Mamadaliev Islom Raximjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqqa ishlov berish mashinalarida yo‘naltirilgan majburiy tebranishlar hosil qiluvchi mexanizm konstruksiyasini takomillashtirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish”, 05.02.02 – “Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3112.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Karimov Kamolxon Abbosovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Anvar Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Ravshanov Jamshid Ravshanovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuproqqa ishlov berish mashinalarida majburiy tebranishlarni hosil qiluvchi mexanizm konstruksiyasini takomillashtirish hamda uning hisoblash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuproqqa ishlov beruvchi vibratsion mexanika prinsiplariga asoslangan agregatning konstruktiv sxemasi tuproqning holati, uning namlik darajasi va ishlov berish chuqurligi asosida ishlab chiqilgan;
ishchi organni majburiy tebranma harakatga keltiruvchi mexanizm harakatining dinamik modeli asosiy parametrlarning sonli qiymatlari asosida ishlab chiqilgan;
vibratsiya ta’sirida quruq ishqalanish kuchining qarshilik kuchi harakatni ifodalovchi chiziqli differensial tenglama ko‘rinishidagi matematik modeli kirish va chiqish parametrlarning qiymatlari asosida ishlab chiqilgan;
tebranma harakatga keltiruvchi mexanizm yetakchi validagi burovchi moment va qurilmaning tortishga qarshilik kuchining o‘zgarish qonuniyatlari valda hosil bo‘ladigan zo‘riqish kuchlarning qiymatlari asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erta bahorda va takroriy ekin ekish oldidan tuproqni ag‘darmasdan ishchi organi tebranib tuproqqa ishlov beruvchi agregat parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuproqqa ishlov berish mashinalarida ishchi organni majburiy tebranma harakatga keltiruvchi mexanizm bilan jihozlangan qurilma konstruksiyasining texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasining foydali modelga patent olingan (“Vibratsiyali chizel-kultivator” FAP 2534-2024 y.). Natijada, ishchi organi majburiy tebranib tuproqqa ishlov beruvchi chizel-kultivatorning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.
takomillashtirigan tuproqqa vibratsiyali ishlov berish qurilmasining sanoat nusxasi “UMUR HAKIM” MChJ ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 23-oktyabrdagi 05/04-04-525-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishchi organi majburiy tebranib tuproqqa ishlov beruvchi chizel-kultivatorning tannarxi 12-14% ga kamaygan.
takomillashtirigan tuproqqa vibratsiyali ishlov berish qurilmasi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi hamda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Zumrad Ibrat” fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 23-oktyabrdagi 05/04-04-525-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqqa ishlov berish uchun sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlar 5,7 foizga kamayishi kuzatilgan.