Yuldasheva Dilfuza Kodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Turizm yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi” 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (ingliz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6682
Ilmiy maslahatchi: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: O‘zbekiston davlat jahon tillari Universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc) Kushieva Nodira Xabibjonovna va Namangan davlat chet tillar instituti professori, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Lutfullaev Po‘latxon Muhibullaevich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turizm yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm yo‘nalishi talabalarini kasbga yo‘naltirib o‘qitishda ingliz tilida nutqiy muloqot (kommunikativ) kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarinikasbiy kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiladigan kasbga oid sohaviy matnlarni o‘qishni o‘rgatishga doir mashqlar tizimini ishlab chiqish orqali verbal va noverbal muloqot shakllarini integratsiyalash, kommunikativ, oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirilgan, fikrni adekvat talqin etilishini ta’minlash uchun zaruriy leksik birliklardan oqilona foydalana olish imkonini beruvchi metodik ta’minot asosida aniqlangan;
turizm yo‘nalishi talabalarining lingvistik va nutqiy muloqot kompetensiyalarining rivojlanganlik darajasini xalqaro baholashning CEFR talablari kasbiy-sohaviy matnlarni tanlash va tuzishga qo‘yiladigan metodik talablarni mavzuviylik, vizuallik va koʻrib ishlatilishi nuqtayi nazaridan tanlash va prezentatsiya bosqichlarining metodik tipologiyasi lingvometodik yondashuv bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini taqdimot (presentation), mashq qilish (listening, speaking, reading, writing exercise) va qo‘llash (usage) bosqichlari asosida aniqlangan;
talabalarning ingliz tilida nutqiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan tilga oid va tillararo ma’noviy (semantic), vazifaviy (functional) va shakliy (structural) qiyinchiliklarni (linguistic interference) oldini olish tamoyillari qiyosiy va chog‘ishtirma usullari asosida, talabalarning o‘z fikrini og‘zaki va yozma shakllarda nutq vaziyatiga mos ravishda ravon, to‘g‘ri va xatosiz ifodalash, o‘zgalarning nutqini to‘g‘ri anglash ko‘nikma va malakasini egallashga xizmat qiluvchi hamda o‘zini-o‘zi baholash (self assessment) metodlari asosida aniqlangan;
turizm yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida nutqiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik va lingvodidaktik xususiyatlari talabalarning og‘zaki nutqini o‘stirishning mazmuniy unsurlari hisoblangan so‘z va so‘z shakllari, sintaktik qurilmalar boyligini mavzuviylikka amal qilgan holda so‘zlar, gaplar, matnlar asosidagi mashq materiallari va muloqotning maqsadga ko‘ra aloqa o‘rnatish, undovchilik, koordinasion, tushunish, amotiv (hissiy aloqa), munosobat o‘rnatish (o‘z o‘rnini anglash), ta’sir ko‘rsatish funksiyalarini inobatga olgan holda talaba shaxsini rivojlantiruvchi faktik materiallar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm yo‘nalishi talabalarini kasbga yo‘naltirib o‘qitishda ingliz tilida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm yo‘nalishi talabalarini kasbga yo‘naltirib o‘qitishda ingliz tilida nutqiy muloqot (kommunikativ) kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini kasbiy kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiladigan kasbga oid sohaviy matnlarni o‘qishni o‘rgatishga doir mashqlar tizimini ishlab chiqish orqali verbal va noverbal muloqot shakllarini integratsiyalash, kommunikativ, oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirilgan, fikrni adekvat talqin etilishini ta’minlash uchun zaruriy leksik birliklardan oqilona foydalana olish imkonini beruvchi metodik ta’minotiga oid takliflar “Admirable places of the world” (Dunyoning maftunkor manzillari) o‘quv-metodik qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (NamDU o‘quv-uslubiy kengashi yig‘ilishining 2023-yil 25-dekabrdagi 4-bayonnomasining nashr ruxsatnomasi). Natijada, turizm yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida nutqiy muloqot kompetensiyasini rivojlanganlik samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
turizm yo‘nalishi talabalarining lingvistik va nutqiy muloqot kompetensiyalarining rivojlanganlik darajasini xalqaro baholashning CEFR talablari kasbiy-sohaviy matnlarni tanlash va tuzishga qo‘yiladigan metodik talablarni mavzuviylik, vizuallik va koʻrib ishlatilishi nuqtayi nazaridan tanlash va prezentatsiya bosqichlarining metodik tirologiyasi lingvometodik yondashuv bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini taqdimot (presentation), mashq qilish (listening, speaking, reading, writing exercise) va qo‘llash (usage) bosqichlarini aniqlashga oid tavsiyalaridan “The new seven wonders of the world (“Dunyoning etti mo‘jizasi") nomli elektron dastur ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi №DGU 35388-sonli guvohnomasi). Natijada, talabalarni kasbiy kommunikativ faoliyatga tayyorlash va ularda kasbiy-axloqiy sifatlarni shakllantirish samaradorligini oshirishga imkon yaratilgan;
talabalarning ingliz tilida nutqiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan tilga oid va tillararo ma’noviy (semantic), vazifaviy (functional) va shakliy (structural) qiyinchiliklarni (linguistic interference) oldini olish tamoyillari qiyosiy, chog‘ishtirma usullari asosida, talabalarning o‘z fikrini og‘zaki va yozma shakllarda nutq vaziyatiga mos ravishda ravon, to‘g‘ri va xatosiz ifodalash, o‘zgalarning nutqini to‘g‘ri anglash ko‘nikma va malakasini egallashga xizmat qiluvchi hamda o‘zini-o‘zi baholash (self assessment) metodlari asosidagi takliflardan Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi akademik liseyda 2020-2022-yillarda bajarilgan S-UZ800-21-GR-3101 raqamli “AKSES kichik ta’lim granti asosidagi ingliz tili dasturi (ACCESS microscholarship English Program”) nomli xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan. (Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi akademik liseyining 2024-yil 31-yanvardagi 63-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turizm yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida nutqiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
turizm yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida nutqiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik va lingvodidaktik xususiyatlari talabalarning og‘zaki nutqini o‘stirishning mazmuniy unsurlari hisoblangan so‘z va so‘z shakllari, sintaktik qurilmalar boyligini mavzuviylikka amal qilgan holda so‘zlar, gaplar, matnlar asosidagi mashq materiallari va muloqotning maqsadga ko‘ra aloqa o‘rnatish, undovchilik, koordinasion, tushunish, amotiv (hissiy aloqa), munosobat o‘rnatish (o‘z o‘rnini anglash), ta’sir ko‘rsatish funksiyalarini inobatga olgan holda talaba shaxsini rivojlantiruvchi faktik materiallariga doir taklif va tavsiyalardan Namangan viloyati teleradiokompaniyasi va “Oltin zamin” radiosi tomonidan tayyorlangan “Guldasta” informatsion-musiqiy, ko‘ngilochar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va sport dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan va tadqiqot yuzasidan intervyular efirga uzatilgan (Namangan viloyati teleradiokompaniyasining 2024 yil 6-fevraldagi 02-4-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, turizm yo‘nalishi talabalarini kasbga yo‘naltirib o‘qitishda ingliz tilida nutqiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini ommalashtirishga erishilgan.