axloqiy nasihatlarni tushunish, izohlash, g‘oyalarni ijtimoiy muammolar bilan bog‘lash asosida o‘quv jarayonini loyihalash, ta’lim maqsadlariga muvofiqlashtirish, “G‘oyalar daraxti”, “Matbuot anjumani” usullari, debat, rolli o‘yinlar vositasida takomillashtirilganligiga doir tavsiyalardan “Umumiy pedagogika va psixologiya” nomli darslik mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 337-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 333-178-raqamli guvohnoma).  Natijada, ssenariyning nazariy-metodologik asoslari takomillashtirilib, teletomoshabinlar tafakkurida Unsurulma’oliy Kaykovus ma’naviy-axloqiy tarbiya nazariyasining ahamiyati to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish