Ermatov Valijon Abdivaitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘milgan tok tuplarini ochadigan mashina uchun rotatsion ishchi organning parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5140.
Ilmiy rahbar: To‘raqulov Mamaraym, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01 
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Musurmonov Azzam Turdievich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot “Toshkent davlat agrar universiteti”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘milgan tok tuplarini ochishda qo‘llaniladigan rotatsion ishchi organning texnologik ish rejimi va konstruktiv parametralarini asoslash orqali tok ochish mashinasining ish sifati va unumini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ko‘milgan tok tuplarini ochish mashinasi uchun rotatsion tipdagi ishchi organining konstruksiyasi va texnologik ish jarayoni ko‘milgan tok tuplarini belgilangan talablar darajasida ochilishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan; 
rotatsion ishchi organning konstruktiv parametrlari ko‘milgan tok tuplarini ochilish va tok novdalarini shikastlanish darajalari belgilangan me’yorlarga mosligi hamda tortishga qarshiligining minimal bo‘lish sharti hisobga olinib aniqlangan;
rotatsion ishchi organning o‘rnatilish burchaklari va kuraklarining tuproqqa botish chuqurligi ko‘milgan tok uyumidan tuproqni maksimal miqdorda qator orasi tomonga surilishini, belgilangan me’yor darajasida bo‘lishini hisobga olgan holda aniqlangan;
rotatsion ishchi organning diametri, tok uyumiga nisbatan o‘rnatilish burchagi, tuproqni suruvchi va tuproqqa ilashuvchi kuraklarining soni hamda agregat harakat tezligining maqbul qiymatlari uning talablar darajasida belgilangan agrotexnik ko‘rsatkichlari minimal sarflyagan holda ta’minlanishi shartidan aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘milgan tok tuplarini ochadigan mashina uchun rotatsion ishchi organning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
rotatsion ishchi organ bilan jihozlangan tok ochish mashinasiga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk markazining foydali modelga patenti olingan (Ko‘milgan tok tuplarini ochish mashinasi № FAP 2581 12.09.2024 y.). Natijada yuqori ish unumiga hamda energiya-resurstejamkor rotatsion ishchi organ bilan jihozlangan tok ochish mashinasining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan rotatsion ishchi organni tajriba nusxasini loyihalash va ishlab chiqish uchun konstruktiv hujjatlar (texnik topshiriq, texnik shartlar va chizmalar) “Baxt tajriba sinov mexanika zavodi” MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“Baxt tajriba sinov mexanika zavodi” MChJ ning 2024-yil 18-yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan rotatsion ishchi organni sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan rotatsion ishchi organ bilan jihozlangan tok ochish mashinasining sanoat nusxalarini ishlab chiqish uchun va tayyorlash uchun uning loiyha-konstruktorlik hujjatlar (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jaroyoniga joriy etilgan (“BMKB-Agromash” AJ ning 2025-yil 22-yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan rotatsion ishchi organ bilan jihozlangan tok ochish mashinasini sanoat usulida ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish