Bobodustov Zafar Majidovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori marganesli po‘latlarning tarkibini va ularga termik ishlov berish rejilarini ishlab chiqish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4657.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Tilabov Baxodir Qurbonovich, texnika fanlari doktori, professor; Ermatov Ziyodulla Do‘stmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori marganesli po‘lat tarkibini takomillashtirish va ularga termik ishlov berish rejimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori marganesli po‘latlarning optimal tarkibi xar bir tashkil etuvchi elementning yuqori harorat ta’siridagi  kimyoviy aktivligining o‘zgarishi asosida  ishlab chiqilgan;
yuqori marganesli po‘latlarga termik ishlov berish rejimi toblashdagi energiya sarfining o‘zgarish dinamikasi asosida po‘lat qattiqligining ortishini ta’minlaydigan haroratlar asosida ishlab chiqilgan; 
rudamaydalash jixozining futerovkasini tayyorlash texnologiyasi futerovkaning xizmat muddatiga ta’sir etuvchi futerovka zichligining va bog‘lovchi moddalarning haroratga chidamlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
marganesli po‘latlarning kristallanish jarayonida austenit fazasining hosil bo‘lishini ta’minlovchi texnologiya austenitli struktura shakllanishining harorat intervaliga ko‘ra ishlab chiqilgan;
yuqori marganesli po‘latlarda karbidlarning hosil bo‘lishini ta’minlaydigan texnologiya po‘latda faza o‘zgarishlarning haroratga va kechadigan reaksiyalarga bog‘liqligining o‘zgarish ko‘rsatgichlari asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori marganesli po‘latlarning tarkibini va ularga termik ishlov berish rejimlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori marganesli po‘latlarning optimal nisbatdagi tarkibi Navoiy mashinasozlik zavodi AJ ga joriy qilingan («Navoiy KMK» AJning 2024 yil 8 sentyabrdagi №24/01-01-07/230-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida austenitning perlit o‘zgarishining harorat intervalidagi turg‘unligi 8-10% ga ortgan;
yuqori marganesli po‘latlarga termik ishlov berish rejimi Navoiy mashinasozlik zavodi AJ ga joriy qilingan («Navoiy KMK» AJning 2024 yil 8 sentyabrdagi №24/01-01-07/230-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida po‘latni toblashdagi energiya sarfi   20-25% ga kamaygan;
rudamaydalash jixozining futerovkasini tayyorlash texnologiyasi Navoiy mashinasozlik zavodi AJ ga joriy qilingan («Navoiy KMK» AJning 2024 yil 8 sentyabrdagi №24/01-01-07/230-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida futerovkaning xizmat muddati  12-14% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish